Yomg’ir chuvalchangining ichki tuzilishi: - Sezgi organlari va refleksi. Yomg’ir chuvalchangining maxsus sezgi organlari bo’lmaydi. U terisida joylashgan sezgir nerv tolalarining uchlari orqali yorug’lik, harorat, kimyoviy va mexanik ta’sirlarni yaxshi sezadi.
- Yomg’ir chuvalchangi refleksi ancha murakkab va xilma-xil bo’ladi. Tanasining qaysi qismiga ta’sir qilinsa, o’sha tomoni ta’sirlanib har xil harakat qiladi. Reflekslar yordamida chuvalchang o’z ozig’ini qidirib topadi, dushmanlaridan saqlanadi, kuchli yorug’lik va issiqlikdan yashirinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |