Хalqarо munosabatlar va diplоmatiya tariхi fanindan ma’ruza matnlari



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/85
Sana17.07.2022
Hajmi1,06 Mb.
#817604
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul

Vestgotlar imperiyada.
Vestgotlarning Dunaydan o’tishi yuzaki qaraganda 
aytarli bir narsa emasdek edi. Rimliklarning butun-butun qabilalarni federat qilib 
qabul qilish hollari ilgari ham bo’lgan edi. Lekin haqiqatda esa vesttotlarning 
Bolqon yarim orolida paydo bo’lishi katta oqibatlarga olib keldi. Varvarlarga 
nisbatan jabr-zulm va o’zboshimchalik qilgan imperiya amaldorlari bilan chiqisha 
olmay, vestgotlar tez orada Rim hukumatiga qarshi qo’zg’olon ko’tarib, 
«federatlikdan» endi imperiya hukumatining xavfli dushmanlariga aylandilar. 
Bularga mahalliy konlarda-ishlayotgan yerli qullar ham (ularning ham ko’pchiligi 
aslida varvarlardan edi) qo’shildilar. Vestgotlar Bolqon yarim orolining janubiga 
qarab yo’l oldilar. 378 yili ular Adrionopolga yaqin joyda Rim qo’shinlarini tor-
mor qildilar; bu qo’shinlarga qo’mondonlik qilgan imperator Valent o’ldirildi. 
Vestgotlar Konstantinopolga yaqinlashib kelmoqda edilar. YAngi imperator 
Feodosiy I (379-395) bir do’q-po’pisa qilib, bir bo’lsa diplomatik muzokaralar 
yurgizib vestgotlarni tinchlantirishga muvaffaq bo’ldi, ularga Bolqon yarim 
orolining turli joylaridan yangi, serhosil yerlarni ajratib berdi. Keyinchalik, 90- 
yillarda sobiq YUgoslaviya territoriyasidagi Illiriya viloyati vestgotlarga berildi. 
Feodosiy o’lgandan keyin Rim imperiyasi uning o’g’illari o’rtasida 
taqsimlandi. SHarqda-Arkadiy (395-408), o’arbda-Gonoriy (395-423) idora qila 
boshladi. Aka-uka imperatorlarning ikkalasi ham bir-biriga dushman edi. 
Konstantinopol 
hukumati vestgotlarni o’arbiy Rim imperiyasiga qarshi 
qo’zg’atishga qasddan harakat qildi. 
Gonoriyning lashkarboshisi Stilixon (aslida varvar edi) dastlabki vaqtda 
vestgotlarning Italiyaga qilgan hujumini to’xtatib turdi. U hatto Britaniyadagi rim 
legionlarini (407 yilda) chaqirib keltirdi, legionlarning bu vaqtida Italiyaning 
o’zida bo’lishi nihoyat darajada zarur edi. Biroq saroy ahli o’rtasidagi fitna 
natijasida Stilixon tez orada vazifasidan tushirildi va o’ldirildi. Vestgotlar qiroli 
Alarix endi qattiq qarshilikka uchramay, 409 yilda Italiya territoriyasiga kirib 
bordi. Keyingi yilda Alarix Rimni juda katta talonga soldi. SHu narsa xarakterliki, 


Alarix Rimni qullar yordami bilan oldi. Rimda va uning atrofida yashagan 40 
mingga yaqin qul Alarix tomoniga o’tdi. Bulardan tashqari, Alarixni ko’pchiligi 
varvar-germanlardan iborat g’arbiy imperator armiyasining ko’pchilik qismi 
qo’llab-quvvatladi. Vestgotlar Rimni 410 yilning 24 avgustida bosib oldilar. 
Rimliklarning poytaxti bir necha kungacha talon-taroj qilindi. Rimdagi quldor 
zodagonlarning ko’plari o’ldirildi, asir olindi va qul qilib sotildi, rimliklarning bir 
qismi qo’rquvga tushib, SHimoliy Afrikaga va Bolhon yarim oroliga qarab 
qochdilar. Alarix so’ngra Sitsiliyaga, u yerdan esa SHimoliy Afrikaga yurish 
qilmoqchi edi. Buning sababi Italiyada oziq-ovqat yo’qligi edi, Italiyada qishloq 
xo’jaligi butunlay tushkunlikka uchragan edi, mahalliy aholining o’z gallasi o’ziga 
yetmas edi. Lekin vestgotlarning Afrikaga yurish qilish mo’ljali amalga oshmadi. 
Bu yurish uchun flot tayyorlanayotgan o’sha 410 yili Alarix o’ldi.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish