Hazm qilish sistemasi. Og’iz teshigi tanasining oldingi uchida, birinchi tana bo’g’imining ostida joylashgan. Og’iz qisqa halqum orqali qizilo’ngachga tutashgan (34-rasm). Qizilo’ngachning kengaygan keyingi qismi jig’ildon deb ataladi. Jig’ildon esa kichikroq oshqozonga ochiladi. Oshqozondan tananing keyingi tomoniga qarab ichak ketadi. Chuvalchanglar chiriyotgan o’simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi; chirindini tuproq bilan birga qo’shib ichagidan o’tkazadi. Oziq ichakda hazm shirasi ta’sirida o’zlashtiriladi. Oziq larkibidagi moddalar qonga so’riladi. Oziqning hazm bo’lmagan qismi anal teshigi orqali tashqariga chiqariladi.