Hamroyeva Madhiyaning Pedagogik konfliktologiya fanidan bajargan


Siz kamdan-kam boshqalar maslahatiga quloq solasiz va boshqalar bilan kelishib ishlaysiz. Ko’proq boshqalar siz bilan



Download 147,56 Kb.
bet63/68
Sana03.01.2022
Hajmi147,56 Kb.
#316501
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68
Bog'liq
konflikt mustaqil ish

Siz kamdan-kam boshqalar maslahatiga quloq solasiz va boshqalar bilan kelishib ishlaysiz. Ko’proq boshqalar siz bilan kelishishi kerak bo’ladi. Muammo shundaki, sizdagi xislatlarning zo’ravonlikka o’tib ketishi juda oson. Siz zo’ravonlik qilish va uni o’tkazishdan tortinmaysiz. Zo’ravonlikni tabiiy hol sifatida qabul qilasiz.

Zo’ravonlikning ko’payishi esa jinoyatga olib kelishi mumkin. Ammo siz bu to’g’rida o’ylamaysiz. Sizning har doim g’olib bo’lishingiz zaruriyatga, oddiy holga aylanib boradi. Sizning g’olibligingiz boshqaning mag’lubiyati‖ekanligi o’ylamaysiz.

Kompromiss (kelishuvchanlik) usuli – «TULKI» «Men siz uchun hamma narsaga tayyorman. Men siz uchun foydali bo’la olaman-mi?!» Siz har bir konfliktda o’ziga xos yechim mavjudligini bilasiz. Ammo konflikt yechimi uchun ko’p vaqt va sa’yharakat ishlatishni istamaysiz. Shu bois, eng yengil va tezkor yechimni qidirasiz. Buning uchun xushomad, maqtov, joningizni jabborga berish, riyokorlik, birovlarga yoqishga harakat qilasiz. Sizning shioringiz avval orqaga bir qadam, keyin oldinga ikki qadam‖dir. «Judayam jahlingiz chiqib ketdimi?

Mayli, qo’ying, bu ishni o’zim qila qolaman». Ha, men aybdorman, keling men yana bir boshdan harakat qilib ko’ray. Hamma aytganlaringizni tushundim. Siz buyurganday qilaman.... Siz nima desangiz shu, sizdan o’tkir odam yo’q bu dunyoda, yerda ilon qimirlasa, siz bilasiz.... Kompromisga borishni siz o’zingizga uyat deb hisoblamaysiz, balki kompromissga bora olmaganlardan o’zingizni ustun qo’yasiz. Chunki kompromissga bora olmaslikni inson xarakteridagi qusur sanaysiz, bu siz uchun ayb. Siz har qanday vaziyatda kelishishga harakat qilasiz, kompromiss sizning hayotiy ehtiyojingizdir.

Bu holatda hech bir tomon yutqazmaydi, ammo hech bir tomon yutib ham chiqmaydi. Siz ko’pincha o’z maqsadlaringizni ruyobga chiqarish uchun qulay vaziyat qidirasiz va mana shu qulay vaziyatni kutasiz. Siz mayda ―kichik odam bo’lib, katta ishlar qilish mumkinligiga to’la ishonasiz va bu ish qo’lingizdan keladi ham. Bo’ysungandek ko’rinib, keyin hukmron bo’lish uchun kompromisslardan ustamonlik bilan foydalanasiz.

Usulning afzalliklari: Sizning xulq-atvoringiz moslashuvchan bo’lib, har qanday vaziyatda va holatda siz o’zingizni erkin his qilasiz. Siz o’zingizga ishonasiz. Talab qilinsa, har doim chekina olasiz. Zarur vaqtda chekinish – o’z manfaatlarini saqlab qolish ekanligini bilasiz. Chekinishdan or qilmaysiz, bu sizning yutug’ingizdir. Shu bois, tezda boshqa odam bilan ikkalangiz uchun qoniqarli va manfaatli bo’lgan xulosalarga kelishingiz mumkin.

Muzokaralarda sizdan unumli foydalanish imkoniyati mavjud. Sizdagi kelishuv va kompromissga borish qobiliyati konflikt vaziyatni, qisqa muddatga bo’lsa ham, yechimga olib kelishi mumkin. Kompromissga bora oladigan odam ko’pchilikda ishonch uyg’otadi. Ishonch esa konflikt yechimining zarur shartlaridan biri hisoblanadi.

Usulning kamchiliklari: Sizni adolatli yechimdan ko’ra, ko’proq tezkor yechim qiziqtiradi. Shu bois sizning yechimingiz adolatsiz va vaqtinchalik bo’lishi mumkin. Siz shoshilasiz, shu sabab har doim ham konflikt yechimi uchun mavjud hamma yo’llarni qidirib, topishga ulgurmaysiz. Konflikt yechimi siz aralashganda vaqtinchalik bo’lib, keyin yana boshidan rivojlanib ketishi ehtimoli mavjud. Sizdagi qobiyaliyatga ishonib qolib, konfliktdagi bosh muammo muammoligicha qolib ketishi mumkin.

Hamkorlik usuli – «BOYO’G’LI» «Men hamkorlikka doim tayyorman!» Siz o’z xarakteringiz, bilimingiz va o’zingizni tutishingiz bo’yicha doimo hamkor rolini o’ynashga tayyor odamsiz. Siz hamkorlik uchun ochiq va hozir inson hisoblanasiz. Shu bois, konflikt vaziyatda sizning butun diqqat e’tiboringiz konflikt yechimini topshiga qaratilgan bo’ladi. Siz hech kimni qoraralamaysiz, hech kimnidir ayblamaysiz. Siz boshqalarning so’zlariga quloq tutasiz hamda boshqalarning his–tuyg’ulari va ehtiyojlarini ham hisobga olasiz.

Siz o’z emosiyalaringiz va tuyg’ularingiz haqida tinch, osuda, hissiyotsiz gapira olasiz. Siz o’z hissiyotlaringizni to’la nazorat qila olasiz. Sizning ovozingiz, mimikangiz, nutqingiz, ochiq qalbingiz, samimiyligingiz –hammasi konflikt yechimini topishga qaratiladi. Siz konflikt yechimiga qaratilgan turli fikr va yo’llarni taklif etasiz, siz har ikki tomon uchun ham adolatli yechimini topishga harakat qilasiz. Har ikkala tomonning manfaatlarini hisobga olish, ularning ikkalasi ham g’olib bo’la olishi, qoniqish hosil qilishi siz uchun muhim.

Siz umumiy ikki yoqlama foydali xukm chiqarish uchun harakat qilasiz. Boshqalar bilan hamkorlikda har biringizni qanoatlantiruvchi qarorlarning bir necha variantlarini ishlab chiqa olasiz. Agar konflikt nazoratingizdan chiqib ketganligi hamda uni to’laqonli ravishda o’zingiz hal qilishga imkoniyatingiz yetmasligini his qilsangiz, yoki konfliktning zo’ravonlikka o’tib ketayotganligi anglasangiz, siz boshqalardan, ya’ni uchinchi bir tomondan yordam so’rashga doimo tayyor turasiz. Sizning qaroringiz kelishuvchilik, kompromiss va norozilikka rozilik elementlarini qamrab oladi. Siz konfliktlarni to’la yechimga olib kelishga qodirsiz.

Usulning afzalliklari: Odatda sizning ko’pchilik qarorlaringiz adolatli bo’ladi va ular uzoq muddat amal qiladi. Sizning boshqalar bilan munosabatlaringiz ishonch asosiga quriladi. Atrofingizda odamlar, do’stlar, og’ayni-birodarlar, dugonalar ko’p bo’ladi. Sizga o’z xis-tuyg’ulari va sirlarini odamlar ishonadi. Siz boshqalarning qadr-qimmati va nafsoniyatini qadrlaysiz hamda toptalgan xis-tuyg’ularni e’zozlaysiz. Kerak bo’lganida siz uchun hamma yordamga tayyor turadi. Sizning xarakteringizda anglangan bosiqlik, mushohadago’ylik, mulohazakorlik kuchli bo’ladi. Sizning qarorlaringizga kattalar ham, kichiklar ham bo’ysunadi. Siz o’zingizga mas’uliyat yuklay olasiz va adolatparvarlik posboni bo’lib umr kechirasiz.

Usulning kamchiliklari: Real hayotda ―boyo’g’li bo’lish oson emas. U odamga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Doimo boshqalar dardu-hasrati bilan yurishga to’g’ri keladi. Shu bois, hech kim «boyo’g’li» bo’lish oson deb hisoblamaydi. «Boyo’g’li» bo’lish odamdan ichki madaniyat, qadr–qimmatni e’zozlash, bilim va malaka, vaqt, mas’uliyat, jasorat va o’ziga ishonch talab etadi. Mazkur barcha xislatlarni o’zida tarbiyalash esa oson vazifa emas. Shu bilan birga mana shu qobiliyatni ishlata bilish ham osonlik bilan kechmaydi. Adolat posboni bo’lishingiz hammaga ham yoqavermaydi, sizga qarshi bo’lganlar ham mavjud bo’ladi.

Shunday qilib, konfliktlarni boshqarish usullari mavjud bo’lib, har bir inson o’z xarakteriga oid usulni qo’llaydi. Konfliktlarni boshqarish usullarini bilish esa insonga o’zini yaxshi anglashi va o’z qadamlarini tahlil qila olishi uchun yordam beradi va ko’maklashadi. Har bir usul afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Shu bois, afzalliklarni kuchaytirish va kamchiliklardan o’z xattiharakatlarini tozalash ziddiyatli vaziyatlarda nizolarning oldini olishga imkon yaratadi. Konfliktlarni boshqarish usullari insondan o’ziga xos malakalarni talab qiladi va aslida konfliktlarni boshqarish oson ish emas. Ammo konfliktlarni boshqarishga o’rgangan inson har doim o’z hayotini, atrofidalar hayotini muammolardan tozalab, ularning to’g’ri, adolatli va osuda yashashlari uchun muqobil shart-sharoitlar vujudga keltira oladi.


Download 147,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish