Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti


Rasul Hamzatov. Avar shoiri. «Mening Dog‘istonim”



Download 0,76 Mb.
bet113/160
Sana18.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#383981
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   160
Bog'liq
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti (2)

Rasul Hamzatov. Avar shoiri. «Mening Dog‘istonim”. 1967. Hassos shoirning Vatan, til, millat, odam, xalq, urf-odat haqidagi falsafiy mushohadalari, purma'no she'rlari, faqat o‘zigagina xos badiiy o‘xshatishlari, topildiq, tashbehlari, ibratomuz ko‘rgan-kechirganlari, avar, umuman, Kavkaz va jahon xalqlari hayotidan olingan rivoyatlar, hikoyatlar va hikmatlar ruhiga yo‘g‘rilib ketgan. Ular kitobxon qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga sadoqat, urf-odatlarga hurmat tuyg‘ularini uyg‘otadi. Shu bois asarning birinchi kitobi nashr etilishi bilan (1967 yil) kitobxonlar o‘rtasida mashhur bo‘lib ketdi va ko‘plab jahon tillariga tarjima qilindi.

Shoir Asror Mo‘min «Mening Dog‘istonim» asarini ona tilimizga to‘liq tarjima qildi. Kitobda quyidagicha hikmatlar bisyor:

Odam tilga kirishi uchun ikki yil kifoya, lekin tilini tiyib turishni o‘rganishi uchun oltmish yil kerak bo‘ladi.

* * *


Har bir odam bolaligidan o‘z xalqining vakili bo‘lish uchun dunyoga kelganini bilishi va shu sharafli vazifani zimmaga olishga o‘zini tayyorlashi kerak.

* * *


Hyech bir yozuvchi faqat o‘z millati quvonch-tashvishlari bilan chegaralanib qola olmaydi. Uning qalbini hamisha umuminsoniy quvonch-tashvishlar ham bezovta qiladi.

* * *


Ayrimlar o‘ylaydiki, katta mavzularga qo‘l ursam bas, darhol buyuk bo‘laman, deb. Ammo buyuklikning zamini oddiylikda. Axir, bir tomchi yomg‘irda butun bir selning kuchi bor.

* * *


O‘tkir fikrni jo‘n ifoda etish, qo‘zichoqni och bo‘riga ro‘para qilishday bir gap.

* * *


Tilni o‘rganmasdan she'r yozishga uringan odam suzishni bilmasdan o‘zini sarkash daryoga tashlagan telbaga o‘xshaydi.

* * *


Birovning otini qancha minma, baribir egardan tushib otni egasiga qaytarasan.

* * *


O‘tmishga to‘pponchadan o‘q uzsang, kelajak seni to‘pga tutadi.

* * *


Burgut tovuqlar orasida bemalol yuraversa, u burgut emas.

* * *


Yaxshi ish qilmagan bo‘lsang ham — yaxshilik qilish niyating bo‘lgani uchun tashakkur!

* * *


Yog‘ochdan qilingan pichoq qancha chiroyli bo‘lmasin, jo‘jani ham so‘ya olmaysan.

* * *


Onam beshigimni tebratib aytgan alla qulog‘im tagida jaranglamagan biron kun, biron daqiqa bo‘lmagan, desam, mubolag‘a emas. Bu alla mening barcha qo‘shiqlarimni allalab ulg‘aytirdi.

* * *


Ba'zan odamlar miyasida fikr bo‘lgani uchun emas, tilining uchi qichib turgani uchun gapirishadi.

* * *


Tog‘lik ona hyech qachon qoidasi buzilgan she'rni jigarbandiga o‘qimaydi.

* * *


Odamlarning tillari har xil bo‘lishi mumkin, lekin yuraklari bir xil tepsa bas.

* * *


Biz Vatanni tanlamaymiz, chunki Vatan bizni allaqachon tanlab bo‘lgan.

* * *


O‘zga mamlakatlar, o‘zga xalqlar haqida yozgan yaxshi, agar sen o‘zligingni topib olgan bo‘lsang.

* * *


Qo‘shiq aytishni o‘z uyingda o‘rganmagan bo‘lsang, uyingdan uzoqda qanday o‘rganasan?

* * *


Kerakli narsani umring bo‘yi izlasang ham omad kulgan lahzadagina topasan.

* * *


Yozuvchi biror mavzuning boshini tutar ekan, faqat yurak amriga quloq solishi lozim.

* * *


Dog‘iston — mening muhabbatim, mening kelajagim, mening tavbam, mening ibodatim! Dog‘iston — hayotimning mazmuni, barcha she'rlarimning bosh mavzusi.

* * * O‘zing bilgan narsalar haqida yoz. Bilmagan narsalaringni boshqa kitoblardan o‘qi.



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish