56
6 - Ma’ruza: XMni tadqiq qilishda tizimli yondashuv
Reja:
1.
Tizimli yondashuv mohiyati
2.
XMni tahlil qilishda tizimli yondashuvning asosiy yo‘nalish-
lari va xususiyatlari
3.
Xalqaro tizimlarning tuzilishi va tiplari
4.
Xalqaro tizimlar transformatsiyasi va funksionallashishi
qonunlari
5.
Davlatlararo munosabatlar tahlilining asosiy darajalari
Tayanch so‘z va iboralar:
Tahlil, tizim nazariyasi, tizimli tahlil, mintaqaviy kichik tizim,
kuchlar munosabati konfiguratsiyasi, gomogenlik, geterogenlik,
aktorlar ierarxiyasi.
Tizimli yondashuv mazmuni
Tadqiqot dasturi va maqsadini aniqlab olgach, XMga tizimli
yondashuv xususiyatlarini bilish va tahlilni o‘tkazish darajasini
aniqlash zarur.
Tahlil
(
yunon.
analysis, ajratish, bo’lish) - ilmiy
tadqiqot metodi bo‘lib, yaxlitlik (predmet, voqea, jarayon)ni tarkibiy
elementlarga ajratish; biror narsani tekshirish, ko‘rib chiqish, pred-
met (predmetlar) tarkibini va xossalarini aniqlash, predmetlar (bel-
gilar, xossalar) o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlashga asoslanadi.
Siyosatni o‘rganish har doim hokimiyatning turli subyektlari
o‘rtasidagi sabab-natija aloqalarini aniqlashni talab qiladi. Shuningdek,
o‘zaro ta’sirni tashkil etish shakllari va usullarini, siyosiy munosabatlar,
demak, XMni rivojlanishiga muvofiq tartibni aniqlashni talab qiladi.
Shunday qilib, qismlardan tuzilgan yagona va yaxlit xalqaro muhitni
o‘rganadigan tizimli yondashuv paydo bo‘lgan. Tizimli yondashuv un-
ing aniq ko‘rinishlaridan - tizimli nazariya va tizimli tahlildan farq qi-
ladi.
Tizimli nazariya
quyidagi vazifalarni bajaradi: tizim va uning tar-
kibini yaratadi, tushuntiradi, ta’riflaydi; tizim va muhitning o‘zaro
ta’siri, tizim ichidagi jarayonlarni o‘rganadi; bu jarayonlar ta’siri ostida
tizimda ro‘y beradigan o‘zgarish va yoki buzilishni o‘rganadi.
Tizimli
tahlil
yanada aniqroq vazifalarni hal qiladi: u amaliy metodlar, usullar,
yo‘llar, jarayonlar majmuidan iborat bo‘lib, obyekt (bu holatda XM)ni
o‘rganishga aniq tartibni joriy etadi. Tizimli yondashuvni muvaffaqiyatli
57
qo‘llash uchun siyosiy fanlarda umum tomonidan qabul qilingan tizimli
nazariyalarni bilish va kompleks tizimli tahlilni qo‘llashni bilish lozim.
Tizimli yondashuv elementlari mashhur yunon olimi Aristotel asarlarida
uchraydi. Ma’lumki, u muayyan mamlakatlardagi boshqarish shakli
tahlili bilan shug‘ullangan va bunda “davlat qurilishi” tushunchasini
ishlatgan. XIX asrda A.de. Tokvil ilmiy tilga davlat va siyosiy “tartib”
tushunchasini kiritdi, bu tushuncha turli ijtimoiy subyektlarning o‘zaro
siyosiy munosabatlarining tartiblilik darajasini xarakterlaydi. Bu davrda
bir qator olimlar jamiyat siyosiy hayotining tartibliligi va yaxlitligini
elita serkuliyatsiyasi mexanizmlari orqali (V.Pareto) ta’riflashga urinadi.
Bunda davlat byurokratiyasining birlashtiruvchi roli (Maks Veber),
Do'stlaringiz bilan baham: