Kuchlilik sifati–kishining mushaklar kuchi bilan tashqi qarshilikni engish yoki unga qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini anglatadi.
Kuchlilik sifatining rivojlantirilishi og‘ir yuk va kuch talab etiladigan amallar vositasida mushaklarning zo‘riqish darajasi oshishiga omil bo‘ladigan jismoniy mashqlar bajarilishini taqozo etadi. Shu maqsadda og‘ir yuk ko‘tarish, uni tashish, gimnastika snaryadlari va trenajyorlarda kuch ishlatish talab etiladigan mashqlar bajarish, o‘z vazni bilan bog‘liq mashqlarni bajarish kabi jismoniy mashqlar qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |