Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti



Download 0,76 Mb.
bet115/160
Sana18.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#383981
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   160
Bog'liq
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti (2)

Nodar Dumbadze. Nodar Dumbadze (1928-1984) — taniqli gruzin yozuvchisi. Tbilisida tug‘ilib, Tbilisida vafot etgan. Otasi raykom sekretari (hozirda hokim) bo‘lgan. 37 yilda “xalq dushmani” sifatida qamalgan. Nodarning bolaligi 30 yillarning ana shunday siyosiy tamg‘asi va urushning qiyinchiligi bilan kechgan. Qarindoshlarining uyida, qishloqda o‘sadi. Ulg‘ayib, iqtisod fakultetiga o‘qishga kiradi. Bitirib, inst.da lobarant bo‘lib ishlaydi. Ammo ma'lum vaqtdan keyin umrini adabiyotga bag‘ishlaydi. “Tong” degan jurnalda adabiy xodim bb ishga kiradi. Taniqli yozvchiga aylangandan keyin Gruzin Yozuvchilar uyushmasi raisi lavozimida umrining oxiriga qadar ishlaydi.

Ham shoir, ham nosir, ham maqolanavis. Bolalarga atab ham asarlar yozgan. Asarlari kino bo‘lgan.


Ilk hikoyalar to‘plami — «Qishloq bolalari» (1958). Dastlabki yirik asarlari — «Men, buvim, Iliko va Illarion» (1960) qissasi va «Quyoshni ko‘ryapman» (1962) romanida 2-jahon urushi yillaridagi gruzin qishloqlarining og‘ir hayoti aks etgan.
«Quyosh kechasi» (1967), «Oq bayroqlar» (1972) romanlarida zamonaviy muhim ijtimoiy-axloqiy masalalar ko‘tarilgan.«Abadiyat qonuni» (1978)da insonning jamiyatdagi o‘rni, yashashning ma'nosi mavjud hayotiy lavhalar, shaxslar orqali aks ettirilgan. Dumbadze asarlari chuqur lirizm bilan sug‘orilgan, ularda dramatizm yumor bilan uyg‘unlashib ketgan.
Asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan («Quyoshni ko‘ryapman», 1969; «Qo‘rqmang onaginam», 1982; «Abadiyat qonuni», 1983 va b.). «Abadiyat qonuni» asari asosida o‘zbek tilida telespektakl yaratilgan (1985).

Atoqli gruzin yozuvchisi Nodar Dumbadze o‘zbek o‘quvchilariga yaxshi tanish. Uning “Nishonga tegmagan o‘qlar” (“Kukaracha”), “Abadiyat qonuni”, “Qo‘rqmang, onaginam”, “Oq bayroqlar”, “Ellada” (“Hellados”) kabi asarlari allaqachon kitobxonlarning ko‘ngil mulkiga aylangan. Dumbadze ijodiga kuchli insonparvarlik, oqibat, mehr-muhabbat tuyg‘ulari singib ketgan.

“Men, enam, Iliko va Illarion” romani unga shuhrat keltirdi. Bu asar avtobiografikdir. yetib qolgan bolaning qishloqda enasi bilan yashagan pallalari qalamga olingan. Qo‘shni, keksa cholu kampirning qismatlari, bolaga mehribonchiligi, har qanday damda ham yordamga tayyorgarligi haqida hikoya qiladi roman.

Oxirgi “Abadiyat qonuni” romanida ezgulik va yovuzlik kurashi aks ettirilgan. Qahramon Bachananing yuragi kasal. Lekin shu holida ham jamiyatdagi har qanday qing‘ir ishlarga, odamlarga qarshi kurashadi. Bachanaga pul taklif qilib, evazmga ishini bitirib berishlarini so‘rab kelgan odamning boshiga yotgan joyida tuvak bilan tushiradi.

“Biz hayot ekanmiz, qalblarimizning mangu yashashai uchun bir birimizga yordam berishimiz kerak” deganda u ezgu ishlar borasidagi yordamni nazarda tutadi.

“Xelados” (Ellada) hikoyasi fojeaviy. Unda yunon bola Xelados kemada o‘z tarixiy yurtiga ketaturib, oxirgi lahzada o‘zi tug‘ilib katta bo‘lgan yurtga talpinib, o‘zini kemadan tashlab suvga g‘arq bo‘ladi. Chunki u bolaligi o‘tgan Suxumini, do‘stlarini tashlab ketolmaydi. Uning tanasiga “Xelados” deb yozilgan bo‘ladi. yunonchadan Vatan degani.

Adibning bir qancha asarlarini taniqli tarjimon Nizom Komil o‘zbekchaga mahorat bilan o‘girgan.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish