Хalqarо munosabatlar va diplоmatiya tariхi fanindan ma’ruza matnlari


Pompeyning sharq yurishlari. Birinchi triumvirat



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/85
Sana17.07.2022
Hajmi1,06 Mb.
#817604
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   85
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul

Pompeyning sharq yurishlari. Birinchi triumvirat
Spartak boshchiligidagi 
qullar qo’zg’oloni bilan bir vaqtda Mitridat bilan (er. avv. 74-64-yillar) yangi urush 
boshlandi. Mitridat haqiqiy sharq despoti bo’lib, o’z onasi, ukasi, o’zi bilan 
nikohda bo’lgan singillarini, 3 o’g’li va 3 qizini o’limiga aybdor edi. U 300 ming 
kishilik qo’shinga, 400 kemadan iborat kuchli flotga ega edi. Dastlab Rim 
qo’shinlariga tajribali sarkarda Likulli boshchilik qilib bir qancha yutuqlarga 
erishdi, lekin Mitridatni yenga olmadi. Bundan tashqari u qattiqqo’lligi bilan 
legionerlarning noroziligini tug’dirdi. Shunda senatning irodasiga qarshi xalq 
yig’ini sharqda qo’mondonlikni Gney Pompeyga topshirdi.
Gney Pompey Sulla davrida tanilib, fuqarolar urushi davrida Sullani qo’llagan 
edi. Keyin esa uni Spartakka qarshi Krass qo’shiniga yordamga yubordilar. Er. 
avv. 70-yilda Pompey va Krass konsul etib saylandilar, Krass ovatsiya (piyoda 
triumf)da, Pompey triumfga sazovor bo’ldi, Pompey qo’shinlari rag’batlantirildi. 
Pompey o’rtayerdengizi qirg’oqlarini talagan dengiz qaroqchilarini tugatib, Rimda 
katta obro’ga ega bo’ldi. G’ayratli sarkarda Pont podshosini tor-mor qilib, 
Armanistonni vassal davlatga aylantirdi. Pompey Bosfor podsholigida Mitridatga 
qarshi qo’zg’olon uyushtirib uni o’zini o’ldirishiga majbur qildi hamda Suriya va 
Yahudiyani istilo qildi. Kichik Osiyoda Rim hokimiyatini qayta tikladi. Urushdan 
keyin Rimda uning sharafiga zafar (triunf)uyushtirildi va Pompey sharqda 22 
podsho ustidan g’alaba qildi, 12 mln. kishini bo’ysundirdi, 1538 shahar va 
qal’alarni istilo qildi deb e’lon qilindi. Pompeyning sharq yurishi ellin sharqi 
mamlakatlarini Misrdan tashqari Rimga bo’ysundirishni tugalladi. Pompey Rimga 
qaytgan paytda qarzlarni bekor qilish va davlat to’ntarishi amalga oshirish maqsadi 
bo’lgan qarzga botgan patritsiy Lutsiy Sergiy Katilina boshchili qilgan harakatning 
fitnasi bostirildi. Etruriyada Katilina va uning uch ming kishilik tarafdorlari 
shafqatsiz jangda o’ldirildi. Katilina fitnasidan tez o’tmay Rimda siyosiy 
hokimiyat I triumviratni (er. avv. 60-yil ―Uch erkak ittifoqi‖) tashkil etgan uch 
taniqli siyosiy arbob Pompey, Krass va Sezar qo’liga o’tdi.Gay Yuliy Sezar (er. 
avv. 100-yilda tug’ilgan) bu vaqtda Krass va Pompey kabi obro’ga ega emas edi. 
Lekin u shuhratparast, shijoatli bo’lgani uchun tez orada I triumviratning amaldagi 
rahbari bo’ldi, bundan tashqari u er. avv. 59-yilda kelishuviga binoan konsul qilib 
saylandi. Tsezar agrar qonun loyihasini amalga oshirdi, natijada Pompeyning sobiq 
jangchi-veteranlari yer ulushlariga ega bo’ldilar.
Tsezar hokimiyat uchun kurashda shahar va qishloq plebsi, uning mustahkam 
tayanchi bo’lib xizmat qila olmasligini tushunar edi. Buning uchun yaxshi 
qurollangan sadoqatli qo’shin kerak edi. Bu qo’shinni tashkil qilish uchun katta 
miqdorda mablag’ topish maqsadida Tsezar Galliya provinsiyasiga 5 yil noiblik 
lavozimini olishga erishdi. Lekin Galliya hali Rimga tobe emas edi. Senat 
Galliyani bo’ysundirish uchun Tsezarga qo’shin to’plashga ruxsat berdi. Galliyani 
istilo qilish yeti yil davom etdi. Boshda Tsezar gelvet (hozirgi Shvetsariya 


hududida yashovchi) qabilasiga qarshi, keyin esa german qabilalaridan bo’lgan 
Ariovis boshchiligidagi svevlarga qarshi ularni harakatlarini olib bordi. Nihoyat 
belg qabilalri bilan keskin kurashdan keyin Galliya bo’ysundirildi va er. avv. 57-
yilda Rim provinsiyasi deb e’lon qilindi. Er. avv. 56-yil bahor oyida Tsezarning 
Galliyadagi vakolati yana 5 yilga uzaytirildi. Tsezar er. avv. 55-yilda german 
qabilalariga qarshi Reyn ortiga, er. avv. 54-yilda esa Britaniyaga yurish qildi. 
Lekin er. avv. 54-yilda buyuk gall qo’zg’oloni yuz berdi. Bu qo’zg’olon 
arvern qabilalari tashabbusi bilan boshlanib, qo’zg’olonga qobiliyatli yo’lboshchi 
Versingetorik boshchilik qildi. Rimliklar juda qiyin ahvolga tushib qoldilar. 
Sezarda 60 ming qo’shin, qo’zg’olonchilarda 300 ming kishi bor edi. Faqat 
Tsezarning harbiy, tashkilotchilik qobiliyati, uning diplomatic san’ati, 
qo’zg’olonchilar ichida o’zaro kelishmovchiliklar kelib chiqishiga olib keldi, 
natijada rimliklar bu qo’zg’olonni bostirdilar. Qo’zg’olonning so’ngi o’choqlari er. 
avv. 51-yilda tugatildi.
Galliya istilosi natijalari ulkan edi. Sezar 300 qabilani bo’ysundirdi, 800 
shaharni qamal qilib oldi, 1 mln. kishini asir oldi. Rimliklar qo’liga ulkan 
miqdorda o’lja tushdi: Rimda oltin qadoqlab sotildi va uning bahosi juda pastga 
tushib ketdi. Bularni hammasi Rimda Sezarni obro’-e’tiborini oshirib yubordi.
Galliyada urush harakatlari tugamasdan I triumvirat amalda tugadi. Krass 
Parfiyaga yurish vaqtida yengilib halok bo’ldi. Tsezarning yutuqlari va obro’-
e’tiborining oshib ketishi u bilan Pompey orasidagi munosabatlarda keskinlik va 
dushmanlikka sabab bo’ldi. Galliyada Sezarning vakolati tugadi, u o’z qo’shinini 
tarqatishi lozim edi. Lekin u qo’shinni tarqatmadi. Sezarning kuchli qo’shinidan 
qo’rqib qolgan senat uni vatan dushmani deb e’lon qildi. Uning raqibi Pompeyga 
Italiyada qo’shin to’plab, Sezarga qarshi chiqishga topshiriq berdi. 
Nozik diplomat va uzoqni ko’ra oladigan siyosatchi bo’lgan Sezar Rimdagi 
vaziyatni kuzatib Galliya noibligi davridan boshlab katta miqdorda p ora berish 
bilan o’z tarafdorlariga ega bo’lgan edi. Sezar Pompey qo’shinlarini kutib turmadi. 
U er. avv. 49-yil yanvarida shimoliy Italiyaning chegarasi bo’lgan kichik Rubikon 
daryosidan o’tdi. Qonunga ko’ra bu daryodan o’tgan har qanday qurollangan 
qo’shin Rim dushmani deb hisoblanar edi. Aytishlaricha daryodan o’tish oldidan 
Sezar uzoq o’ylanib turib, ―qur’a tashlandi‖ deb xitob qiladi va qo’shinga daryodan 
o’tishga buyruq beradi. Shimoliy Italiyaning shaharlari Sezar qo’shinlariga deyarli 
qarshilik ko’rsatmadilar. Pompey qo’l ostida jangovar qo’shin bo’lmaganligi uchun 
er. avv. 49-yil 17-yanvarida janubga qo’shin yig’ishga jo’nab ketdi. Uning 
orqasidan vaximaga tushgan konsullar va senatning ko’pgina senatorlari qochib 
ketdilar. 

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish