Haqida rivoyat-qissa


Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat



Download 141,41 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/32
Sana30.12.2021
Hajmi141,41 Kb.
#91284
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.

Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat.

t.me/e_kutubxona

odamgina saxiy bo‘lishi mumkin. Bosiq odamgina hukmdor bo‘lishi

mumkin.   Kimki   jasur   bo‘lsa-yu,   insonparvar   bo‘lmasa,   tejamkor

bo‘lmasa-yu,   saxiylik   qilsa,   dono   bo‘lsa-yu   bosiqlik   qilmasa,   unday

odam   o‘zi   bosh-qosh   ishniyam,   o‘ziniyam   halok   etadi.   Kimki,

dushmani   bilan   olishgandayam   insonparvarlikni   unutmasa,   u,

albatta,   engadi.   Alloh   taolo   hamisha   unga   madad   beradi,

insonparvarlik unga panoh bo‘ladi.

U   o‘g‘liga   mamlakat   adolat,   urush   esa   dilovarlik   va   ayyorlik   bilan

boshqarilishini,   mamlakatda   ta’qiq   qancha   ko‘p   bo‘lsa,   avom

shuncha qashshoqlanishi mumkinligi, illo, erkinlik va adolat bo‘lsa,

ulus, demak, mamlakat boy bo‘lishini, qonun va buyruqlar qanchalik

ko‘paysa,   adolatsizlik,   o‘g‘rilik   va   beboshlik   shunchalar   ko‘payishi

mumkinligini   uqtirdi.   “O‘g‘lim,   —   deb   aytardi   rahmatlik   otasi,   —

uzoqni   ko‘rolmagan   hukmdor   yaqinidagi   balolarga   giriftor   bo‘ladi.

Ammo, yaqinni ko‘rib ish tutgan hukmdor ham xato yo‘ldadir”. Amir

Temur   otasining   bu   gapini   o‘g‘liga   aytar   ekan,   o‘zidan   qo‘shib

ushbuni   uqtirgan   edi:   Podshohlar   hulqi   bamisoli   shamol,   avomniki

maysadir.   SHamol   qay   tarafga   essa,   maysa   ham   o‘sha   tomonga

egiladi. SHu sababdan podshoh hech qachon o‘z qudratining asosi

mana shu ulus ekanini unutmasligi kerak.

Amir Temur tutab yonayotgan, vayrona qal’aga kirmay daryoga yaqin

yalanglikda   chodir   tiktirdi.   Sohibqiron   o‘zining   oddiy   jangchilari

libosidan   deyarli   farq   qilmaydigan   jangovar   libosida,   Damashqni

olganda qo‘lga kiritgan oltin chiroqdon osilgan shohchodirda qunduz

bo‘rkli   boshini   eggan   ko‘yi   o‘g‘lidan   darak   kutardi.   U   kamdan-kam

yolg‘iz   qolar,   shu   boisdan   har   gal   shu   ahvolga   tushganda   dilini

allaqanday   anglab   bo‘lmas   og‘riq   qisa   boshlardi.   Hozir   ham   shu

og‘riq   uyg‘ondi-yu,   sohibqiron   chuqur   oh   tortdi.   U   og‘riq   sababinii

bilmas, bu esa og‘riqni yo‘qotish chorasini topishga imkon bermasdi.

Tuni bilan kechgan jang tufayli uyqudan, hordiqdan qolgan jahongir

ongida quyuq va horg‘in bir zulmat paydo bo‘lgan, og‘riq esa mana

shu zulumot ichida yonib turgan chiroqdek goh pirpirab, goh tovlanib

turardi.   To‘satdan   tashqarida   shovqin-suron   ko‘tarildi-yu,   sergak

tortdi.   Ammo   o‘zini   tutib,   bu   shovqin-suronlardan   xayolan

uzoqlashish uchun ko‘zini yumdi. O‘sha zahoti kechagi tushi o‘ngida





Download 141,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish