Yo‘lning sinfi
|
Nomlani-shi
|
Vazifasiga ko‘ra belgilanishi va harakat sharoitlari
|
Yo‘l-ning toifa-si
|
Ahamiya-ti
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Avtomagist-rallar
|
Shahar va poytaxt-larni bog‘lovchi magistral-lar
|
Uzoq masofadagi tezkor aloqalarga mo‘ljallangan. Davlatlar poytaxtlari, yirik shaharlar va respublika sanoat markazlarini birlashtiradi. Harakat xavfsizligi va mukammal qulaylikni hisobga olgan holda yuqori tezlik va harakat jadalligini ta’minlaydi.
|
Ia
|
Xalqaro
|
I-II sinf aeroport-larga olib boruvchi yo‘llar
|
Yengil avtomobil va avtobuslarning yuqori tezliklarda harakatlanishi uchun mo‘ljalangan. Yuqori tezlik, mukammal qulaylik va harakat xavfsizligi ta’minlanadi. Kesishma va tutashmalar turli sathlarda joylashtiriladi.
|
Ia
|
Davlat
|
Tezkor yo‘llar
|
Yirik shaharlar-ni aylanib o‘tish yo‘llari va halqa magistrallar
|
Tranzit harakatlarga halal bermaydigan, nisbatan yuqori tezliklarda harakatlanish uchun mo‘ljallangan. Respublikaning ma’muriy, madaniy va sanoat markazlari, shuningdek qo‘shni davlatlar o‘rtasida tranport aloqalarini ta’minlaydi. Yuqori tezliklar va harakat xavfsizligi ta’minlanadi.
Tranzit avtomobillarning yirik shaharlarni aylanib o‘tishi uchun mo‘ljallangan, mahalliy transport vositalarining harakatiga ruxsat etilmaydi. Avtomobil yo‘llarining kesishma va tutashmalari turli sathlarda loyihalanadi. Tegishli texnik-iqtisodiy asoslar bo‘lgan taqdirdagina kesishma va tutashmalarni qisman bir sathda, chapga burilishi surilgan holda loyihalashga ruxsat etiladi.
|
Ib
|
Xalqaro, davlat
|
|
Yirik shahar-larga kirish yo‘llari
|
Yuqori jadallikdagi va harakat tezligi yuqori bo‘lmagan transport vositalarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, kesishmalar va tutashmalar asosan bir sathda chapga burilish surilgan holda loyihalanadi.
|
Ib
|
|
Ommaviy dam olish joylari va tarixiy yodgorliklarga olib boruvchi yo‘llar
|
Aksariyat hollarda yengil avtomobilllar va avtobuslarning yuqori tezlikdagi harakati uchun mo‘ljallangan. Me’moriy-landshaft loyihalash asoslariga rioya qilgan holda mukammal qulaylikdagi harakat xavfsizligi ta’minlanishi kerak.
|
Ib
II
|
Odatdagi yo‘l turlari
|
Shaharlar-ni aylanib o‘tish yo‘llari va halqa magistral-lar
|
Tranzit avtomobillarning yirik shaharlarni aylanib o‘tishi uchun mo‘ljallangan, mahalliy transport vositalarining harakatiga ruxsat etiladi. Avtomobil yo‘llarining kesishma va tutashmalari turli sathlarda loyihalanadi, tegishli texnik–iqtisodiy asoslar bo‘lgan taqdirdagina kesishma va tutashmalarni qisman bir sathda, chapga burilish surilgan holda loyihalashga ruxsat etiladi.
|
Ib
II
|
Davlat
|
|
Shaharlar-ga kirish yo‘llari
|
Yuqori jadallikdagi va harakat tezligi yuqori bo‘lmagan transport vositalarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan, kesishishlar va qo‘shilishlar asosan bir sathda chapga burilish surilgan holda loyihalanadi. Aralash transport oqimini (avtomobillar, avtobuslar, trolleybuslar, g‘ildirakli traktorlar) o‘tkazish ta’minlanadi.
|
Ib
II
III
|
|
III-IV sinf aeroport-larga olib boruvchi yo‘llar
|
Yengil avtomobillar va avtobuslarni nisbatan yuqori tezliklarda harakatlanishi uchun mo‘ljalangan. Nisbatan yuqori tezlik, mukammal qulaylik va harakat xavfsizligi ta’minlanadi. Kesishmalar va tutashmalar turli sathlarda loyihalanadi. Tegishli texnik–iqtisodiy asoslar bo‘lgan taqdirdagina kesishma va tutashmalarni qisman bir sathda, chapga burilish surilgan holda loyihalashga ruxsat etiladi.
|
II
|
|
Magist-ral yo‘llar
|
Harakat xavfsizligi sharoitlarini hisobga olgan turli transport vositalarining (avtomobillar, trolleybuslar, g‘ildirakli traktorlar) harakati uchun mo‘ljallangan. Respublikaning yirik va kichik shaharlarini birlashtiradi, viloyat va tuman markazlari, tezkor yo‘llar, shuningdek halqaro ahamiyatdagi magistral yo‘llar o‘rtasidagi harakatga xizmat qiladi. Mintaqadagi harakatning o‘ziga hos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda transport aloqalariga bo‘lgan ehtiyoj ta’minlanadi.
|
II
III
|
|
|
Mahalliy yullar
|
Aksariyat harakat tezligi yuqori bo‘lmagan va aralash transport oqimli (avtomobillar, avtobus-lar, g‘ildirakli traktorlar, qishloq xo‘jaligi mashinalari) mahalliy harakat uchun mo‘ljal-langan, tumanlarning ma’muriy markazlari, shaharchalar, qishloq va ovullar, shuningdek davlat ahamiyatidagi yo‘llar o‘rtasida transport aloqalari ta’minlanadi.
|
III
IV
V
|
Mahalliy
|
Yo‘llarning toifasi ularning belgilangan vazifasi va istiqboldagi harakat jadalligiga qarab 2 jadvalga asosan qabul qilinadi.