Konfliktning vayron qilish imkoniyati:
Konflikt kuyidagi hollarda vayron etish imkoniyatiga ega bo’ladi:
- konflikt yechimi topilmasa va uni boshqarish imkoniyati boy berilsa;
- g’azab, jahl, dilsiyohlik, hafagarchilik, nafrat va qasos xislarining kelib chiqishiga sabab bo’lganda;
- juda qattiq stressga olib kelganda;
- odamlar o’rtasida uzoq muddatli nizo va ixtilof vujudga keltirganda;
- pashshadan fil yasab, kichkina muammoni katta mojaroga aylantirganda;
- zo’ravonlik va urushga sabab bo’lganda.
Afsuski, hayotda ko’pchilik hollarda konflikt zo’ravonlik bilan tugaydi. Chunki ko’pchilik konfliktlarning asl mazmuni va mohiyati bo’yicha maxsus bilimlarga ega emas. Konfliktlar to’g’risidagi tassavurlar Konfliktlar bo’yicha odamlar orasida turli stereotiplar mavjud. Bu holatlar konfliktlarning asl mazmuni va mohiyatini, inson hayotida tutgan o’rnini to’g’ri baholamaslik va bilmaslik oqibatida ro’y beradi. Ana shunday stereotiplardan, ongimizga o’rnashib qolgan noto’g’ri tushunchalardan ba’zilarini ko’rib chiqadigan bo’lsak, konfliktlar mazmunini yanada oydinroq tasavvur etgan bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |