III bob bo’yicha xulosa
Bozor iqtisodiyoti bilan bog‘liq jarayonlarni boshqarishda, milliy
35
https://mfa.uz/uz/cooperation/international/2100/
90
valyutaning xalqaro mavqeini belgilashda va mamlakatning joriy hamda
kelajakdagi iqtisodiy munosabatlari tizimida valyuta siyosati muhim rol o‘ynaydi.
U «ko‘p qirrali bashorat» (iqtisodiy rivojlanish barqarorligini ta‘minlash,
ishsizlikning oldini olish va inflyatsiyani jilovlash, to‘lov balansining aktivligini
saqlab turish) muhiti hisoblangan iqtisodiy siyosatning asosini egallashda, yetakchi
o‘rin egallaydi.
Valyuta siyosatining shakli va o‘rni, mamlakatning valyuta-iqtisodiy
holati, jahon xo‘jaligining evolyutsiyasi, jahon maydonidagi o‘rni bilan
aniqlanadi. Tarixiy rivojlanishiga nazar soladigan bo‘lsak, birinchi navbatda, har
qanday valyuta siyosatining asosiy maqsadlari quyidagicha shakllanib kelmoqda:
valyutaviy inqirozni bartaraf etish va valyuta qiymatining ta‘minlanganligi,
valyutaviy cheklashlar, valyutaning erkin almashinuvi, valyuta operatsiyalarini
erkinlashtirish va boshqalar. Mamlakatlararo munosabatlarda valyuta siyosatining
asosiy jihati: hamkorlik va kelishuv, ya‘ni rivojlanayotgan mamlakatlarni ichki
siyosatiga moliyaviy va maslahat xizmatlari orqali ko‘mak berish.
Valyuta siyosati huquqiy jihatdan valyutaviy qonunlar asosida tartibga
solinadi. Bularga huquqiy darajadagi chegaralaming o‘rnatilishi, mamlakat
ichkarisida va mamlakat tashqarisida valyuta qiymatliklari bilan bo‘ladigan
munosabatlami tartibga solish, valyutaviy muammolar bo‘yicha ikki tomonlama
va ko‘p tomonlama, mamlakatlararo valyutaviy kelishuvlami tuzish kiradi.
Valyuta siyosati amalga oshirilishining asosiy yo‘llaridan biri, davlatning
xalqaro hisob-kitoblari bajarilishini boshqarish va milliy, mamlakatlararo,
hududlararo valyuta munosabatlarini amalga oshirishdan iborat. Valyutani tartibga
solishning bevosita yo‘li qonuniy hujjatlar va hukumatning ijro organlari orqali
amalga oshirilishi hisoblansa, bilvosita yo‘l bilan bozor agentlarining iqtisodiy
harakatlanishiga, iqtisodiy usullar, xususan, valyuta-kredit usullari bilan ta‘sir etiladi.
Xo‘jalik aloqalari umumiylashtirilishi, davlatlararo valyuta boshqarilishining
rivojlanishiga sabab bo‘ladi. U quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yadi:
- ayrim mamlakatlar valyuta siyosatini muvofiqlashtirish;
91
- kelishgan holda valyuta inqirozini bartaraf etish;
- rivojlangan mamlakatlar valyuta siyosatining boshqa mamlakatlarga mos
kelishi;
Valyuta siyosati - valyuta muammolarini hal etish bo‘yicha qarorlar tayyorlash,
qabul qilish va tadbiq etishdan iboratdir. Valyuta munosabatlarini tartibga solish
quyidagi pog‘onalardan iborat:
-
xususiy firmalar, birinchi navbatda, valyuta munosabatlarida aktiv
ishtirok etayotgan va yirik valyuta mablag‘lariga ega bo‘lgan milliy va xalqaro
banklar hamda korporatsiyalar kiradi;
-
valyuta nazorati tashkilotlari;
Xalqaro tartibga solishda valyuta, kredit va moliya siyosati quyidagi sabablar
bilan shakllangan:
1. Milliy iqtisodiyotda valyuta, kredit va moliya munosabatlarining bir-biriga
o`zaro bog‘liqligi;
2. Xo‘jalik munosabatlarini erkinlashtirish sharoitida bozor va davlat
boshqaruvining bozor tomon yuz tutishi;
3. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, jahon siyosiy va iqtisodiy maydonida
asosiy kuch hisoblangan AQSH o‘rnida uchta asosiy hamkorlik va
qarama-qarshi markazlarning tashkil topishi: AQSH, G‘arbiy Yevropa va Yaponiya;
4. Jahondagi yetakchi valyutalar, kredit va moliya bozorlari, ya‘ni
suzib yuruvchi kurslar, foiz stavkalari, birja inqirozlari va boshqalar
o‘zgarishining barqaror emasligi;
5. Ichki milliy iqtisodiy siyosatning, shuningdek, valyuta, kredit, moliya,
bir-biriga
o`zaro bog‘liq bo‘lmagan va ularning xalqaro xo‘jalikdagi
integratsiyalashuvi;
Keyingi yillarga nazar tashlaydigan bo‘lsak valyutani tartibga solishga
haddan ziyod ma‘muriy aralashuv, tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda
iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlari uchun alohida
imtiyoz va preferensiyalar mavjudligi oqibatida tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida
92
biznesni yuritishga doir teng bo‘lmagan shart-sharoitlar paydo bo‘ldi hamda parallel
chet el valyutasi bozori va ayirboshlash kursi vujudga keldi.
Valyuta kursi siyosatining tashqi savdoni rag‘batlantirishdagi rolining
susayishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovar va xizmatlari narxlarining tashqi va
ichki bozordagi raqobatdoshligini pasaytirdi.
Shu munosabat bilan 2017 yil 2-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining ―Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi
chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon bilan yuridik va
jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasi joriy xalqaro valyuta operatsiyalarini
amalga oshirish uchun banklarda erkin sotib olinishi va sotilishi kafolatlandi.
93
Do'stlaringiz bilan baham: |