Elmuratova D.M.
GulDU “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti
Utanbayeva D.A.
GulDU “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi
Tayanch so‘zlar:
innovatsion faoliyat, tabiatshunoslik o‘qitish metodikasi, talaba, kreativlik,
komponent, mezon, malaka talablari.
Ключевые слова:
инновационная деятельность, методы обучения науке, студент, креатив
-
ность, компонент, критерии, квалификационные требования.
Key words:
innovative activity, methods of teaching science, student, creativity, component,
criteria, qualification requirements.
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI INNOVATSION
FAOLIYATGA TAYYORLASHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Mamlakatimizda amalga oshiriliyotgan fan-texnika taraqqiyoti va jamiyatdagi
o‘zgarishlar, zamonaviy ta’lim tizimining yuqori darajada yangilanish bosqichida bo‘lajak
o‘qituvchilarni tabiatshunoslik fanidan innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoniga
o‘ziga xos talablar qo‘ymoqda. Bo‘lajak pedagoglarni “Tabiatshunoslik va uni o‘qitish
metodikasi” bo‘yicha innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashning yangilangan talablari
mohiyati: innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashga sharoit yaratish, tez o‘zgaruvchan
МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
128
mehnat mazmuni va uzluksiz yangilanib boradigan bilimlar zarurati bilan bog‘liq.
Innovatsion pedagogik jarayonlar G‘arbda XX asrning 50-yillari oxirlarida,
mamlakatimizda so‘nggi o‘n yilliklarda maxsus o‘rganish predmetiga aylandi. Ularga
jahon pedagogik jamoatchiligida qiziqish alohida innovatsion xizmatlar, nashrlar, jurnallar,
axborot nashrlarining yaratilishida o‘z aksini topmoqda. Jumladan, YUNESKO qoshida
Osiyo ta’limni rivojlantirish uchun pedagogik innovatsiyalar markazi mavjud bo‘lib,
u dunyo mamlakatlarining pedagogikaga oid yangiliklarini umumlashtiradi va ta’lim
masalalari bo‘yicha Xalqaro byuro bilan hamkorlikda maxsus nashr sahifalari orqali
pedagogik jamoatchilikni xabardor etadi.
Adabiyotlarning nazariy-ilmiy tahlili innovatsion jarayonni intensivlashtirishga
(jadallashtirishga) ko‘maklashuvchi quyidagi omillarni ajratish imkonini beradi:
a) ta’lim muassasalari rahbarlarining innovatsion imkoniyatlari;
b) ishlab chiqilgan kompleks loyihalar;
d) loyihalar doirasida va jarayonning o‘zida maslahat berish;
e) ijtimoiy-iqtisodiy muhit;
f) innovatsion jarayon ishtirokchilarining ulushli vaziyatlari[1, 104-109-b].
Bundan innovatsion jarayon doimo ma’lum yo‘nalishga egaligi kelib chiqadi.
Ulardan biri – bu pedagogik faoliyatga yo‘nalganlik. Ta’lim – jamiyatning tarkibiy qismi,
o‘qituvchilar uning tarkibiy tizimi a’zolari; ular faoliyatining tabiati bevosita yangiliklar
bilan bog‘langan. Shu tariqa ta’lim tizimida yangiliklarning quyidagi turlarini ajratish
mumkin:
1)
mazmunida: o‘quv-tarbiya jarayonining metodikasida, texnologiyasida, tashkiliy
shakllarida, metodlarida, vositalarida; ta’lim muassasasini boshqarishda;
2)
miqyosi bo‘yicha: davlat, hududiy; milliy-hududiy; yangi turdagi ta’lim
muassasalari;
3)
pedagogik ahamiyatliligi bo‘yicha: mustaqil (xususiy, lokal, yakka va h.k.); o‘zaro
bog‘liq bo‘lmagan; modulli (xususiy, o‘zaro bog‘liq innovatsiyalar kompleksi); tizimli;
4)
kelib chiqishi bo‘yicha: modifikatsion, ya’ni takomillashgan; aralash (avval
ma’lum bo‘lganiga yangi komponen¬tni birlashtiradi); tubdan yangi turlari mavjud.
Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasida innovatsion faoliyatni shaxsiy toifa, yaratuvchilik
jarayoni va natijasi sifatida talqin qilish mumkin. Tizimli-yo‘naltirilgan tadqiqot ishlarida
innovatsion faoliyat kreativ paradigmaning shaxsiy, boshqaruvchi-kommunikativ va natijali
tizim tahlilida ochib beriladi.
Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasida shaxsning innovatsion imkoniyatini quyidagi
asosiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘laydilar:
tabiatshunoslikka oid yangi tasavvurlar va g‘oyalarni ishlab chiqish, asosiysi, ularni
amaliy shakllarda loyihalash, modellashtirish ijodiy qobiliyati;
shaxsning yangiga, o‘zidan farqliga ochiqligi, bu shaxsning bag‘rikengligi, tafakkurining
moslashuvchanligiga asoslanadi;
madaniy-estetik rivojlanganlik va ma’lumotlilik;
o‘z faoliyatini takomillashtirishga tayyorlik, ichki, mazkur tayyorlikni ta’minlovchi
vosita va metodlar;
rivojlangan innovatsion ong (innovatsion faoliyatning an’anaviyga ko‘ra qimmatliligi,
innovatsion ehtiyojlar, innovatsion xulq motivatsiyasi) innovatsion imkoniyatlar asosi
sanaladi[4. 65-b].
Tabiatshunoslik o‘qitish metodikasida o‘qituvchi innovatsion imkoniyatining rivojlanish
prinsiplari quyidagilar hisoblanadi: pedagog o‘z shaxsining qadrliligini tan olishi, “o‘zligini”
innovatsion tushunish, kompensatsiya; individuallashtirish; ziddiyatlilik, axloqiy bog‘liqlik,
kreativ ilhomlanish, refleksiya prinsiplaridir.
Bo‘lajak o‘qituvchilarni innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlash uchun ular o‘qituvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |