Nafas olishi. Yomg’ir chuvalchangi terisi orqali nafas oladi. Kislorod teri orqali kapillarlardagi qonga o’tib, hamma organlarga tarqaladi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan karbonat angidrid ham teri orqali chiqib ketadi. Chuvalchang terisi shilimshiq modda bilan namlanib turadi. Nam teri kislorodni yaxshi o’tkazadi.
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Chuchuk suv shillig’i hovuz va ko’llarda, daryolarning tinch oqadigan sayoz joylarida hayot kechiradi. Tanasi spiral o’ralgan chig’anoq ichida joylashgan. Chig’anoq o’ramlari ingichkalashib, o’tkir uchni hosil qiladi. Chig’anoqning kengaygan uchida tanasi chiqadigan keng teshigi bo’ladi. Shilliq tanasini mantiya teri o’rab turadi. Mantiyadan chig’anoq hosil bo’ladi. Boshining ostki tomonida og’iz teshigi, uning ikki yonida bir juft paypaslagichlari bo’ladi.
Paypaslagichlari sezgi organlari hisoblanadi. Har qaysi paypaslagichlari asosida bittadan ko’zi joylashgan (rasm). Suv shillig’i oyoq muskullarining to’lqinsimon qisqarishi tufayli sirpanib harakat qiladi.
1 – chig’anoq;
2 – mantiya cheti;
3 – tanasi;
4 – paypaslagich;
5 – ko’zlar;
6 – bosh;
7 – nafas teshigi;
8 – oyoq.
Ovqat hazm qilish sistemasi
Hazm qilish sistemasi og’iz bo’shlig’i, halqum, qizilo’ngach, oshqozon va ichakdan iborat. Ichagi chig’anog’i ichida haiqasimon buralib joylashgan. Mantiya chetida orqa chiqaruv teshigi bo’ladi (rasm).
Qorinoyoqli molluskalar Yer yuzida keng tarqalgan, 100000 ga yaqin turi bor. Ular ayniqsa dengizlarda xilma-xil bo’ladi. Chuchuk suvlarda uchraydigan kichik shilliq jigar qurtining oraliq xo’jayini hisoblanadi. Yalang’och shilliqlar va tok shilig’i (31-rasm) quruqlikda yashaydi. Ток shillig’i, har xil yalang’och shilliqlar o’simliklarning yashil qismi bilan oziqlanib. ekinlarga katta ziyon keltiradi. O’zbekiston hududida yalang’och shilliqlar va bedapoya shillig’i, suv havzalarida har xil suv shilliqlari uchraydi.
1 - tok shillig’i; 2 - yalang’och shilliq; 3 - bitiniya; 4 - tirik tug’ar shilliq.
Qorinoyoqli molluskalar tanasi bosh, qorin, oyoq bo’limlaridan iborat. Oyog’i qorin tomoni kengayishidan hosil bo’lgan. Ko’pchiligining tanasi spiral buralgan chig’anoq ichida joylashgan. O’pka yoki jabra orqali nafas otadi. Qorinoyoqlilar tilchasi yordamida suv o’tlari va bakteriyalarni qirib otadi. Qon aylanish sistemasi ochiq; yuragi ikki kamerali; buyragi bitta, tasmasimon. Nerv tugunlari bir necha juft, Larqoq joylashgan. Jinsiy sistemasi germafrodir.
Nerv sistemasi. Suv shillig’ining tanasida bir necha juft nerv tugunlari joylashgan. Bu tugunlardan molluskalarning bamma organlariga nervlar chjqadi.
Ko’payishi. Suv shillig’i - germafrodit hayvon. U uzun shilimshiq ip ichiga tizimcha shaklida juda ko’p tuxum qo’yadi. Tizimchasi suv o’tlariga ilashib qoladi. Tuxumlardan nozik chig’anoqli kichik molluskalar rivojlanadi.