Feʼl
Feʼl — harakat bildiruvchi soʻzlar turkumi
va shu turkumga oid har bir soʻz.
Grammatikada "harakat" soʻzi keng
tushunchali boʻlib, nafaqat harakatni,
balki holat yoki hodisani ham bildiradi,
mas: yugurmoq, sakramoq, yigʻlamoq,
uxlamoq, oʻylamoq, sevmoq, tinchimoq,
qurimoq, koʻpaymoq va boshqa
F.lar lugʻaviy maʼnoga ega yoki ega
emasligiga koʻra 2 turga boʻlinadi:
mustaqil F.lar, yordamchi F.lar. Mustaqil
F.lar, xuddi boshqa mustaqil soʻz
turkumlariga oid soʻzlar kabi, lugʻaviy
maʼnoga ega boʻladi, gapning mustaqil
boʻlagi vazifasida kela oladi va h.k.
(qarang
Soʻz turkumlari
). Yordamchi F.lar
lugʻaviy maʼnoga ega boʻlmaydi. Ular turli
yordamchi vazifalarda kelib, turli
qoʻshimcha maʼnolar ifodalash uchun
xizmat qiladi. Yordamchi F.lar oʻz
vazifasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi:
1) feʼl yasash uchun xizmat qiluvchi
yordamchi F.lar: qil, et, ayla, boʻl (qabul
qilmoq, taklif etmoq, tamom boʻlmoq
kabi); 2) F.ning analitik shaklini yasash
uchun xizmat qiluvchi yordamchi F.lar
(bular, odatda, "koʻmakchi F.lar" deb
yuritiladi). F.ning bunday shakllari turli
grammatik, modal va boshqa maʼnolarni
ifodalaydi: oʻqib boʻldi, koʻrib qoldi,
qoʻrqib ketdi va boshqa; 3) bogʻlama
vazifasini bajaruvchi yordamchi F.lar.
Mac, qil, boʻl: sportchi boʻlmoq, oʻqituvchi
boʻlmoq.
Hozirgi oʻzbek tilida yordamchi F.lardan
farklanuvchi "toʻliqsiz F." (lugʻaviy
maʼnosini tamomila yoʻqotgan, hozirgi
oʻzbek tilida maʼlum bir grammatik maʼno
va vazifalarda qoʻllanuvchi F.)ning edi,
ekan, emish, esa shakllari ham qoʻllanadi.
F. turkumi, boshqa soʻz turkumlari kabi,
oʻziga xos soʻz yasalishi va shakl
yasalishi tizimiga ega (qarang
Soʻz
yasalishi
,
Shakl yasalishi
). Yasama F.lar
la, lan, lash, lantir, lashtir affikslari hamda
qil, et (ayla) yordamchi F.lari bilan hosil
qilinadi: olqishlamoq, ruhlanmoq,
birlashmoq, jabr qilmoq, ruxsat etmoq.
F.lar oʻziga xos murakkab grammatik
kategoriyalar tizimiga ega. Xususiy
maʼnolari bilan oʻzaro farklanuvchi, bir
umumiy maʼnosiga koʻra birlashuvchi
shakllar tizimi F.ning grammatik
kategoriyalarini hosil qiladi. Oʻzbek tilida
F.ning quyidagi grammatik kategoriyalari
bor: nisbat kategoriyasi,
boʻlishliboʻlishsizlik kategoriyasi, mayl
kategoriyasi, zamon kategoriyasi,
shaxsson kategoriyasi.
Nisbat kategoriyasi — harakatning
subʼyekt va obʼyektga munosabatini
koʻrsatuvchi grammatik kategoriya.
Harakatning subʼyekt va obʼyektga
munosabatini koʻrsatishiga koʻra nisbat
kategoriyasining 5 turi farklanadi: bosh
nisbat; oʻzlik nisbati; orttirma nisbat;
majhul nisbat; birgalik nisbati. Har bir
nisbat shakli maxsus qoʻshimcha
yerdamida yasaladi. Faqat bosh nisbat
maxsus yasovchi (koʻrsatkich)ga ega
emas. Bosh nisbat harakatning ega bilan
ifodalangan shaxs yoki predmet
tomonidan bajarilishini bildiradi: oldi,
keldi, soʻrayapti va boshqa Oʻzlik nisbati
shakli (i)n, (i)l qoʻshimchalari yerdamida
yasaladi va harakatning subʼyektning
oʻziga obʼyekt sifatida karatilganligini yoki
subʼyektning oʻzi doirasida yuzaga
kelishini (bajarilishini) bildiradi:
maqtanmoq, koʻrinmoq, tugʻilmoq va
boshqa Orttirma nisbat shakli dir, ir, t
affikslari yerdamida yasaladi va
obʼyektsiz F.ni obʼyektiv F.ga aylantiradi,
obʼyektli F.dan yasalganda esa unga yana
obʼyekt qoʻshilganini bildiradi: keltir,
kuldir, ichir, oʻqit va boshqa Majhul nisbat
shakli (i)l, (i)n qoʻshimchalari bilan
yasaladi va asosiy eʼtiborni harakatning
bajaruvchisiga emas, balki obʼyekt bilan
harakatning oʻziga qaratilishini bildiradi:
keltirildi, tozalandi. Bu nisbat shakli
obʼyektsiz (oʻtimsiz) F.lardan yasalganda,
shaxssizlik maʼnosi ifodalanadi:
(koʻprikdan) oʻtildi, (mehmonga) borildi
va boshqa Birgalik nisbati sh affiksi
yerdamida yasaladi va harakatning
birdan ortiq shaxs tomonidan, birgalikda
bajarilishini bildiradi: (yer) haydashdi,
(meva) terishdi va boshqa Demak, nisbat
shaklining oʻzgarishi bilan harakatning
subʼyekt yoki obʼyektga munosabatida
oʻzgarish boʻladi. Boʻlishli boʻlishsizlik
kategoriyasi — harakatning tasdiq yoki
inkori maʼnosini ifodalovchi shakllar
tizimi. Bu kategoriyaning oʻzaro zidlik
hosil qiluvchi 2 jihati bor: boʻlishlilik va
boʻlishsizlik. Boʻlishli F.ning maxsus
koʻrsatkichi yoʻq (nol koʻrsatkichli).
Boʻlishsiz F. shakli esa ma affiksi
yerdamida yasaladi: keldi (boʻlishli shakl)
— kelmadi (boʻlishsiz shakl). Boʻlishsizlik
(inkor) maʼnosi "yoʻq" soʻzi va "emas"
toʻliqsiz F.i bilan ham ifodalanadi: borgani
yoʻq, borgan emas.
Mayl kategoriyasi — harakatning
voqelikka munosabatini soʻzlovchi nuqtai
nazaridan belgilovchi grammatik
kategoriya. Oʻzbek tilida maylning
quyidagi turlari bor: 1) buyruqistak mayli:
ayt, aytgin, ayting kabi; 2) shart mayli. Bu
mayl shakli sa affiksi yerdamida yasaladi:
borsam, borsang , kursa kabi; 3) shartli
mayl — bajarilishi shart ergash gapdan
anglashilgan harakatning bajarilishiga
bogʻliq boʻlgan (shartlangan) harakatni
bildiruvchi mayl. Bu mayl shakli (a)r edi,
maye edi yerdamida yasaladi va bu
shakldagi F. bosh gapning kesimi boʻlib
keladi: Vaqting boʻlsa, kinoga borar edi k.
Imkoning boʻlsa, bunday qiynalib yurmas
eding; 4) maqsad mayli. Bu mayl shakli
moqchi affiksi yerdamida yasaladi va
harakatni bajarishbajarmaslik maqsadini
bildiradi: soʻramoqchiman,
oʻqimoqchiman, aytmoqchi emasman; 5)
ijro mayli — harakatholatni uning
bajarilishi (ijrosi) bilan kar uch zamondan
birida ifodalaydigan mayl. Bu mayl turi
zamon va shaxsson koʻrsatkichlari orqali
shakllanadi: oʻqidim, oʻqiyapman,
oʻqiyman; koʻrganman, koʻrgansan,
koʻrgan.
Zamon kategoriyasi — harakatning nutq
paytiga munosabatini bildiruvchi
grammatik kategoriya. Harakatning nutq
paytiga munosabatiga koʻra F.ning 3
zamon turi farqlanadi: oʻtgan zamon —
keldi, oldim; hozirgi zamon • —
kelyapman, kelyapti; kelasi zamon —
kelaman, olasan va boshqa
Shaxsson kategoriyasi — harakatning 3
shaxs (soʻzlovchi, tinglovchi, oʻzga)dan
biriga oidligi maʼnosini bildiruvchi
grammatik turkum: keldi m (birinchi
shaxs, birlik), keldik (birinchi shaxs,
koʻplik), kelding (ikkinchi shaxs, birlik),
keldingiz (ikkinchi shaxs koʻplik).
Oʻzbek tilida F.ni maʼlum bir vazifaga
xoslovchi shakllar ham mavjud. Bular:
sifatdosh (qarang), ravishdosh (qarang),
harakat nomi (q) shakllaridir.
Bulardan tashqari F.ning turli modal
maʼno, takror maʼnosi va boshqa
maʼnolarni bildiruvchi shakllari ham bor.
Ular maxsus qoʻshimchalar, koʻmakchi
feʼllar yerdamida hosil qilinadi: keta qol,
ketib qoddi, keta koʻrmoq, turtkilamoq,
qoʻrqinqiramoq, kulimsiramoq va boshqa
F.lar qanday grammatik shaklda
qoʻllanishiga qarab gapning turli boʻlagi
vazifasida keladi. Mas, mayl, zamon,
shaxsson paradigmasiga mansub
shakllardan birida qoʻllanganda — kesim
vazifasida; sifatdosh, ravishdosh
shakllarida — anikdovchi, hol vazifasida;
harakat nomi shaklida esa ot turkumiga
oid soʻzlarga xos vazifalarda keladi.
Azim Hojiyev.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Soʻnggi tahrir 1 yil avval IluvatarBot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Feʼl&oldid=2055619
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |