Ishning bajaralishi: Kazeinni ajratish. 100 ml li kolbaga 5 ml sut va 5 ml distillangan suv solamiz. Kolbani yaxshilab chayqatib tomchilab 1 ml 3 % li sirka kislota eritmasi qo’shamiz. YAna yaxshilab chayqatib, 5...10 min tinch xolatga qo’yamiz.
Kazein cho’kmasini filtrlab, olingan filtratni (zardob) neytrallash uchun natriy bikarbonatni SO2 ajralishi to’xtaguncha qo’shamiz va sutdagi tuzda eruvchi oqsillarni ajratish uchun ishlatamiz.
Cho’kmaga tushgan kazeinnni suv bilan yuvib, 2 ml 1 % NaOH eritmasida eritamiz.
Olingan filtratda kazein natriy oqsili borligini biuret reaksiyasi orqali isbotlaymiz
YOG’LARNI OZIQ-OVQAT TARKIBIDAGI MASSAVIY ULUSHINI GRAVIMETRIK USULDA AJRATISH.
Ishning maqsadi: Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi yog’lar miqdorini gravimetrik usulda aniqlashni o’zlashtirish.
Kerakli reaktivlar: Sut, dietil efiri, magniy sulfat tuzi – MgSO4, natriy karbonat tuzi – Na2SO3
Idish va asboblar: Pipetkalar, o’lchov slindrlari, ajratish voronkalar, tubi tekis kolbalar, analitik torozi, rotorli bug’latgich.
Lipidlar tabiatda keng tarqalgan bo’lib, oziq – ovqat sanoatining asosiy rasionali hisoblanadi. Lipidlar yog’simon moddalar bo’lib, tarkibi, tuzilishi va funksiyalari qanchalik murakkab bo’lmasin, bu gurux moddalari turli xil kimyoviy strukturaga ega bo’lishiga qaramay, gidrofobligi va suvda erimasligi, faqat organik erituvchilarda (aseton, benzol, tetraxlor metoan, efir, benzin va boshqalar) erish xususiyatlariga ko’ra bir guruxga umumlashtirilgandir. Lipidlar ham xuddi uglevod va oqsillar singari, tirik xujayra tarkibining asosiy qismini tashkil qiladi. Lekin ular uglevod va oqsillardan ba’zi bir xususiyatlari bilan farq qiladi.
Gravimetrik usul – arbitraj usul hisoblanib, yog’larni dietil efir bilan ekstraksiyalashga asoslangandir. Karbonat natriy eritmasi qo’shilishi natijasida sut plazmasidan yog’lar ajraladi.
Ishning bajarilishi: Ajratish voronkasiga pipetka yordamida 10 ml xom sut o’lchab solinadi, unga 2 ml 10% karbonat natriy Na2CO3 eritmasi qo’shiladi va aralashma yaxshilab chayqatilib, unga 20 ml dietil efiri qo’shiladi. So’ngra voronka probka bilan berkitilib 10 minut davomida extiyotlab chayqatiladi. Havo voronka krani orqali vaqti–vaqti bilan chiqarib turiladi.
Shundan so’ng eritmamiz ikki qatlamga ajraladi, yuqori qatlamni (lipidlarning efirli qismi) yassi tagli kolbaga quyamiz. Ekstraksiyani ikki marotaba takrorlab, efirli qismni birlashtiramiz va quritgich tagida qoldiramiz (suvsiz magniy sulfat bilan). Bir soatdan keyin efirli ekstraktni avvaldan tayyorlangan og’irligi tortilgan yassi tagli kolbaga filtrlab solamiz. Ekstraktdan dietil efirni rotorli bug’latgich orqali chiqarib yuboramiz. Efir bug’latgichdan so’ng kolbani ajratgan sut moyi bilan eksikatorda quritamiz, qopqoqni yopamiz va tarozda tortamiz. Sutdagi yog’ni massali ulushini (J, %) quyidagi formula orqali hisoblaymiz.
Bu erda: m1 – kolbani yog’ bilan og’irligi, g;
m2 – bo’sh kolbani og’irligi, g;
p – sutni zichligi, g/ml;
V – namuna uchun olingan sutning hajmi, ml.
Do'stlaringiz bilan baham: |