Halqaro munosabatlarning metod ologik aspektlari


Operatsionalizatsiya: nazariy va ta’rif o‘rtasidagi aloqa



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/201
Sana15.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#366975
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   201
Bog'liq
halqaro munosabatlarning metodologik aspektlari

Operatsionalizatsiya: nazariy va ta’rif o‘rtasidagi aloqa 
Tadqiqotning dastlabki muammolaridan biri bu – masalaning ab-
srakt  darajasidan  aniq  kuzatishlarga  o‘tish  usullarini  ishlab  chiqish, 
zotan, bu holat ularga javob berishga imkon yaratadi. 
Abstrakt tushunchalarni anik tushunchalarda ifodalash uchun ku-
zatilayotgan voqealarni to‘plash jarayoni 
operatsionalizatsiya 
sifat-
ida  ma’lum,  kuzatishlarni  olib  borishda  bosqichlarni  aniqlashtirish 
instrumentalizatsiya
  deyiladi.  Boshqacha  aytganda  instrumentali-
zatsiya kuzatishni olib borishda zarur bo‘ladigan jarayonlar  spetsifi-
kasi, tadqiqot vositalari yoki o‘lchov usullarini aniqlashtirishdir. Un-
ing  natijasi 
o‘lchov
  hisoblanadi:  instrumentariyni  voqelik  ustidan 
olib  borilgan  kuzatish  natijalarini  sanash  yoki  boshqa  miqdoriy  xa-
rakteristikasini  aniklash  uchun  tatbiq  etishdir.  O‘lchovdan  oxir 
oqibatda,  qaror  qabul  qilish  va  savollarga javob  berish  fakti  sifatida 
foydalanamiz.  Tadqiqotda  kuzatuv  to‘g‘risida  gapirganimizda, 
o‘rganilayotgan obyektlarga tahlil etilayotgan hodisalarning xossalari 
yoki  ba’zi  xarakteristikalarini  oid  deb  hisoblash  maqsadida  o‘lchov 
instrumentidan  foydalanish  jarayonini  nazarda  tutamiz.  Boshqacha 
aytganda,  kuzatish  xulq  yoki  xossani  o‘lchash  uchun  instrumentdan 
foydalanish ma’nosini bildiradi. 
Biz  hech  qachon  tushunchalarni  amalda  taqqoslay  olmaymiz, 
hattoki  nazariyalarimizni,  muammolarni,  tushunchalarni  bildiruvchi 
atamalarda ifodalangan bo‘lsa-da, biz tushunchalar ko‘rsatkichalarini 
taqqoslaymiz. 
Ko‘rsatkich
  -  ba’zi  o‘zgaruvchan  uchun  spetsifik 


 
 
33 
o‘lchov. 
Kaisi darajada tanlangan ko‘rsatkichlar o‘lchov uchun bel-
gilangan  tushunchani  aks  ettirishsa,  shy  darajasida bizning  taqqos-
larimiz aniq bo‘lishi mumkin. 
Operatsionalizatsiya  deyarli  muqarrar  ravishda  fikrning  qisman 
yo‘qolishiga  yoki  soddalashishiga  olib  keladi.  Ko‘rsatkichlar  bizning 
nazarimizdagi tushhunchaga  kamdam-kam holda  mos  keladi. Bu  kam-
chiliklarni  iloji  boricha  kamaytirish  zarur.  Shunday  ko‘rsatkichalarni 
topish kerakki, ular tushunchalar mazmunining katta qismi yoki alohida 
jihatlarini imkon  qadar aniq ifodalashi  kerak.  Ijtimoiy fanlarda  ko‘pin-
cha tanlangan o‘zgaruvchan tushunchaning barcha ma’nolarini ifodalay 
olmaydi va undan foydalanish dunyoda mavjud aloqalar to‘g‘risida no-
to‘g‘ri  tasavvur  beradi.  Ijtimoiy  fanlardagi  eng  muhim  tushunchalar 
birdan ko‘p aspekt yoki komponentga egaligi sababli ko‘p o‘lchovlidir. 
Biz 
tomonimizdan 
kiritilgan 
mezonlar 
ko‘rsatkichning 
ko‘p 
o‘lchovliligini  aks  ettirishi  kerak  (ko‘p  shakllilik,  noo‘xshashlik),  agar 
biz ularning konsepsiya indikatori sifatida qo‘llanilishini istasak (masa-
lan,  demokratiyani  belgilovchi  mezon  -  domiy  saylovlarni  o‘tkazish). 
Tushunchaning  operatsionalizatsiyasi  qanday  ta’minlanadi?  Bu  ba-
jarilishi zarur bo‘lgan jarayonlar to‘plamini aniqlash yo‘li bilan amalga 
oshiriladi, yoki har bir alohida vaziyatda tushunchaning paydo bo‘lishi 
empirik ko‘rsatkichga ega bo‘lishi uchun kerakli ishlarni belgilash orqali 
bajariladi.  Bu  jarayonlar  tushuncha  va  unga  muvofiq  keluvchi 
o‘zgaruvchanlikni operatsion ta’riflashga yordam beradi. Operatsionali-
zatsiya jarayoni ma’lum darajada tushuncha uchun operatsion ta’rif tan-
lovi  vazifasiga  olib  keladi.  Operatsion  ta’rifni  yaratish  natijasida 
o‘lchovni bajarish uchun instrument vosita ishlab chiqiladi. Ijtimoiy fan-
lar  uchun  tipik  instrumentlar  qatoriga  quyudagilar  kiradi:  tadqiqotni 
o‘tkazish  shakli  masalalari,  huddi  BMT  majlislaridagi  debatlar  kabi 
muayyan  voqealar  kuzatuvini  izohlash  va  ularni  o‘tkazish  bo‘yicha 
yo‘riqlar,  ma’lumotnomalardan  olinadigan  ko‘plab  xarakteristikalar, 
o‘lchovni shakllantirish uchun ularni birlashtirish qoidalari. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish