МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
130
foydalanish miqyosi bo‘yicha: bir martalik, tarqalgan; manbasi bo‘yicha: tashqi, ichki.
Innovatsion, muammoli pedagogik vaziyatlarni qismlarga ajratish va tasniflash,
innovatsion axborotni faol izlash, yangilik bilan tanishtirish; yangilikni yaratish, faoliyat
operatsion komponentining asosiy tashkil etuvchilari, mavjud ta’limiy loyihalarni shaxsiy-
motivli qayta ishlash, ularni mustaqil interpretatsiyalash yoki o‘zlashtirish bo‘yicha shaxsiy
imkoniyatlarini kasbiy-motivli tahlil qilish, yangini qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilish;
yangilikni qo‘llash maqsadlari va umumiy kontseptual yondashuvlarni shakllantirish;
innovatsion faoliyat maqsadlariga erishish, o‘zgarishlar, qiyinchiliklar, vositalarini
bashoratlash; yangilikni joriy etish yo‘llarini hamkasblar, ma’muriyat, maslahatchilar bilan
muhokama qilish; g‘oyalarni yaratish, tajriba-sinovning kontseptual asosini va bosqichlarini
ishlab chiqish; innovatsion xatti-harakatlarni amalga oshirish: pedagogik jarayonga
yangilikni kiritish va uning rivojlanishi hamda joriy etishning borishini kuzatish; yangilikni
kiritish va butun innovatsion faoliyatning nazorati va korrektsiyasini amalga oshirish; joriy
etish natijalarini baholash, pedagogning o‘z-o‘zini amalga oshirish refleksiyasi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib, tabiatshunoslik o‘qitish metodikasida
bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi innovatsion faoliyatining xususiyatlarini
quyidagicha tasniflash mumkin (1-jadval).
1-jadval
Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi bo‘yicha
o‘qituvchi innovatsion faoliyati xususiyatlari tasnifi
T/r
O‘qituvchi innovatsion faoliyati xususiyatlari tasnifi
1
O‘quvchi shaxsini shakllantirish
2
O‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish
3
O‘quvchilar o‘quv (bilish) faoliyatini tashkil etish
4
Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv
5
Integrativ yondashuv
6
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish
7
Til va nutqni rivojlantirish
8
Hissiy rag‘batlantirish
9
Atrof-muhitga hissiy-qadriyatlilik, bag‘rikenglik munosabatini shakllantirish
10
Mustaqil ta’lim va o‘z-o‘zini rivojlantirish
Tashqi muhitning tezkor o‘zgarishlari sharoitida ta’lim olmaydigan tashkilotlar o‘z
rivojlanishini sifatli va ishonchli boshqarishga qodir bo‘lmaydi.
Innovatsion faoliyat jarayonida o‘qitish tizimini qurish (vazifalarni bajarish jarayonida
o‘qitish) tashkiliy o‘qitish nomini olgan.
O‘qituvchi izlanuvchan, andozalar bilan qoniqmaydigan shaxs sifatida tavsiflanadi.
Barcha holatlar uchun majburiy bo‘lgan ta’lim va tarbiyaning yagona metodikasi mavjud
emas: har bir o‘qituvchi novator bo‘lishi, uning shaxsiy sifatlariga javob beradigan o‘z
yondashuvlarini topishi mumkin.
Kasbiy innovatsion mahoratni egallash faqatgina inson, bola to‘g‘risidagi bilimlar
boyligini (psixologiya, pedagogika, falsafa, sotsiologiya, turli o‘quv fanlarini o‘qitish
metodikasi) chuqur, har tomonlama egallash asosida hosil bo‘lishi mumkin. Yuqori
pedagogik madaniyat o‘qituvchiga ta’lim-tarbiyaning samarali shakllari, metodlari,
vositalarini kompetentli tanlash imkonini beradi va bu o‘quv-tarbiya jarayonini
optimallashtirish asosida yoritadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z kasbi uchun mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |