9.2. Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va ozuqaviy qiymati
Qishloq xo’jaligining mamlakat oziq-ovqat xavsizligini ta’minlashda asosiy tarmoqlardan biri ekanligini inobatga oladigan bo’lsak, ushbu yo’nalishda tahlil etilayotgan davrda erishilgan ijobiy natijalarni alohida ta’kidlash joiz. Jumladan, barcha asosiy qishloq xo’jaligi mahsulotlari turlari bo’yicha aholi jon boshiga ishlab chiqarish ko’rsatkichlari miqdor jixatidan o’sgan. Masalan, sabzavotlar 147,2 kg ga, sut yetishtirish 86,6 kg ga va tuxum 69 donaga ko’paygan (9.2- rasm).
9.2-rasm. O’zbekistonda aholi jon boshiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan minimal ta’minlanganlik darajasi (tibbiy me’yor bo’yicha) (%da)
Oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan me’yordagi ehtiyojni aniqlashda mutanosib ratsion asosida ovqatlanishni ta’minlash vazifasi faqat me’yordagi kaloriyaga ega bo’lgan va har kuni iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat emasligini e’tiborga olish o’ta muhimdir. To’laqonli ovqatlanish ko’p jihatdan uning tarkibiga, iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining insonning normal rivojlanishi va faoliyat yuritishi,uning organizmida to’g’ri modda almashinuvi, salomatlikni mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish, keksayish jarayonini sekinlashtirish va umrni uzaytirish uchun zarur bo’ladigan to’yimli va sifatli moddalar bilan kerakli darajada ta’minlanishiga bog’liq.
Bu borada ovqat bilan birga o’rnini hech narsa bosolmaydigan aminokislotalar, vitaminlar, mineral moddalar, mikroelementlar va organizmda o’z-o’zidan hosil bo’lmaydigan boshqa moddalarning ham iste’mol qilinishi inson hayoti uchun eng muhim ahamiyatga egadir.
Ana shu foydali moddalar, vitamin va mikroelementlar katta miqdorda faqatgina sabzavotlar, meva va uzum tarkibida bo’ladi va ularning o’rnini boshqa hech qanday mahsulot bosa olmaydi.
Boshqacha aytganda, inson salomatligi, uning uzoq va barakali umr ko’rishi to’g’ri va mutanosib ratsion asosida ovqatlanishni ta’minlash bilan chambarchas bog’liq ekani, meva va sabzavotlar uning eng muhim tarkibiy qismi bo’lishi lozimligi hech kimga sir emas. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlari shundan dalolat beradiki, bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlarda bir kishi uchun tavsiya etilgan kundalik 400 gramm o’rniga juda kam miqdorda – bor-yo’g’i 150-200 gramm meva va sabzavot iste’mol qilinmoqda. Xalqaro dietologlarning tavsiyasiga ko’ra, inson iste’mol qiladigan oziq-ovqatning kamida 50 foizini meva va sabzavotlar tashkil etishi zarur.
Mamlakatda yetishtiriladigan oziq-ovqat ekinlarining ahvoli, istiqboli va turlari, ulardan olinadigan hosilning mazali ta’mi va foydali xususiyatlari, ularning milliy iqtisodiyot va eksportda tutadigan o’rni, birinchi navbatda, shu davlatning geografik joylashuvi, uning tuproq- iqlim sharoitiga va shakllangan dehqonchilik madaniyati va saviyasiga, muayyan mahsulotni yetishtirish mahoratiga, bunday mahsulotlarning mahalliy va xorijiy bozorlarda nechog’liq xaridorgir bo’lishiga bog’liq.
Ekspertlarning ma’lumotlariga ko’ra, bizning sharoitimizda yetishtirilgan meva-sabzavotlar bebaho iste’mol xususiyatlari, ya’ni tarkibida tabiiy shakar, amino va organik kislotalar, salomatlik uchun eng muhim bo’lgan mikroelementlar va oziq-ovqat ratsionida o’rnini almashtirib bo’lmaydigan turli biologik moddalarga boyligi bilan boshqa mintaqalarda yetishtirilgan ana shunday mahsulotlardan sezilarli ravishda yuqori turadi.
O’zbekistonda yetishtiriladigan meva va sabzavotlarning faqat ularga xos bo’lgan xususiyatlari va to’yimlilik darajasi haqida gapirganda, shuni qayd etish kerakki, mamlakatimiz selektsionerlari sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkaning 170 dan ortiq navini, meva va rezavor ekinlar va uzumning 175 ta yangi navini yaratdilar.
O’zbekistonda shakllangan ko’p asrlik an’anaviy sabzavotchilik va bog’dorchilik madaniyati azaldan mahalliy o’g’itlardan foydalanishni ko’zda tutadigan biologik dehqonchilik printsiplariga asoslangan. Bu genlarni modifikatsiya qilish texnologiyalarini qo’llamasdan, juda mazali ta’mga va iste’mol xususiyatlariga ega bo’lgan ekologik toza meva va sabzavotlar yetishtirish imkonini beradi. Biz mineral o’g’itlar, pestitsidlar va shu kabi vositalarning o’rniga doimo qo’llab kelayotgan va biz uchun ustuvor bo’lgan organik o’g’itlardan foydalanishni afzal deb bilamiz. Boshqa kimyoviy vositalar qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurashishda ishlatilishi mumkin. Lekin ulardan stimulyator, ya’ni ekinni tez rivojlantiradigan vosita sifatida foydalanish umuman mumkin emas, chunki bu borada eng yaxshi, sinalgan vosita – bu organik o’g’itlardir.SHuning uchun ham saxovatli o’zbek zaminida yetishtiriladigan meva va сабзавотлар юқори нуфузга эга бўлган hақиқий брендга – товар белгисига айланиб, буаhсулотларни сотиб оладиган мамлакатларда улар юксак рақобатдоshлиги билан ajralib turadi.O’zbekistonda amalga oshirilayotgan Oziq-ovqat dasturi aholining to’laqonli va mutanosib ratsion asosida ovqatlanishini ta’minlashdek muhim vazifani hal etish imkonini berdi.Iste’mol qilinadigan ovqatning tarkibi va ratsionini yaxshilash boshqa omillar bilan birga aholi, avvalo, bolalar salomatligini tubdan yaxshilashga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Masalan, so’nggi 10 yilda vazni tibbiyotda ko’zda tutilgan me’yordan kam bo’lgan bolalar soni ikki barobardan ziyod (4 foizdan 1,8 foizga) qisqardi, ularning bo’yi o’rtacha 3 santimetrga o’sdi, bizning mintaqamizga xos bo’lgan jiddiy kasallik, ya’ni xotin-qizlarda kamqonlik darajasi 2,5 marta pasaydi.Mustaqillik yillarida O’zbekiston aholisining o’rtacha umr ko’rishi 7,5 yilga (66 yoshdan 73,5 yoshga), xotin-qizlarning o’rtacha umr ko’rishi esa 75 yoshga uzaygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |