Gipotezaning ifodalanishi
Gipotezalar yoki umidlarimizga mos keluvchi kuzatuvlar
to‘plangani sari nazariyaning foydali ekanligiga ishonch hosil qila-
miz, deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Aksincha, nazariyadan kelib
chiquvchi gipotezalarga mos kelmaydigan kuzatuv natijalari
to‘plangani sari, bizning ishonchimiz kamaya boradi. Chunku “naz-
ariyani tekshirish” deb atalgan hodisa aslida gipotezani tekshirishga
olib boradi.
28
Gipoteza
- o‘zgaruvchanlar o‘rtasidagi (bir qancha) tobeliklar
(bog‘liqliklar) mavjudligini bashorat qiluvchi tasdiq. Bu, mohiyatan,
fikrimizcha, haqiqatda mavjud voqelik tasdig‘idir. Real dunyoda yuz
berayotgan hodisalarni to‘g‘ri tashkil etilgan kuzatish natijasida biz
nimalarni ko‘rishni kutmoqdamiz, gipoteza shu to‘g‘risida xabar be-
radi. Gipoteza bizning tushunchalarimizda ifodalangan hodisalar
o‘rtasidagi kutilayotgan aloqalarni tavsiflovchi deklarativ farazlarni
namoyon qiladi. Odatda ular quyudagicha ifodalanadi:
Qanchalik baland (past, ahamiyatli, ko‘p, sekin va b.) bo‘lsa,
shunchalik baland (past, ahamiyatli, ko‘p, sekin va b.) bo‘ladi
.
Chiziqlar bir vaqtda o‘zgarishi kutilayotgan hodisa nomlari bilan
to‘ldiriladi. Masalan, quyidagi gipotezani taklif qilish mumkin:
Viloyatda kambag‘al aholi foizi qanchalik yuqori bo‘lsa, ularn-
ing vakillari ijtimoiy ta’minot to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llab -
quvvatlashlashiga shunchalik tez ovoz berishadi.
Bu bashorat qilu-
vchi kovariatsion gipoteza. U ovoz berish natijalari haqida xabar
bermaydi, ammo bizga haqiqat va nazariya o‘rtasidagi muvofiqlikka
oid ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga intilgan holda kuzatishimiz
mumkin bo‘lgan narsani ko‘rsatadi. Empirik kuzatishlar yordamida
qo‘lga kiritilgan bu ma’lumotlar, umumiy ko‘rinishdagi nazariyadan
kuzatuvni tashkillashtirsa bo‘ladigan, yanada aniqroq darajaga
o‘tishni talab qiladi. Shunday qilib, biz o‘zgaruvchan atamalarni
muhokama qilishga o‘tishimiz darkor.
O‘zgaruvchan
muayyan hodisaning empirik kuzatiluvchi xossasi
sifatida belgilanishi mumkin. Bunda u birdan ko‘p ma’noga ega ata-
ma sifatida qabul qilinishi mumkin. Masalan, jins va millat kabi
o‘zgaruvchanlar chegaranlangan ma’nolarga ega bo‘lib, ularga
“erkaklarniki” yoki “inglizcha” deb sifat jihatidan xarakteristika beri-
ladi. Yosh va yillik daromad kabi o‘zgaruvchanlar yanada keng
doiradagi mazmunga ega bo‘lishi mumkin, ularni hisoblash yo‘li or-
qali o‘lchash mumkin.
O‘zgaruvchanlar abstrakt tushuncha mazmuniga ega tasdiqlarni
yanada aniqroq empirik ta’rif shaklidagi tasdiqqa o‘tishiga imkon be-
radi. Tasdiqning empirik to‘g‘riligi ijobiy baholanishi mumkin.
O‘zgaruvchan tadqiqot jarayonida ikki sababga ko‘ra markaziy o‘rinni
egallaydi. Birinchidan, yanada aniq empirik ta’rifni havola qilib, naz-
ariyani tekshirish uchun nimani kuzatish kerakligini aniqlashga
yordam beradi. Ikkinchidan, gipoteza doirasida o‘zgaruvchanning o‘r-
29
nini bilib, kuzatishlarni tashkillashtirishimiz mumkin. Boshqa o‘zga-
ruvchanliklar mazmuni o‘zgarishiga javob sifatida o‘z mazmunini
o‘zgartiradigan o‘zgaruvchanlar
tobe o‘zgaruvchanlar
deyiladi. Ularn-
ing mazmuni boshqa o‘zgaruvchanlar mazmuniga bog‘liqdir. O‘zining
shaxsiy mazmunini o‘zgartirib boshqa o‘zgaruvchanlar mazmuniga
ta’sir ko‘rsatuvchi o‘zgaruvchanni
mustaqil o‘zgaruvchan
deyishadi. Bir
o‘zgaruvchanning mustaqil yoki tobe bo‘lishi mazkur o‘zgaruv-
chanlikka oid gipoteza bilan tasdiqlanuvchi munosabat orqali belgila-
nadi. O‘zgaruvchan bir tadqiqotda tobe, ikkinchisida mustaqil bo‘lishi
mumkin. Ijtimoiy tahlil uchun muhim bo‘lgan o‘zgaruvchanning bir tipi
oraliq o‘zgaruvchandir.
Oraliq o‘zgaruvchan
tobe va mustaqil o‘zga-
ruvchanlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni amalga oshiradi. Ular bosh-
qa o‘zgaruvchanlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani boshqaradi.
Agar biz shunga mos keluvchi nazariyani yaratsak, masalan, lob-
bistik faoliyat guruhi tashkil etilishi va mablag‘lar o‘sishi o‘rtasidagi
oraliq holatni egallasa, quyidagi bashoratni qilishimiz mumkin:
Agar lobbistik faoliyat faol xarakterga ega bo‘lsa, bunda
manfaatdor guruhlarni tashkil etish hukumat mablag‘lari o‘sishi bi-
lan ijobiy ravishda bog‘liq bo‘ladi. Qachonki lobbistik faoliyat juda
cheklangan bo‘lganida manfaatdor guruhlarni uyushtirish hukumat
mablag‘lari o‘sishi bilan qisman aloqaga ega bo‘ladi.
O‘zgaruvchanning so‘nggi tipi bu antesedent o‘zgaruvchanlikdir.
Antesedent o‘zgaruvchan
– ushbu gipoteza doirasida mustaqil o‘zga-
ruvchanlik sifatida ko‘rib chiqilayotgan boshqa o‘zgaruvchanda
o‘zgarishini yuzaga olib keluvchi o‘zgaruvchandir. Oraliq o‘zga-
ruvchan tobe va mustaqil o‘zgaruvchan o‘rtasida o‘rin egallagan vaq-
tda, antesedent o‘zgaruvchan mustaqil o‘zgaruvchangacha harakatga
kirishadi. Masalan, ota-onalarning partiyaviy tegishliligi ovoz berish
ehtimolligi bilan bog‘liq kauzal zanjirdagi antesedent o‘zgaruvchan
hisoblanadi.
Shunday qilib,
gipotezalar – ma’lum darajadagi o‘zgaruvchanlar
o‘rtasidagi munosabatlar tasdig‘idir
. Ular bizning barcha nazariy
tuzilmalarimizning empirik foydaligi to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish
uchun asos yaratadi. Biz gipotezani induktiv yoki deduktiv mulo-
hazalar yo‘li bilan yaratamiz, bu, biz joylashgan tadqiqot jarayoni bos-
qichiga bog‘liq. Agar nazariyani yaratishda biz tajriba va xatolar
metodlaridan foydalansak, gipotezalar induktiv umumlashtirish ja-
rayoni yordamida ilgari suriladi. Induktiv usul bilan qo‘lga kiritilgan
30
gipotezalar qidiruv tadqiqotida muhim rol o‘ynashi mumkin, zotan
qidiruv tadqiqoti nazariya yaratishda foydali bo‘lsa-da, ammo ular
voqelikni izohlashda foydasiz hisoblanadi. O‘zgaruvchanlarni manti-
qiy aloqa tizimiga birlashtiruvchi nazariyani yaratishimiz bilanoq,
deduktiv mulohaza yordamida undan gipotezani ajratib olishimiz
mumkin.
Gipotezalar nazariyadan mantiqan kelib chiquvchi dunyo
haqidagi bashoratlar bo‘lgani sababli, gipotezalarni tasdiqlovchi fak-
tlarni aniqlash hodisalarni izohlashga yordam beradi. Chunki bunday
faktlarning aniqlanishi gipotezalar kelib chiquvchi nazariy tizimlar
validligini aks ettiradi.
Lekin faqatgina deduksiyani ishlatib, o‘zgaruvchanliklar o‘rtasi-
dagi munosabatlar to‘g‘risida hech qanday yangi ma’lumotni bila
olmaymiz. Biz deduksiyadan faqatgina bu munosabatlar to‘g‘risidagi
barcha imkoniy axborotlarni chiqarib olish uchun foydalanamiz.
Deduksiya bizning farazlarimizdan kelib chiquvchi xulosalarni
aniqlash uchun ishlatiladi va aynan shu aniqlash gipotezani yaratadi.
Fakat gipoteza nazariya bilan deduktiv mantiq qoidalari asosida
bog‘langan bo‘lsagina
gipoteza to‘g‘riligini tasdiqlovchi ma’lumotlar
nazariya to‘g‘riligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bo‘lib hisoblanadi. Fa-
qatgina shu vaziyatda biz qo‘rqmasdan gipoteza validligiga tegishli
ma’lumotlardan boshlang‘ich nazariyaga oid har qanday mulohazaga
o‘tishimiz mumkin. Gipotezaning bunday mantiqiy xulosasi jarayon-
ida voqelikni fakt orqali tekshirish va nazariya natijalari nuqtai nazari-
dan nazariyani baholash natijasida rivojlanadi, to‘ldiriladi, mukammal-
lashadi. Bu jarayonda gipotezaning alohida bir ko‘rinishi muqobil
raqobatlanuvchi gipoteza muhim rol o‘ynaydi. Raqobatlashuvchi gi-
poteza - tadqiqot natijalarining muqobil izohidir, agar boshlang‘ich
gipoteza to‘g‘ri bo‘lsa, mazkur izoh mantiqiy nuqtai nazardan to‘g‘ri
bo‘la olmaydi. Har qanday voqeada ko‘plab ehtimoliy izohlashlar
bo‘ladi. Agar bu izohlarni gipoteza ko‘rinishida ifodalasak, bir-biriga
muvofiq kelmaydigan gipotezalar muqobil raqobatlashuvchi gipoteza
deb aytiladi. Ular uzohlanayotgan voqeani anglash yoki ko‘rib chiqish-
ning turli usullarini taqdim etgani uchun muqobildir. Bir vaqtning o‘zida
valid bo‘la olmaganligi uchun ular raqobatlashuvchidir. Agar gi-
potezalarning biri to‘g‘ri bo‘lsa, boshqasi noto‘g‘ri bo‘lishi shart. Biz
har qanday voqea bilan bog‘liq barcha imkoniy muqobil gipotezalarni
tekshira va taqqoslay olmaymiz, ammo agar biz hech bo‘lmaganda bitta
31
gipotezaga ishonishni istasak, bu kuzatuvlarimiz noto‘g‘ri yo‘nalishga
yo‘naltirmasligiga ishonch hosil qilishimiz uchun asosiy raqobatlashu-
vchi gipotezalarni tekshirishga intilishimiz shart.
Nazariya ikki shartni bajarishda foydali intelektual instrument si-
fatida tan olinadi. Bashorat qilingan nazariyaga mos keluvchi
ma’lumotlar topilganda va raqobatlashuvchi gipoteza istisno qilin-
ganda. Lekin shuni esda tutish lozimki, hech qaysi alohida olingan
tadqiqot u yoki bu nazariya yoki nazariya qismini inkor etish yoki
qabul qilish uchun yetarli ma’lumotlarni bermaydi. Bunda ayni
tadqiqotga aloqasi bo’lmagan hodisalarga taalluqli nazariyalar
e’tiborda tutilyapti. Nazariya validligini rad qiluvchi ma’lumotlar
kelasi tadqiqotlar davomida doim paydo bo‘lishi ehtimoli saqlanib
qolmoqda. Biz hamisha qarama-qarshi faktlarga duch kelishga va
yanada foydali nazariyaga yangi ma’lumotlar qo‘shish uchun in-
duksiyaga bajonidil murojat qilishga tayyor bo‘lishimiz darkor. Naz-
ariyani yaratish - bu farazlar va ma’lumotlar, mulohazalar va
tadqiqotlar o‘rtasidagi doimiy o‘zaro ta’sir jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |