insonlar atrofingizda bo’lsa, hayotingiz siz istagandek tinch va osuda o’taveradi.
Eng muhimi sizni bezovta qilishmasa, bas. Hamma narsani sizsiz hal qilishaversin. Odatda sizning muammolaringizni boshqalar hal etishini ko’proq xush ko’rasiz. Usulning afzalliklari: Siz hech qachon yoqalashish, mushtlashish, urush – janjal vaziyatiga tushmaysiz. Chunki har doim biror bir ziddiyat vujudga kelayotgan joydan qochishga ulgurasiz. Havfli vaziyatlardan o’zini saqlash va ziyonsiz chiqib keta olish juda yaxshi malaka hisoblanadi. Siz xech qachon to’qnashuvlar asosida kelib chiqadigan jismoniy zo’rlik bilan to’qnashmaysiz, o’zingizning salomatligingiz posboni hisoblanasiz.
Usulning kamchiliklari: Ammo siz o’zingizni kuchli va o’zini himoya qilishga qodir inson deb hisoblamaysiz. Siz strausdek har doim konfliktni ko’rganda boshingizni yerga tiqib olasiz. Siz hech qachon o’z muammolaringizni yechishga tayyor bo’lmaysiz, uning hal bo’lishi uchun yo’l-yo’riq qidirmaysiz.
Va agar sizning muammolaringiz boshqalar tomonidan hal etilsa ham, bu yechim yuzaki, adolatsiz va omonat, ya’ni vaqtinchaliq, o’tkinchi bo’lishi mumkinligini tushunsangiz ham, ularga aralashmaysiz. Bu esa sizning manfaatlaringizga qarshi yechimlar va xulosalar bo’lishi ham mumkin. Umuman muammolarni jiningiz suymaydi, siz ulardan qo’rqasiz, shu bois, bu usulning eng yomon oqibati, o’z muammolaringizdan qutulish uchun boshqa zararli yo’llarga kirib ketish hollari kuzatiladi, shu bois sizning narkotik va alkogolga ruju qo’yishingiz ehtimoli mavjud.
Agressiv usul – «AKULA» «Kim nima desin-chi?! Kim menga qarshi chiqa oladi?! Qani o’zi zo’r bor-mi?!» Sizning shioringiz doimo, har qanday vaziyatda ham faqat va faqat g’olib bo’lish. Konflikt vaziyatda siz uchun g’olib chiqish - muammoning hal bo’lishi, ya’ni konflikt yechimidan ko’ra afzalroqdir. Ayb sizdaligini bilsangiz ham g’olib chiqishga intilasiz. G’olib bo’lish uchun hech narsadan toymaysiz. Siz g’olibbo’lishlikni konflikt yechimidan, muammoning hal qilinishidan ko’ra yaxshi ko’rasiz va shuni rejalashtirib, harakat olib borasiz. Aslida, konflikt yechimi to’g’ri yo’l ekanligini bilmaysiz, yoki unga ishonmaysiz. Siz har qanday boshqa bir odamni aybdor qilishga tayyorsiz
Usulning afzalliklari: Siz har doim o’z emosiyalaringizni oshkora tutasiz, fikrlaringizni erkin bayon qila olasiz. Siz faol bo’lishni, mas’uliyatni o’zingizga olishni hamda tavakkalchilikni yoqtirasiz. Har doim salbiy xis-tuyg’ularning ochiq chiqib ketishi imkoniyati mavjudligi sizni emosional krizislardan asraydi. Siz ichingizda ezilib, qiynalib yurmaysiz. Depressiya degan so’z – sizga yot.
Usulning kamchiliklari: Sizning faqat o’z manfaatlaringiz uchun harakat qilishingiz atrofingizdagi do’st va vafodor odamlarni qoldirmaydi, sizning emosional portlashlaringizdan ko’pchilik yaqinlaringiz qiynaladi, boshqalar fikrini mensimasligingiz, faqat o’zingizga ishonishingiz odamlar bilan munosabatlaringizni qiyinlashtirib qo’yyadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |