4.Biologik shikastlangan o'choqda QTBI.
Biologik shikastlangan o'choqda esa tibbiy - epidemiyaga qarshi tuzilmalar tarafidan biologik razvedka ishlari uyushtiriladi. Ular biologik vositalar turini, qo'llanilish usulini, aholi orasida va hududlarda tarqalishini, xavflilik darajasini, karantin yoki observatsiya rejimini qo'llanilishini, oziq - ovqat mahsulotlar, suv, yemlarning zararlanganligini aniqlab beradilar.
Hududlarning FM boshliqlari olingan ma'lumotlarga asoslanib QBTI tashkillaydilar. Bu ishlarni olib borishda biologik shikastlangan o'choqtsa sanitar - epidemiologik maskan, veterinariya maskani, epidemiyaga qarshi harakatlanuvchi va ixtisoslashgan otryadlar, shifoxonalar, poliklinika, veterinariya tarmoqlari va boshqa tibbiy tarmoqlari jalb etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |