Tendensiyalarni aniqlash
Tahliliy ma’ruzaning asosiy maqsadi o‘rganilayotgan voqea,
muammo va vaziyatning joriy tendensiyalarini aniqlashdir, zotan,
ularsiz siyosiy voqealarni bashorat qilish mumkin emas. Siyosiy
hodisalar bashorat qilishning obyektiv asosi shundaki, ularning ke-
lajagi hozirgi zamondan iborat, ammo faqat imkoniyatlarda. Imkoni-
yat voqelikning o‘zida, uning keyingi taraqqiyotidagi yashirin ten-
densiya sifatida obyektiv shaklda mavjud bo‘ladi. Shuning uchun
kelajakni bashorat qilishning siyosiy tizimning hozirgi holatidagi
tendensiyalar, imkoniyatlarni anglashdan boshqa yo‘li yo‘q. Imkoni-
yatni anglab, biz yashirin, ammo ko‘zlangan tendensiyani bel-
gilashimiz mumkin. Ko‘zlangan tendensiya paydo bo‘lgan, ammo
keng tarqalmagan tendensiyadir, ammo biz uni istiqbolli hisoblay-
miz.
Masalan, Yevropaning yirik biznesi Markaziy Osiyoda kor-
xonalar barpo etilishiga qo‘rqib qarashadi. Ammo ular bajonidil
180
Markaziy Osiyodagi neft va gaz qazib oluvchi respublikalar, shu
jumladan, Qozog‘iston va Turkmaniston bilan aloqaga kirishadi.
Nima uchun? Chunki bu mamlakatlar iqtisodiyotida ularni qiziqtiru-
vchi zaxiralar (neft va gaz) salohiyati bor, bu esa, YEI va AQShning
investitsion qobiliyatlarini hisobga oladi, MO mamlakatlari va
Yevropa hamjamiyati o‘rtasidagi o‘zaro foydali hamkorlik istiqbolini
ochib beradi. Bu tendensiyadir. U nima haqida gapirmoqda? Yevropa
va AQShning MOdagi energetika biznesi taraqqiyoti ehtimolligi
to‘g‘risida, agar mintaqa davlatlari zarur shart-sharoitlarda mu-
tanosib ehtiyojlarni his qilsa. Shunday qilib,
tendensiya ehtiyojlar
amalga oshirilishini ifodalaydi.
Davlat
ehtiyojlari,
yuqorida
aytilganidek,
uning
milliy
manfaatlari orqali ifodalanadi. Shining uchun agar O‘zbekistondagi
vaziyatni
o‘rgansak,
O‘zbekiston
milliy
manfaatlaridan,
O‘zbekistonning
tub
ziddiyatlaridan
ehtiyojlar
jadvalini
shakllantiramiz. Ehtiyojlar manfaatlarining barqaror realizatsiyasini
ta’minlovchi tendensiya turg‘un hisoblanadi. Agar tendensiya tahdid
va xavflarga bardosh bersa, qonuniyatga aylanadi. Masalan,
O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish tendensiyasi ketmoqda.
Ammo hozirgi vaqtda O‘zbekistonning ijtimoiy hayoti zaif. Ten-
densiyalar mavjud, ammo qonuniyat yo‘q, mavjud muxolifat nokon-
struktiv, shuning uchun bu tendensiyaning barqarorligi haqida
gapirishga hali erta.
Tendensiya
hamkor davlatlar milliy manfaatlarining amalga oshishi
darajasiga qarab
ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mimkin
. To‘g‘ri keluvhi
manfaatlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ikki yoki undan ortiq davlatlarning
hamkorligi shunchalik ijobiy xarakterga ega bo‘ladi (masalan,
O‘zbekiston va Turkmanistonning joriy hamkorligi). Va aksincha,
manfaatlar to‘g‘ri kelmasa yoki manfaatlar mosligi yetarli darajada
bo‘lmasa, biz davlatlararo munosabatlardagi salbiy tendensiya haqida
gapiramiz (masalan, AQSh - Eronning zamonaviy munosabatlari).
Tendensiyani aniqlash uchun tahlil subyektlari va uning aniq
ko‘rinishlarini aniqlash kerak (kimlar o‘rtasida, qaysi sohada, qanday
vaziyatda). Masalan, suv zaxiralari bo‘yicha (O‘zbekiston – Tojikiston,
Tojikiston - Qirg‘iziston). Ziddiyat (qarama-qarshilik) tendensiyasi
o‘chuvchi va o‘suvchi bolishi mumkin. Muammoni o‘rganishning
dastlabki tahlilida ziddiyat sababini aniqlash lozim. Bunda vositalarni
aniqlash, sabablar dinamikasi va reytingi ahamiyatga ega. Ziddiyatlar
181
intensivligi darajasi bo‘yicha ancha xavfli ziddiyat (davlat milliy xa-
vfsizligiga tahdid soluvchi) antogonistik ziddiyat hisoblanadi.
Haqiqiy hayot siyosatda tendensiyalar to‘qnashuvi ro‘y bermoqda.
Mintaqaviy xavfsizlik sohasidagi tendensiyalar iqtisodiy so-
hadagi tendensiyalarni neytralizatsiya qiladi. Bir qancha tendensiya-
lar bir soha doirasida birga mavjud bo‘lishi mumkin. Ob’yektivlik
uchun barcha tendensiyalarni ko‘rsatish kerak, ammo bunda ten-
densiyalarni qaysi sohaga tegishliligini aniq ko‘rsatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |