Хalqarо munosabatlar va diplоmatiya tariхi fanindan ma’ruza matnlari


Rim diplomatiyasining rivojlangan davri



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/85
Sana17.07.2022
Hajmi1,06 Mb.
#817604
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   85
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fakul

Rim diplomatiyasining rivojlangan davri.
Domitsian o’limidan keyin senat 66 
yoshli senator Mark Koksey Nervani (96-98-yillar) imperator etib sayladi. Uning 
hukmronligi bilan II asrdan Rim imperiyasida Antoniylar sulolasi hukmronligi 
boshlandi. Bu sulolani eng taniqli vakillaridan biri Mark Ul`piy Trayan bo’ldi. 
Trayan Ispaniyada tug’ilgan bo’lib, yuqori Germaniya noibi edi. Imperator Nerva 
qo’shinda obro’-e’tiborli bo’lgan Trayanni asrandi o’g’il va voris qilib tayinlashga 
majbur bo’ldi. Trayan 98-117-yillar Rim imperiyasiga hukmronlik qilgan paytdan 


imperiya o’zining iqtisodiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotining eng yuqori 
cho’qqisiga chiqdi (96-196-yillar).
Trayan davrida Rimning oxirgi istilochilik urushlari olib borildi. U faol tashqi 
siyosat olib borib, imperiya hududlarini kengaytirdi. Uning davrida legionlar soni 
30 taga yetkazildi. Kuchli Rim qo’shinlari 101-103-yillar va 105-107-yillarda 
Dunay bo’ylaridagi kuchli Dakiya podsholigini bo’ysundirdi, Dakiyani podshosi 
Detsebal asir olindi. Dakiya Rim provinsiyasiga aylandi. Dakiyaning bosib olinishi 
natijasida uning boy oltin va tuz konlari katta o’lja bo’ldi. Dakiya g’alabasiga 
bag’ishlab Rimda 123 kun davom etgan tomoshalar ko’rsatildi, Plebsga mo’l-ko’l 
sadaqa ulashildi, ajoyib Trayan termalari (hammomlari), yangi suv quvuri hamda 
30 m.li Trayan kolonnasi bunyod etildi.
Trayan Parfiyadan Mesopotamiya va Armanistonni tortib olish uchun 113-yil 
urush boshladi, keyingi yil Armanistonni bosib olib, uni provinsiyaga aylantirdi. 
G’ayratli imperator 115-116-yillarda Parfiya podshosi Vologes IV qo’shinlarini 
tor-mor qilib, uning poytaxti Ktesifonni egalladi, butun Mesopotamiyani fors 
qo’ltig’igacha bosib oldi. Mahalliy aholini Rim bosqinidan noroziligi va sharqiy 
provinsiyalarda vaziyatni notinchligi Trayanni legionlarni Frot qirg’og’idan olib 
ketishga majbur qildi. Sharqda yangi bosib olingan yerlarni rimliklar qo’ldan 
chiqardilar. Italiyaga qaytishda Kilikiyada Trayan kasal bo’lib 117-yil avgustida 
vafot qildi. Taxtga Trayanning jiyani, 41 yoshli asrandi o’g’li Publiy Eliy Adrian 
chiqdi (117-138-yillar).
U Trayanga loyiq juda yaxshi ma’lumot olgan, ajoyib boshqaruvchi, tajribali 
sarkarda, aqlli va uzoqni ko’ra oladigan siyosatchi sifatida o’z oldiga turgan 
muammolarni juda yaxshi tushunar edi. Adrian davlat resurslarini to’la tugaganini 
va Sharqda bosqinchilik siyosatini samarasizligini anglab yetib, Parfiya bilan Frot 
daryosi bo’yicha chegaralarini tiklash sharti bilan tinchlik shartnomasini tuzdi. 
Adrian imperiyaning sharqiy chegaralarida kuchli mudofaa inshootlarini bunyod 
qildi. Ana shunday tadbirlar natijasida Parfiya bilan tinchlik 44 yil saqlandi.
Sharqda ishlarni tugallab Adrian Yevropa va Afrikada imperiya chegaralarini 
mustahkamlash maqsadida chegara istehkomlarini qurish bo’yicha ulkan ishlar 
amalga oshirdi. Ana shunday istehkomlardan biri Adrian vali (istehkomi) 
Britaniyada hozirgacha saqlanib qolgan.
Adrian qo’shinni yuqori jangovar holatda saqlab turishga katta e’tibor berdi. U 
legionlarni Rim yoki latin fuqaroligi bo’lmagan provinsiya aholisidan to’ldirishga 
ruxsat berdi, chunki qo’shinga xizmat qilishga xohish bildirgan fuqarolar soni 
keskin qisqardi. Rim harbiy mashinasini varvarlashtirish uchun asos ana shunday 
yaratildi.
Adrian davlat boshqaruvi tizimini mustahkamlashga qaratilgan qator tadbirlkarni 
amalga oshirdi. U printseps kengashini qayta tashkil qildi, kengash tarkibiga oliy 
amaldorlar, muassasa rahbarlari va yirik yuristlar jalb qilindi. Adrian boshqaruvga 
suvoriylar toifasini ko’plab vakillarini taklif qildi. U davlat pochtasini joriy qildi, 
provinsiyalar boshqaruvini qayta tuzib, noiblar faoliyati ustidan doimiy nazorat 
o’rnatdi. Adrian uzoq sayohat qildi va ko’plab inshootlarni bunyod qildi: Venera 
va Roma ibodatxonalarini, mashhur Rim panteonini qurdi.


Antoniylar sulolasini taniqli vakillaridan biri tarixga taxtdagi faylasuf sifatida 
kirgan Mark Avreliy edi. Mark Avreliy uchun davlat manfaatlari hamma narsadan 
yuqori bo’lib, imperiya taqdiri uchun o’z ma’suliyatini to’la anglab yetgan edi. U 
senator va suvoriy toifalari bilan inoqlikda ish olib bordi, senat tarkibiga ko’pgina 
provinsiya zodagonlarini, ayniqsa kelib chiqishi Sharqdan va Afrikadan bo’lgan 
nufuzli kishilarni kiritdi. Mark Avreliy (161-yildan 180-yilgacha) 19 yil 
hukmronlik qildi, unga qarshi shu yillar davomida birorta ham fitna uyushtirilmadi. 
U 180-yilda 59 yoshida Vindobona (Vena) shahrida vafot qildi. Rimda uning 
sharafiga kolonna bunyod etildi. Uning merosxo’ri 18 yoshli o’g’li Kommod (180-
193-yillar) imperator bo’ldi. Antoniylar sulolasining so’ngi vakili Kommod qo’pol, 
shafqatsiz va maishatparast hukmdor edi. Otasining o’limidan keyin Kommod 
kvad va markomann qabilalari bilan urushni tugatib, 180- yilda Rimga qaytdi. 
Davlat boshqaruvini o’zining ochko’z yaqinlariga topshirib, kayf-safoga berildi. 
Xotinini qatl etib, buzuqchilk yo’liga kirdi. Katta jismoniy kuchga ega bo’lgan 
imperator o’zini rimlik Gerkules deb e’lon qildi, omma oldiga arslon terisiga 
yopinib yelkasida kaltak bilan paydo bo’lar edi. Amfiteatr sahnasida gladiator 
sifatida chiqdi. Oxir-oqibatda es-hushini yo’qotib kalendarning barcha oylarini o’z 
nomiga o’zgartirdi, hatto Rimning nomini o’zgartirib uni ―Kommod‖ shahri deb 
atashga buyruq berdi.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish