Halqali Chuvalchanglarning tuzilishi va sistematikasi haqi



Download 1,91 Mb.
bet4/4
Sana11.01.2022
Hajmi1,91 Mb.
#351774
1   2   3   4
Bog'liq
3.Halqali Chuvalchanglarning tuzilishi va sistematikasi haqi

Nafas olishi.

  • Nafas olishi. Yomg’ir chuvalchangi terisi orqali nafas oladi. Kislorod teri orqali kapillarlardagi qonga o’tib, hamma organlarga tarqaladi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan karbonat angidrid ham teri orqali chiqib ketadi. Chuvalchang terisi shilimshiq modda bilan namlanib turadi. Nam teri kislorodni yaxshi o’tkazadi.

Yomg’ir chuvalchangining ayirish sistemasi:

  • 1 - ayirish naychalari;
  • 2 - naychalarning tana bo’shlig’iga ochiladigan uchi;
  • 3 - naychalarning teri sirtiga ochiladigan uchi.

QORINOYOQLI MOLYUSKALAR SINFI

  • Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Chuchuk suv shillig’i hovuz va ko’llarda, daryolarning tinch oqadigan sayoz joylarida hayot kechiradi. Tanasi spiral o’ralgan chig’anoq ichida joylashgan. Chig’anoq o’ramlari ingichkalashib, o’tkir uchni hosil qiladi. Chig’anoqning kengaygan uchida tanasi chiqadigan keng teshigi bo’ladi. Shilliq tanasini mantiya teri o’rab turadi. Mantiyadan chig’anoq hosil bo’ladi. Boshining ostki tomonida og’iz teshigi, uning ikki yonida bir juft paypaslagichlari bo’ladi.
  • Paypaslagichlari sezgi organlari hisoblanadi. Har qaysi paypaslagichlari asosida bittadan ko’zi joylashgan (rasm). Suv shillig’i oyoq muskullarining to’lqinsimon qisqarishi tufayli sirpanib harakat qiladi.
  • 1 – chig’anoq;
  • 2 – mantiya cheti;
  • 3 – tanasi;
  • 4 – paypaslagich;
  • 5 – ko’zlar;
  • 6 – bosh;
  • 7 – nafas teshigi;
  • 8 – oyoq.

Ovqat hazm qilish sistemasi

  • Hazm qilish sistemasi og’iz bo’shlig’i, halqum, qizilo’ngach, oshqozon va ichakdan iborat. Ichagi chig’anog’i ichida haiqasimon buralib joylashgan. Mantiya chetida orqa chiqaruv teshigi bo’ladi (rasm).
  • 1 – og’iz; 2 - tilcha; 3 - halqum; 4 - qizilo’ngach; 5 - oshqozon; 6 - ichak; 7 - anal teshigi; 8 - o’pka; 9 - yurak bo’lmasi; 10 – yurak qorinchasi; 11 - yurak; 12 - jigar; 13 - qon tomirlari.

Qorinoyoqli molluskalarning xilma-xilligi.

  • Qorinoyoqli molluskalar Yer yuzida keng tarqalgan, 100000 ga yaqin turi bor. Ular ayniqsa dengizlarda xilma-xil bo’ladi. Chuchuk suvlarda uchraydigan kichik shilliq jigar qurtining oraliq xo’jayini hisoblanadi. Yalang’och shilliqlar va tok shilig’i (31-rasm) quruqlikda yashaydi. Ток shillig’i, har xil yalang’och shilliqlar o’simliklarning yashil qismi bilan oziqlanib. ekinlarga katta ziyon keltiradi. O’zbekiston hududida yalang’och shilliqlar va bedapoya shillig’i, suv havzalarida har xil suv shilliqlari uchraydi.
  • 1 - tok shillig’i; 2 - yalang’och shilliq; 3 - bitiniya; 4 - tirik tug’ar shilliq.
  • Qorinoyoqli molluskalar tanasi bosh, qorin, oyoq bo’limlaridan iborat. Oyog’i qorin tomoni kengayishidan hosil bo’lgan. Ko’pchiligining tanasi spiral buralgan chig’anoq ichida joylashgan. O’pka yoki jabra orqali nafas otadi. Qorinoyoqlilar tilchasi yordamida suv o’tlari va bakteriyalarni qirib otadi. Qon aylanish sistemasi ochiq; yuragi ikki kamerali; buyragi bitta, tasmasimon. Nerv tugunlari bir necha juft, Larqoq joylashgan. Jinsiy sistemasi germafrodir.
  • Nerv sistemasi. Suv shillig’ining tanasida bir necha juft nerv tugunlari joylashgan. Bu tugunlardan molluskalarning bamma organlariga nervlar chjqadi.
  • Ko’payishi. Suv shillig’i - germafrodit hayvon. U uzun shilimshiq ip ichiga tizimcha shaklida juda ko’p tuxum qo’yadi. Tizimchasi suv o’tlariga ilashib qoladi. Tuxumlardan nozik chig’anoqli kichik molluskalar rivojlanadi.

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish