Haqida rivoyat-qissa


Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat



Download 141,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/32
Sana30.12.2021
Hajmi141,41 Kb.
#91284
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.

Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.

t.me/e_kutubxona

— Yo‘q, u mening o‘g‘lim emas ekan! – deb yubordi cholning so‘nggi

so‘zini eshitib o‘rnidan sapchib ketgan Amir Temur.

Davradagilar   Sohibqiron   so‘zini   eshitib,   baravariga   qalqib   ketdilar.

Amir   Temur   ularning   har   birining   ko‘ziga   tikilmoqchi   bo‘lgandek,

davradagilarga   bir   boshdan   tikildi   va   o‘ziga   boqib   turgan   cholga

navbat etganda yana takrorkadi:

—   Yo‘q,   u   yigit   mening   o‘g‘lim   emas!   —   SHu   gapni   aytishi   bilan

sohibqironning ko‘z o‘ngini bir zum kumush yog‘du to‘sdi. Kumush

yog‘du aro chayqalgan belanchakni ko‘rdi. Belanchak bo‘m-bo‘sh edi.

“O‘g‘lim!” – deya tovushsiz o‘rtandi jahongir…

Sohibqiron   qal’ani   buzib   tashlashni   ,   cholga   bo‘lsa,   nima   tilasa

o‘shani   berib,   o‘zi   xohlagan   manziliga   etkazib   qo‘yishni   buyurdi.

O‘sha zahoti uning amri bajo keltirildi. Temir tog‘i erib, yana qal’a

tomonga oqdi va bir pasda qal’adan nom-nishon qolmadi. Ertasi kuni

bu   simobiy   oqim   daryo   yoqalab   mag‘rib   tomonga   oqdi.

Nima’lumlikdan  sarosimada  qolib  oromni  unutgan  olisdagi  shaharu

qishloqlar temir oqim qay tomonga burilishini bilmay, vahima ichida

qoldi.   Noma’lumlik   sarhadi   kamaygan   sayin   temir   oqim   ularga

shunchalik yaqinroq kelardi. Temir oqim chetlab o‘tgan manzillarda

bir pasda talvasa o‘rnini farog‘at, qo‘rquv o‘rnini xotirjamlik egallar,

hayot   yana   eski   oqimiga   qaytardi.   Kelinchaklar   yig‘ishtirilgan

belanchaklarini   yana   daraxtga   ilardi,   yana   alla   aytib   bolalarini

uxlatib,   dalaga   hosil   yig‘ish   bilan   ovora   erlari   uchun   ovqat

tayyorlashga urinishar, ayrim uddaburonlari o‘sma ezib, qoshlariga

surish uchun ham vaqt topardi.

CHol Sohibqirondan hech nima so‘ramadi. U devorlari buzilib, er bilan

tekislangan qal’a atrofini tark etmadi. Bir necha kundan so‘ng Amir

Temur to‘satdan cholni eslab, surishtirdi. Unga cholning qal’a yonida

qolganini aytdilar. Sohibqiron qo‘shindan bir guruh ajratib, cholni o‘z

huzuriga   olib   kelishlarini   buyurdi.   Guruh   bir   necha   kun   yo‘l   bosib,

manzilga   etib   keldi,   ammo   chor-atrofni   qidirib   cholni   topa   olmadi.

Jangchilar   chol   daryo   sohilida   bir   kun   oldin   paydo   bo‘lgan   qabrda

ko‘milganidan   bexabar   edilar.   Uni   dafn   etgan   podachilar   esa

sharqdagi   tog‘   qoyalaridan   haydab   tushgan   podalari   bilan

allaqachonlar olislab ketgan, ular cholning Amir Temur va uning o‘g‘li




Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.

t.me/e_kutubxona

haqidagi   mahzun   hikoyasini   allaqachonlar   afsona   qilib   aytib

borardilar…

Afsona mana shu erda yakunlanadi.



Vassalom.

1990

Download 141,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish