“HARAKATLAR STATEGIYASI”DAN “TARAQQIYOT STRATEGIYАSI” TOMON YO’L
Kamolova MajnunNiso Ulug’bek qizi
Qarshi davlat universiteti 4-kurs talabasi
Telefon: +998 91 454 49 79
zafarkamolov81@gmail.com
Annotatsiya: Xalq bilan birgalikda tanlangan yo’l, hamjihatlikda olib borilayotgan islohotlar, qaysi sohada bo’lmasin, faqat taraqqiy etadi. Taraqqiyot esa yoshlar qo’lida.
Kalit so’zlar: “Renessans”, “milliy yuksalish”, “strategiya”, “olimpiada”, “intellektual”.
Avvalambor, Adabiyotni o’rganish, ma’naviy ongni rivojlantirish Uyg’onish davridan dastlabki va asosiy omil bo‘lib xizmat qilib kelgan va shunday bo’lib qoladi. So’zimizni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 1-oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqidan boshlasak:
“Tarixga nazar solsak, Buyuk ipak yo’lining chorrahasida joylashgan ona zaminimiz azaldan yuksak sivilizatsiya va madaniyat o’choqlaridan biri bo’lganini ko’ramiz. Xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, toshga muhrlangan qadimiy yozuvlar, bebaho me’moriy obidalar, nodir qo’lyozmalar, turli osori atiqalar davlatchilik tariximizning uch ming yillik teran ildizlaridan dalolat beradi”. Davlat rahbarimiz so’zlarida davom etar ekanlar, buyuk yunon olimi Aristotelning “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, degan so‘zlarini keltiradilar1. Shunday ekan, bevosita tarixni bilish, uni o‘rganish kelajak asosi
hisoblanadi. Zero bularning barchasini biz Adabiyot orqaligina bilib olamiz. Adabiyot bizni ijod qilishga, yangi fikrlar bilan boyishga, hayotga teranroq nazar solishga o’rgatadi. Davlat rahbarimiz ta’kidlaganlaridek, davlat, yurt kelajagi yoshlar qo’lida ekan, yoshlarni adabiyotni sevishga, erkin fikrlashga, o’z fikrlarini ochiq bayon etishga o’rgatish birinchi ustuvor vazifadir. Va bu vazifalar ma’lum ma’noda yaqin besh yillikdagi siyosiy hayotda o’z o’rnini topib bormoqda. Yoshlarga ishonch bildirilgan holda “Uchinchi Renessans”, “Yangi O’zbekiston” degan atamalar bejizga tilga olinmayapti. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim Uyg’onish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun „Yangi O’zbekiston” va “Uchinchi Renessans” so’zlari hayotimizda o’zaro uyg’un va hamohang bo’lib yangramoqda, xalqimizni ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirmoqda.
Qaysidir yurtning farzandlari bugungi kunda tirik qolish uchun qo’lida qurol bilan yurgan bir vaziyatda bizning yurt farzandlari faqat va faqat ta’limga yo’naltirilmoqda va egallagan kichik marralari evaziga katta yutuqlar bilan taqdirlanmoqdalar. Yaratilayotgan har bir sharoit yoshlarning erkin ta’lim olishlari, kelajakda dunyo bo’ylab o’zbek nomini yetakchi o’rinlarda ko’rsatishlari va ayni damda kelajak uchun mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilishlari uchun berilmoqda. Bugunga qadar “Harakatlar strategiyasi” asosida faoliyat olib borib, tubdan yangi islohotlarga yuz tutgan jamiyat namunali natijalar ko’rsatmoqda, deb ishonch bilan ayta olamiz. Bu ham ayni damda rivojlanishning yangi bosqichi hisoblanadi. Sportchilarimiz dunyo arenalariga chiqdilar; ta’limda keskin o’zgarishlar, yangilanishlar olib borildi, xususan 11 yillik ta’lim islohoti; Oliy ta’lim muassasasiga qabul qilishdagi kvota sonlarining oshishi, ayrim OTM larda o’z sohasidan ijodiy imtihonlar topshirish, milliy va xalqaro sertifikatga ega abituriyent, talabalarning bilimini samarali baholash, kitobxonlikni oshirish, o‘quv qo‘llanma va darslik ishlanmalar sonini oshirish, pedagog kadrlarni ijtimoiy va moliyaviy qo’llab-quvvatlash; nafaqat ta’lim yoki sport balki barcha yo’nalishlar qamrovida aholiga yengilliklar yaratish, ularning huquqiy, ijtimoiy ongini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar─ bularning barchasi jamiyatimiz kelajagi uchun yaratib berilmoqda.
Bu kabi islohotlarning mahsuli sifatida birgina namuna keltirib o’tmoqchimiz. 2022-yilning 2-yanvarida tezkor shaxmat bo’yicha bo’lib o‘tgan jahon chempionatida g’oliblikni qo’lga kiritgan yosh vatandoshimiz Nodirbek Abdusattorov chempionatdan qaytgach Prezidentimizning maxus sovg’alari: davlat mukofoti: “Mard o’g’lon” medali hamda ikki xonali kvartira bilan taqdirlandi. Bu kabi yutuqlarimiz juda ko’p va bundan faxrlansak, o’rnak olsak arziydi.
Qolaversa, biz yoshlarga jo’shib mehnat qilishimiz, tinmay izlanishimiz, yangi-yangi bilimlar egallashimiz uchun yetarlicha shart-sharoit yaratilmoqda. Kuni kecha Prezidentimiz yana bir keng imkoniyatlar ochib berilgan qaror imzolabdilar. Qarorga ko’ra:
2022-yildan boshlab, bosqichma-bosqich umumiy o’rta, Prezident, o‘rta maxsus va professional hamda oliy ta’lim muassasalarida “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yo’lga qo’yiladi hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida intellektual o’yinlar jamoalari uchun alohida xonalar tashkil etiladi;
2022/2023-o‘quv yilidan boshlab intellektual o’yinlarning respublika bosqichida g’olib bo’lgan o’quvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi;
2022-yildan boshlab har yili talabalar o’rtasida Intellektual olimpiada tashkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uchta o’rinni qo‘lga kiritgan oliy ta’lim muassasasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg’asi topshiriladi;
intellektual o’yinlarning respublika bosqichida g’olib va sovrindor bo‘lgan umumiy o’rta, o’rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o’quvchilari hamda OTM talabalari ta’limning keyingi bosqichiga bazaviy to’lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama to‘lab beriladi;
2022/2023-o’quv yil intellektual idan boshlab har yili aprel oyida “Intellektual haftalik” tadbiri o‘tkazib boriladi;
yoshlarning salohiyatini oshirish, ularga motivatsiya berish maqsadida mashhur olimlar, jumladan, Nobel mukofoti sohiblari bilan uchrashuvlar tashkil etib boriladi;
“Zakovat” va boshqa intellektual o’yinlarining hududiy va respublika bosqichi g’oliblarini o’z mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar zaxirasiga olish hamda rahbarlik lavozimlariga tayinlash amaliyoti yo’lga qo’yiladi;
Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da mavsumiy ishlaydigan “Intellektual maktab” loyihasi yo’lga qo’yiladi;
“Yangi O’zbekiston bog’i”ga tutash hududda “Zakovat intellektual o‘yinlari klubi” uchun alohida bino hamda “Intellektual o‘yinlar shaharchasi” barpo etiladi. Mazkur binolar Yoshlar ishlari agentligining balansida bo‘ladi;
intellektual turnirlar tashkil qilish, bilimdon yoshlarni rag‘batlantirish, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan kompyuter va mobil o’yinlarni yaratgan dasturchilarga grant va subsidiyalar ajratish maqsadida 2022-yilda 50 mlrd so‘m miqdorida, keyingi yillarda asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq davlat budjetidan mablag’ ajratiladi2.
Aslida bu harakatlar yangi Uyg’onish davrining dastlabki asosi! “Uyg’onish davri” Renessans deb ham yuritiladi. Unda Renessans qanday ma’noni anglatadi? Bunga qisqa javob berib so’zimizni davom ettirsak.
“Renessans” - fransuzcha “qayta tug’ilish” degan maʼnoni anglatadi. Atama sifatida uning mazmuni ancha keng: madaniyatda, ilm-fanda, sanʼatda, taʼlim-tarbiyada, umuman, jamiyat hayotida uzoq muddatli turgʻunlikdan keyin qayta jonlanib, tez rivojlanishni, ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimi yangi sifat bosqichiga chiqishini bildiradi.
Endilikda milliy tiklanishdan milliy yuksalishga o’tganimizdan keyin, uchinchi Renessansga erishishni davlat rahbari strategik vazifa etib qo’ydi.
Har ikki Renessans davrida biz dunyoning ilg’or, mutaraqqiy xalqlari qatorida edik. Agar yana shunday darajaga erishmoqchi bo’lsak, Uchinchi Renessansni amalga oshirmog’imiz zarur3.
Bu bevosita yoshlarni to’g’ri tarbiyalash; adabiyot, ilm-fanga yo’naltirish bilan bog’liq. Davlatimiz rahbari ham aynan yoshlarning ta’limi, ilm-fani va adabiyotlarni o’rganishiga urg’u bermoqdalar. Tarixdan ma’lumki, Uyg’onish davrida muhim rol o’ynagan, xalqni birlashtira olganlar bu Buyuk Allomalar edi.
Yaqin kelajakdagi mo’ljallar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Deylik, “Taraqqiyot strategiyasi”ning ishlab chiqilganligi, yaqin kelajakda amalga oshirilishi kerak bo’lgan ustuvor yo’nalishlarning belgilab qo’yilganligi Prezident qarorlari bilan o’z tasdig’ini topib bormoqda. Tarixdan ma’lum bo’ladiki, bejizga ta’lim, ilm-fan, milliy ong, milliy mafkura uchun kuchli e’tibor qaratilmagan. Sababi jamiyat hayotining asosiy qismini shu sohalar egallaydi va doimiy rivojlanish bosqichida bo‘ladi.
Holbuki, “Taraqqiyot strategiyasi”ning ham bir yo’nalishi quyidagicha nomlanadi: Ma’naviy-marifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar g’oyat muhim ahamiyatga ega.
Unga ko‘ra:
“Yangi O’zbekiston-Ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshiradi
“Jaholatga qarshi-ma’rifat” tamoyili
Barcha millat va elat vakillarining milliy o’zligini, ona tili va madaniyatini, dini, urf-odat va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirishga ustuvor ahamiyat beriladi.
Tubdan yangicha rivojlanish bosqichiga kirgan O’zbekiston jamiyati uchun barcha qulayliklarni yaratib bermoqda. Birgina misol o’qituvchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar ham ,avvalo, jamiyatning ma’naviyatiga qaratilayotgan islohot desak adashmagan bo’lamiz. Holbuki, Prezidentimizning o’qituvchilarga bag‘ishlangan yana bir “2022-2026-yillarda Xalq taʼlimi tizimini rivojlantirishning Milliy dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi Prezident farmoni loyihasida 2022-yildan boshlab pedagog xodimlarga yer, mol-mulk solig’i hamda kommunal to’lovlar bo’yicha imtiyozlar berilib, ularga uy-joy hamda avtotransport vositalarini sotib olish uchun bir qancha imtiyozlar berilishi kutilmoqda4.
Xulosa qilib aytganda, “Harakatlar strategiyasi”da ilgari surilgan g‘oya va maqsadlar o‘zining ijobiy o’rnini topib jamiyatda yanada mustahkamlanib bordi. Bu harakatlarga yangicha rivojlantiruvchi uslublar qo’shish orqali “Taraqqiyot strategiyasi” ishlab chiqilib, har bir soha doirasida qaror va farmonlar qabul qilinmoqda. Ishontirib aytolamizki, har bir sohada o‘z intiluvchanligi bilan dunyoni lol qoldirib kelayotgan o‘zbek yoshlari bundan keyin ham tinim bilmay ilm egallashda, mehnat qilishda, kelajak avlod uchun mustahkam namuna bo’lishda, va ayniqsa, Prezidentimizning ishonchlarini oqlashda davom etadi!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |