3.2. O`zbekiston Respublikasi — xalqaro moliya munosabatlarning
faol ishtirokchisi
O‘zbekiston Respublikasini jahon xo‘jaligiga kirib borishida, uning hududiy
va global darajadagi raqobatbardoshligi bo‘yicha ustunligi, tashqi iqtisodiy siyosatni
ishlab chiqish va uni amalga oshirish bilan ko‘p jihatdan bog‘liq. Amalga
oshirilayotgan tarkibiy islohotlar bo‘yicha kizgin munozaralarning mavjudligiga
qaramasdan, tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda, hukumat, mamlakatning
85
geografik, ishlab chiqarish va texnologik hamda mehnat resurslaridan foydalanish
samarasini inobatga olmoqda. Xalqaro mehnat taqsimotining kuchayishi, xalqaro
xo‘jalik ishtirokchilaridan yuqori darajadagi raqobatbardoshlikni talab etadi.
34
Shu jihatdan, jahon xo‘jaligida O‘zbekiston kushni MDH mamlakatlaridan
o‘zining quyidagi xalqaro ustuvorliklari bilan ajralib turadi:
1) Qadimiy boy madaniyat, tarixiy va diniy yodgorliklari xalqaro turizm
sonoatini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlarni yuzaga keltiradi;
2) Qulay tabiiy iklim va tabiiy boyliklar, ishlab chiqarish, qurilish va
qishloq xo‘jaligi sohasida raqobatbardosh muhitni shakllantiradi;
3) Buyuk ipak yo‘lida joylashganligi xalqaro integratsiyada Yevropa
bilan Osiyoni bog‘lovchi «kuprik» vazifasini bajarishga yetarlicha imkoniyatni
vujudga keltiradi.
4) O‘zbekiston Respublikasi yetarli darajada malakali mutaxassislar bilan
ta‘minlangan. Zamonaviy texnologiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini barpo
qilish, ushbu sohadagi imkoniyatlarni kengaytiradi.
5) Mamlakat hukumati tomonidan ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish
va eksportni rag‘batlantirish siyosatini yuritilishi.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokida,
xalqaro Moliya institutlari bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni inobatga olib, 1992 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
633-XII sonli «O‘zbekiston Respublikasini Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro
tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi, Xalqaro moliya
korporatsiyasi, Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlikka
a‘zo bo‘lishi to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
XVF va Jahon banki kabi tashkilotlar bilan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi,
nafaqat respublikani jahon bozoriga integratsiyasini tezlashtirdi, balki amalga
oshirilayotgan tarkibiy islohotlar va makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash
samarasini oshirdi.
34
Ataniyazov J.X., Alimardonov E. Xalqaro moliya munosabatlari. Toshkent 2014.
86
Xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarning salmoqli qismi xalqaro kreditlar
va qarzlar masalasi bilan bog‘liq. Ushbu munosabatlarni amalga oshirishning
huquqiy asoslari sifatida O‘zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi
to‘g‘risida»gi, «Tashqi qarzdorlik to‘g‘risida»gi qonunlari va boshqa me‘yoriy
aktlar ishlab chiqildi.
Mustakillikning dastlabki yillarida olingan kreditlar va qarzlar, asosan, qisqa
muddatli bo‘lib, ichki bozorni iste‘mol tovarlar bilan to‘ldirishga qaratilgan
bo‘lsa, keyingi yillarda hukumat mazkur qarzlami jalb qilish sohasini tarkibiy
qayta qurish bo‘yicha ma‘lum ishlami olib bormoqda.
Olinadigan qarzlar va jalb qilinadigan uzoq muddatli kreditlarning asosiy
yo‘nalishlari sifatida: eksport potentsialini kengaytirish, import umini bosuvchi
mahsulotlar ishlab chiqarish sohalari tanlandi. Mineral xom-ashyo resurslarini, shu
jumladan, neft va gazni ishlab chiqarish va qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini qayta ishlash, mashinasozlikni rivojlantirish, telekommunikatsiya
sohasini zamonaviylashtirish hamda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish - xorijiy
investitsiyalar jalb qilinadigan ustuvor yo‘nalishlar sifatida qaralmoqda.
Xorijiy investitsiyalar sonining amaldagi ortishi va sifat darajasi, amalga
oshirilayotgan davlat investitsiya dasturi haqida ma‘lumot beradi. Uning maqsadi
- milliy va xorijiy investorlaming investitsion faoliyatini optimal darajada huquqiy
tartibga solishdan iborat.
Xorijiy kapital oqimini rag‘batlantirish, xorijiy kapital ishtirokidagi
korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi moliya-valyuta infratuzilmasini tashkil etishga
bog‘liq.
Moliya-valyuta infratuzilmasi xo‘jalik sub‘ektlari bilan jahon pul-kapital
bozori o‘rtasidagi aloqalarni ta‘minlashga xizmat qiladi. Ushbu infratuzilmalarni
tashkil etish, quyidagi yo‘nalishlami qamrab oldi:
• bank tizimini takomillashtirish;
• ichki sug‘urta xizmatlari sohasini rivojlantirish;
• ichki valyuta bozorini faoliyatini yaxshilash;
87
• lizing xizmatlari bozorini rivojlantirish;
• audit va maslahat xizmatlari bozorini rivojlantirish;
• milliy tovarlarni xalqaro bozorlar tomon harakatini tashkil etish va h.k.
O‘zbekiston Respublikasini xalqaro hamkorligi va iqtisodiy siyosatining
ustuvor yo‘nalishlari belgilandi va u mamlakatni xalqaro bozorga qo‘shilishining
asosini tashkil etadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy rivojlanish tamoyillari.
O‘zbekiston sobiq Ittifoqda yirik respublikalardan hisoblanib, aholisining soni
bo‘yicha 3-urinni va yalpi milliy mahsulot hajmi bo‘yicha 5-urinni egallab kelgan.
Respublika tabiiy resurslarga boy, sanoatda va qishloq xo ‘jaligida yetarli
darajada rivojlangan ayrim ishlab chiqarishlarga ega.
Masalan, O‘zbekiston tabiiy gaz qazib olishda dunyoda 9-o‘rinda, oltin
kazishda 7-o‘rinda, oltingugurt kislotasi va mineral ugitlar ishlab chiqarishda
hamda pilla etishtirishda 7-o‘rinda turadi.
Yuqoridagi tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, respublikaning
xalqaro moliya munosabatlari va jahon xo‘jaligiga integratsiyasi majmui aniq
belgilangan maqsadlar va ularni amalga oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni o‘z
ichiga oladi.
Birinchidan, respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport buginini tashkil
etuvchi va uni jahon bozorida munosib o‘rinni egallashini ta‘minlovchi buginlarni
aniqlash;
Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport buginida davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash usulidan keng foydalanish;
Bu usullar quyidagilardir:
1. Eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli
foizlar bo‘yicha ko‘p muddatli kreditlar ajratish, mo‘ljallangan investitsiyalarni
sug‘urtalash;
2. Eksport qiluvchilarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy
raqobatchilari ishlab chiqarishi xarajatlari o‘rtasidagi farqni qoplash;
88
3. Davlat tomonidan respublikaga ilg‘or texnologiyalar, tajribalar, bilimlarni
kirib kelishi uchun subsidiyalar ajratish;
4. Eksport va importni litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va
chetdan uni olib kelishga ruxsatnomalar berish;
5. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltirilgan xom-ashyo va
materiallar, asbob-uskunalar va jixozlar ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish va
boshqalar.
Shu bilan birga, xalqaro moliya sohasidagi siyosat milliy valyutani
mustahkamlash va uni boshqa valyutalarga erkin almashuvini ta‘minlashni, ichki
narxlarni jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish maqsadida baholar islohotini
tugallashni, tashqi iqtisodiy faoliyatning me‘yoriy-huquqiy asoslarini xalqaro
talablar darajasiga yetkazishni nazarda tutadi.
O‘zbekiston uchun asosiy strategik maqsadlar quyidagilardan iborat:
1. O‘zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimi integratsiyasiga
kushilib borishini ta‘minlash;
2. Eksport potentsialini rivojlantirish;
3. Import va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni
rivojlantirish;
4. Investitsiya siyosatini takomillashtirish;
5. Chet el sarmoyalarini jalb qilish;
6. Eksport mahsulotlari ishlab chiqarish zonalari va erkin iqtisodiy
hududlarni rivojlantirish;
7. Tashqi iqtisodiy faoliyat infratuzilmasini rivojlantirish.
Mamlakattiing jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining muhim tarkibiy
qismi - davlatlarning turli mintaqaviy birlashmalari hamda xalqaro moliyaviy
tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat. O‘zbekiston mintaqaviy
xalqaro tashkilotlar, chunonchi, Yevropa Ittifoqi, EHXT, NATO, EKO, OIK va
boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda. Bular orasida Yevropa Ittifoqi
alohida o‘rin tutadi. 1996 yilda Yevropa Ittifoqi bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi
89
munosabatlami rivojlantirishda bir qancha muhim ishlar amalga oshirildi.
O‗zbekiston Respublikasi XVFga 1992-yil 21-sentabrda a‘zo bo‗ldi. 1993-
yilda Toshkentda XVF vakolatxonasi ochildi.
Xalqaro valyuta fondi bilan hamkorlik asosan moliyaviy sektorni rivojlantirish
va makroiqtisodiy islohotlarning targ‗ibiga qaratilgan.
O‗zbekiston Respublikasi va XVF o‗rtasidagi kelishuvning IV bandiga binoan,
XVF vakillari doimiy ravishda O‗zbekistonga tashrif buyurib, hukumat va Markaziy
bank bilan maslahatlar olib borishadi.
Missiya faoliyati maqsadi iqtisodiyot sohasidagi ishlar ahvolini o'rganish,
moliyaviy sektor va statistika, shuningdek iqtisodiy islohotlarning maydonlarni
aniqlash. So'nggi yillarda, XVF turli sohalarda texnik ko'mak taqdim etdi. Ulardan
biri bank sektorida korporativ boshqaruvni takomillashtirish chora-tadbirlarini
ishlab chiqish bo'yicha Markaziy bankni undashdir.
2014-yilda korporativ boshqaruvni yaxshilash uchun XVF texnik yordami
taqdim etildi. Yordam doirasida Fond mutaxassislari O'zbekistonga tashrif buyurdi.,
mamlakatimiz Markaziy banki vakillari va yetakchi banklari bilan hamkorlikda bu
missiyaning uchrashuvlari tashkil etildi, respublika tijorat banklarida korporativ
boshqarishni takomillashtirish uchun tavsiyalarni tayyorlash hisobga olib o'z fikr va
takliflarini qabul qildi. Natijada, korporativ boshqaruv to'g'risidagi nizom so'nggi
xalqaro standartlar, shuningdek korporativ boshqaruv bo'yicha Bazel qo'mitasi
tamoyillari (2010-oktabr) va "tavakkallarni boshqarish tematik sharhi "Moliyaviy
Barqarorlik Kengashi (2013-yil fevral) tavsiyalariga muvofiq qayta ko'rib chiqildi.
2016-yil
aprel
oyida
ish
stress-test
tijorat
banklari
metodologiyasini
takomillashtirish, texnik yordam doirasida boshlandi.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |