Barcha oqsillarning asosiy qurish elementlari aminokislotalar ekanligi koʻpdan beri maʼlum
boʻlsa ham, toʻla aminokislota tarkibi faqat XX asrning 30-yillaridagina batamom
belgilanadi.Buning sababi, bir tomondan aminokislatalar hali yahshi oʻrganilmagani, oqsil
tarkibiga qaysi aminokislotalar kirganligi aniq maʼlum boʻlmaganligi boʻlsa, ikkinchidan,
ularning ayrim vakillarini sifat va miqdor analizi usullari hali mukkalmal boʻlmaganligi edi. Bu
muammo faqat 40-yillarning boshlarida qogʻoz
xromotografiyasi
usuli qoʻllanilishi bilan hal
qildi. Tabiatda 300 ga yaqin aminokislotalar uchraydi. Ularning yarmidan ortigʻi, umuman
oqsil tarkibiga kirmaydi, qolgan yarmining koʻp qismi ham faqat ayrim
organizmlarda
, baʼzilari
alohida
peptidlar
tarkibida boʻladi.Hamma organizmlarda oqsillar tarkibiga kiradigan
aminokislotalar soni 20 ga teng. Ular
proteinogen
aminokislotalar deb ataladi. Oqsillarning
biologik funksiyasi asosan aminokislotalarning oqsil molekulasidagi oʻrni ,yaʼni ularning
ketma-ketligi bilan aniqlanadi
Olinishi:
1. Aminokislotalar oqsillarni gidrolizi natijasida olinadi.
2. Galagenkislotalarga ammiak taʼsir ettirib olish mumkin.
Aminokislotalar
Fizik xossalari: Aminokislotalar qattiq kristall moddalar boʻlib, suvda yaxshi eriydi. Koʻp
aminokislotalar molekulalarida asimmetrik uglerod atomi boʻlganidan ular optik aktiv
moddalar.
Kimyoviy xossalari: Aminokislotalar — amfoter xususiyatli moddalardir. Ular bifunksional
birikmalar boʻlib, tarkibidagi aminogruppa hisobiga asoslarga xos reaksiyalarga, karboksil
guruh hisobiga kislotalarga xos reaksiyalarga kirishadi.
Kimyoviy tuzulishi boʻyicha aminokislotalar aminkarbon kislotalar boʻlib, ular tarkibida
karboksil — COOH va amino — NH
2
guruhlari mavjud. Amino gruppa hamda proteinogen
aminokislotalarda a-uglerod atomida joylashganligidan, a-aminokislotalar qatorini tashkil
qiladilar.
Peptidlar
va, umuman
oqsil
molekulalarining aminokislota tarkibi yozilganda,
ularning nomi boshlangʻich uch harfdan tuzilgan qisqartmalaridan foydaniladi. Masalan:
Alanin — Ala, Fenilalanin — Fen.
Aminokislotaning oddiy vakili — aminosirka kislotasi NH
2
-SN
2
-SOON. Aminokislotalarning
koʻpincha shakllanib ketgan trivialli nom bilan, masalan,
aminosirka
kislotasini glitsinlei
nomlaydi.
Aminokislotalarning izomerlanishi uglerodning izomerlanishi bilan va amin guruhining
joylashishi boʻyicha aniqlanadi. Nomlash uchun karboksil guruhi bar uglerod atomidan
boshlab raqamlaydi:
Aminokislotalarning klassifikatsiyasi
Nomlari va izomerlari
Peptidlar
va, umuman
oqsil
molekulalarining aminokislota tarkibi yozilganda, ularning nomi
boshlangʻich uch harfdan tuzilgan qisqartmalaridan foydaniladi. Masalan: Quyidagi jadvaldan
koʻrishingiz mumkin.
Glitsin
Gly G Glycine
Gli
Alanin
Ala A Alanine
Ala
Valin
Val V Valine
Val
Izoleytsin
Ile I Isoleucine
Ile
Leytsin
Leu L Leucine
Ley
Prolin
Pro P Proline
Pro
Serin
Ser S Serine
Ser
Treonin
Thr T Threonine
Tre
Tsistein
Cys C Cysteine
Tsis
Metionin
Met M Methionine
Met
Asparagin kislotasi
Asp D asparDic acid Asp
Asparagin
Asn N asparagiNe
Asn
Glutamin kislotasi
Glu E gluEtamic acid Glu
Glutamin
Gln Q Q-tamine
Gln
Lizin
Lys K before L
Liz
Arginin
Arg R aRginine
Arg
Gistidin
His H Histidine
Gis
Fenilalanin
Phe F Fenylalanine Fen
Tirozin
Tyr Y tYrosine
Tir
Triptofan
Trp W tWo rings
Tri
N. S. Entelis Aminoatsil-tRNK-sintetazi: dva klassa fermentov // Sorosovskiy obrazovatelniy
jurnal, 1998, № 9, s. 14-21 (http://www.pereplet.ru/cgi/soros/readdb.cgi?f=ST564)
Aminokisloti v ximii (http://www.chemport.ru/chemical_encyclopedia_article_172.html)
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar
Manbalar
Soʻnggi tahrir 2 oy avval
Rtfroot
tomonidan amalga oshirildi
Kimyoga oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?titl
e=Aminokislotalar&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Aminokislotalar&oldid=2515
015
" dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |