XULOSA VA TAKLIFLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Valyuta siyosatini liberallashtirish
bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida‖
36
gi Farmoni, avvalo,
amaldagi valyutani tartibga solish tizimini tubdan isloh qilish, valyuta siyosatini
liberallashtirish, barcha tadbirkorlik subyektlariga tashqi savdo faoliyatini amalga
oshirishda teng sharoitlar yaratishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni qabul qilinishiga
mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini
yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga to‘sqinlik qilayotgan qator
muammo va kamchiliklar mavjudligi asosiy sabab bo‘ldi.
Jumladan, valyutani tartibga solishga haddan ziyod ma‘muriy aralashuv, tashqi
savdo faoliyatini amalga oshirishda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va xo‘jalik
yurituvchi subyektlari uchun alohida imtiyoz va preferensiyalar mavjudligi
oqibatida tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida biznesni yuritishga doir teng bo‘lmagan
shart-sharoitlar paydo bo‘ldi hamda parallel chet el valyutasi bozori va ayirboshlash
kursi vujudga keldi.
Valyuta kursi siyosatining tashqi savdoni rag‘batlantirishdagi rolining susayishi
mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlari narxlarining tashqi va ichki
bozordagi raqobatdoshligini pasaytirdi.
Mamlakatimizda faqatgina bozor mexanizmlari asosida faoliyat ko‘rsatadigan
valyuta bozorini shakllantirish barcha banklarning mijozlar (yuridik va jismoniy
shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar) ehtiyojlarini qondirish
maqsadida chet el valyutasini sotib olish va sotish uchun valyuta birjasi savdolarida
erkin ishtirok etishini, shuningdek, mijozlarning chet el valyutasini sotib olish
bo‘yicha amaldagi tartib va texnik reglamentlariga rioya etgan holda o‘z valyuta
mablag‘larini hech qanday cheklovsiz tasarruf etishini taqozo etadi. Mazkur Farmon
bilan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasi joriy xalqaro valyuta
36
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.09.2017 yildagi PF-5177-sonli Farmoni
94
operatsiyalarini amalga oshirish uchun banklarda erkin sotib olinishi va sotilishi
kafolatlanadi.
Xususan, yuridik shaxslar o‘z mablag‘larini banklarda joriy xalqaro valyuta
operatsiyalarini, shu jumladan, tovar, ish va xizmatlar importi, foydani repatriatsiya
qilish, kreditlarni qaytarish, xizmat safari xarajatlarini to‘lash va boshqa savdo
xarakteriga ega bo‘lmagan operatsiyalarni amalga oshirish uchun chet el valyutasiga
cheklovlarsiz erkin konvertatsiya qilishlari mumkin.
Ta‘kidlash joizki, joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha to‘lovlarni banklardagi
hisobvaraqlar orqali amalga oshirishda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan
bozor kursida chet el valyutasini sotib olish imkoniyatining yaratilishi ―yashirin‖
iqtisodiyotning qisqarishiga va pul mablag‘larini bank aylanmasiga jalb qilishga
xizmat qiladi.
Jismoniy shaxslar ham tijorat banklarining konversion bo‘limlarida chet el
valyutasini erkin sotib olishi, sotib olingan mablag‘larni xalqaro to‘lov kartalariga
o‘tkazib, ulardan xorijda hech qanday cheklovlarsiz, shu jumladan, bank
hisobvaraqlari orqali xorijda o‘qish, davolanish va boshqa maqsadlardagi to‘lovlar
uchun foydalanishi mumkin. Xalq iste‘mol tovarlarini import qilish bilan
shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar banklardagi hisobvaraqlarida savdo
tushumini va boshqa daromadlarini jamg‘arib borgan holda keyinchalik uni
jismoniy shaxslar uchun o‘rnatilgan tartibda, ya‘ni sotib olingan valyuta
mablag‘larini xalqaro to‘lov kartalariga o‘tkazish va chet elda cheklovlarsiz, shu
jumladan, tovarlarni import qilish uchun ishlatishi mumkin.
Aholidan naqd chet el valyutasini sotib olish tijorat banklarining barcha filial
va minibanklari tomonidan cheklanmagan miqdorda va sarsongarchiliksiz amalga
oshiriladi.
Bundan tashqari, banklar tomonidan aholi bilan valyuta ayirboshlash
operatsiyalarini sifatli amalga oshirilishini ta‘minlash maqsadida:
95
jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibini
soddalashtirish;
bayram va dam olish kunlarida valyuta ayirboshlash shoxobchalarining
uzaytirilgan ish tartibini joriy qilish;
tijorat banklarining filiallari va minibanklarida, ayniqsa, yirik savdo markazlari
va bozorlarda qo‘shimcha valyuta ayirboshlash shoxobchalarini ochish;
konversion bo‘limlar orqali chet el valyutasini sotishda olinadigan vositachilik
haqi miqdorini imkon darajasida pasaytirish choralarini ko‘rish;
xalqaro to‘lov kartalaridan xorijda foydalanishda mavjud barcha cheklovlarni
bekor qilish nazarda tutilgan.
Shu bilan birga, mahsulot ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va
fermer xo‘jaliklarining eksport faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida ularga chet el
valyutasidagi daromadlarini o‘z xohishiga ko‘ra erkin tasarruf etish, bunda bank
hisobvaraqlaridan naqd chet el valyutasini echib olishgacha bo‘lgan huquq beriladi.
Keyingi yillarda eksportchilarni rag‘batlantirish uchun ko‘plab ishlar amalga
oshirildi, ularga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ko‘plab imtiyozlar
berildi, eksport faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qator tartibotlar bekor qilindi.
Eksport borasida mavjud imtiyozlarga qaramasdan valyuta tushumini majburiy
sotish talabi eksportni yanada rag‘batlantirish yo‘lida asosiy to‘siq bo‘lib,
eksportchilar o‘z valyuta tushumini to‘liq tasarruf etish imkoniyatiga ega emas edi,
bu esa eksportni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan siyosatga mos
kelmaydi.
Endilikda tovarlar (ish, xizmatlar) eksportidan tushgan valyuta tushumini
majburiy sotish tartibi mulkchilik shakli yoki eksport qilinayotgan mahsulot turidan
qat‘iy nazar, barcha eksportchi tashkilotlar uchun butunlay bekor qilindi.
Bozor tamoyillari asosida valyuta resurslari oqimining samaradorligini
oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay investitsiya va
ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, shuningdek, tashqi savdoda valyuta
siyosatining rag‘batlantiruvchi rolini oshirish maqsadida milliy valyutaning xorijiy
96
valyutaga nisbatan ayirboshlash kursi faqatgina valyuta birjasining banklararo
elektron savdolarida valyutaga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda
belgilanadi.
Bunda ayirboshlash kursini bozor mexanizmlari asosida shakllantirish
maqsadida banklararo savdolarda Markaziy bankning ishtiroki kamaytiriladi.
Alohida hollarda Markaziy bank ayirboshlash kursining haddan ortiq tebranishini
bartaraf etish uchun xorijiy valyutani sotish yoki sotib olish operatsiyalarini amalga
oshirishi mumkin.
Ayirboshlash kursini egiluvchan holda tartibga solish respublikaga keladigan
barcha valyuta resurslari (eksport tushumi, transchegaraviy pul o‘tkazmalari va
boshqalar) oqimining rasmiy bozorga kelib tushishi orqali chet el valyutasiga
bo‘lgan jami talab va taklif mutanosibligini ta‘minlash va oltin-valyuta zaxiralari
hajmlarini avvalgidek yuqori darajada saqlab qolish imkonini beradi.
Ta‘kidlash joizki, xorijiy valyutani erkin sotib olish va sotish imkoniyati va
milliy valyuta ayirboshlash kursini bozor mexanizmlaridan foydalangan holda
belgilash mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki va tashqi
bozordagi
raqobatdoshligi
va
rentabelligini
oshirish
bilan
bir
qatorda
mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, to‘g‘ridan
to‘g‘rixorijiy investitsiyalarni ko‘paytirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan
yangi texnologiyalar va bilimlarni jalb qilish, eksport imkoniyatlarini kengaytirishga
xizmat qiladi.
Bundan
tashqari,
ayirboshlash
kursining
liberallashtirilishi
eksport
imkoniyatlarini oshirishda kuchli rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib, bu noan‘anaviy
soha va tarmoqlarda eksport hajmining ortishiga ko‘maklashadi va ayirboshlash
kursiga ta‘sirchan tovar eksportchilarining moliyaviy holatini nafaqat eksport
hajmining oshishi, balki olingan daromadlarni milliy valyutaga qayta hisoblaganda
vujudga keladigan foyda hisobidan ham tubdan yaxshilaydi.
Valyuta siyosatini isloh qilishga O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishdagi birinchi zaruriy
97
qadam sifatida qaralmoqda va islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan pul-kredit,
soliq-budjet va iqtisodiy siyosatning boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan sa‘y-
harakatlarning samarali muvofiqlashtirilishiga bog‘liq..
Ayirboshlash kursi barqarorligini ta‘minlashda pul-kredit ko‘rsatkichlarining
o‘zgarishi hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda, Markaziy
bankka monetar instrumentlardan faol va keng ravishda foydalanish orqali milliy
valyutaning barqarorligini va inflyatsiyaning past darajada bo‘lishini ta‘minlash, pul
massasi haddan ziyod va asoslanmagan holda o‘sishining oldini olish, davlat
xarajatlari va daromadlarining mutanosibligini ta‘minlashga qaratilgan qat‘iy
monetar siyosat yuritish vazifasi yuklatilgan.
Valyuta siyosatini liberallashtirish sharoitida bank tizimi barqarorligini
ta‘minlash borasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni nazorat qilish
alohida ahamiyat kasb etadi.
Bank tizimining barqarorligi nafaqat mijozlarning xorijiy valyutaga bo‘lgan
talabini qondirish nuqtai nazaridan, balki kredit portfeli, depozit bazasi va
ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibida kutilayotgan sifatli o‘zgarishlar nuqtai
nazaridan ham muhimdir.
Shu munosabat bilan bank tizimining barqarorligi tijorat banklarining
kapitallashuv darajasini saqlash, prudensial nazoratni kuchaytirish, shuningdek,
valyuta siyosatini liberallashtirishning sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy
oqibatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali
ta‘minlanadi.
Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning dastlabki bosqichi sifatida davlat
banklarining ustav kapitaliga 655 million AQSh dollari miqdorida mablag‘
kiritilganini ta‘kidlash joiz. Banklarning likvidligini ta‘minlash uchun ularga qayta
moliyalashtirish kreditlarini berish mexanizmi joriy qilindi.
Xalqaro valyuta fondining baholariga ko‘ra, valyuta siyosatini liberallashtirish
o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiyotning o‘sish
sur‘atlariga sezilarli ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
98
Amalga oshirilayotgan islohotlarning qisqa muddatli istiqbolda aholining
ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlariga nisbatan vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida aniq manzilli va shaffof ijtimoiy nafaqa va
subsidiyalar joriy etish, kasanachilikka, tomorqa yer maydonlaridan samarali
foydalanishga keng jalb qilish orqali ularning bandligini ta‘minlash, shuningdek,
kam ta‘minlangan oilalarning turmush sharoitlarini imtiyozli mikrokreditlar ajratish
orqali yaxshilash kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Band bo‘lmagan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ularni haq
to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish, jumladan, uy-joy fondi obyektlari va uy-
joy kommunal infratuzilmasi, ko‘chalar, yo‘llar, mahallalar hududlari, ijtimoiy-
madaniy ahamiyatdagi obyektlar, irrigatsiya tarmoqlarini obodonlashtirish va
ta‘mirlash, shuningdek, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari va imkoniyati
cheklangan shaxslarga yordam berishga jalb qilish ko‘zda tutilgan yangi mexanizmi
joriy qilinayotganini qayd etish lozim.
Valyuta ayirboshlash kursini liberallashtirishning tovar va xizmatlar, ayniqsa,
xalq iste‘moli tovarlariga ichki narx-navoning shakllanishiga ta‘sirini kamaytirish
maqsadida amaldagi bojxona me‘yorlari va to‘lovlari stavkalarini tubdan qayta
ko‘rib chiqish vazifasi belgilandi.
Bundan tashqari, ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy
turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish Respublika va doimiy faoliyat
yuritadigan hududiy komissiyalarga narxlarning barqarorligini va bozorlarning
iste‘mol tovarlari bilan tezkor to‘ldirilishini ta‘minlash vazifasi topshirildi.
Bundan tashqari, tovar va xizmatlar narxini chet el valyutasida o‘rnatish
holatlari ham Markaziy bank rasmiy kursi o‘zgarishi oqibatida narxlarning milliy
valyutaga hisoblanganda asossiz ravishda oshishiga olib kelayotgan edi.
Bundan buyon respublika hududida barcha tovarlar va xizmatlar uchun hisob-
kitoblar va to‘lovlar, davlat bojlarining undirilishi, tovar va xizmatlar narxlarining
belgilanishi faqat milliy valyutada amalga oshiriladi.
99
Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida
mazkur Farmon bilan chet el valyutasida ajratilgan kreditlarni bankning kredit
siyosati va tomonlarning kelishuvi asosida milliy yoki chet el valyutasida
qaytarilishiga ruxsat berildi.
Valyuta bozorini liberallashtirish jarayonida davlat iqtisodiy siyosatining
mazkur Farmonda belgilangan ustuvor yo‘nalishlarining to‘liq ijrosi ta‘minlanishi
barcha tashqi savdo faoliyati qatnashchilariga teng sharoit yaratadi hamda
O‘zbekiston
Respublikasi
milliy
valyutasining
mavqeini
kuchaytiradi,
mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirishga, aholi bandligini
ta‘minlash va turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |