Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti


Slavyan xalqlari adabiyoti. XX asr belorus adabiyoti



Download 0,76 Mb.
bet116/160
Sana18.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#383981
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   160
Bog'liq
Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich jahon adabiyoti (2)

Slavyan xalqlari adabiyoti. XX asr belorus adabiyoti.

XX asr boshlaridagi tarixiy sharoit ilg‘or belorus adabiyotining maqsad va vazifalarini belgilab berdi. Yozuvchilar o‘z ijodlarida ijtimoiy taraqqiyotning muhim masalalarini, jumladan, agrar va milliy masalalarni aks ettirdilar.

Yosh belorus adabiyotiga M.Gorkiy ijodining ta'siri katta bo‘ldi. Gorkiy belorus shoirlari ijodini zo‘r qiziqish bilan kuzatar, ulardan yordamini ayamasdi. U ukrain yozuvchisi Kotsyubinskiyga yozgan xatida belorus shoirlari Yanka Kupala va Yakub Kolas she'rlariga yuksak baho bergan edi. Ya.Kupala va Ya.Kolas rus klassik adabiyotining estettk prinsiplariga amal qilib, adabiyotni xalqqa, jamiyat rivojiga xizmat ettirish uchun kurashdilar. Ular hozirgi belorus adabiy tili qoidalarini ishlab chiqib, badiiy ijodda milliy til boyliklaridan barakali foydalandilar. Ya.Kupala vatanparvarlik mavzusida mazmundor she'rlar yaratdi. “Igor polki jangnomasi”ni belorus tiliga tarjima qildi.

Urushdan keyingi yillarda “Palimya”, “Belarus” jurnallari hamda “Adabiyot va san'at” gazetasi belorus adabiyotining faol jarchisiga aylandi. Ya.Kolas, A.Kuleshov, P.Brovka, P.Panchenko, M.Tank, M.Linkov, I.Shamyakin, Ya.Bril, K.Krapiva va boshqalarning asarlari ilk marta shu nashrlarda elga tanilgan.

Ukrain adabiyotining shakllanishi

Ukrainlar sharqiy slavyan xalqlari (rus, belorus) guruhiga kiradi. Ukrain adabiyoti qadimgi rus adabiyoti zaminida shakllandi va rivojlandi. Ukrain shoirlari T.Shevchenko, I.Franko, S.Rudanskiy, P.Mirniy hamda M.Rilskiy va N.Zabilalarning “Igor polki jangnomasi”ga bo‘lgan qiziqishlari juda kuchli edi. Ular bu ajoyib adabiy yodgorlikni ukrain tiliga tarjima qildilar.

Ukrain adabiyotining eng qadimgi namunalari xalq og‘zaki ijodi shaklida yaratilgan. Xalq tomonidan yaratilgan qo‘shiq, ertak, duma (katta hajmdagi epik va liro-epik asarlar), latifa va rivoyatlarda mehnatkash ommaning orzu-umidlari, chet el bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashlari, jumladan, 1648-1654 yillarda keng quloch yoygan xalq ozodlik kurashi, 1812 yilgi Vatan urushi voqyealari o‘z aksini topgan.

Ukrain xalqining 1648-1654 yillarda polyak panlariga qarshi olib borgan ozodlik kurashlari Ukrainaning Rossiyaga qo‘shilishi bilan yakunlandi. Ikki xalqning qo‘shilishi ”Kazak yilnomalari” va memuar asarlarda aks etdi. Rus va ukrain adabiyotlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar shu vaqtdan boshlab yana-da avj oldi. E.Slavinetskiy, S.Polotskiy, F.Prokopovich singari ukrain shoirlari Moskvaga ko‘chib bordilar. Ular o‘z asarlarida jamiyatdagi ijtimoiy qarama-qarshiliklarni aks ettirdilar; yangi adabiy janrlar va shakllarni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shdilar.



Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish