2.QBTI ishlarini shikastlangan o'choqda olib borish usullari.
Ma'lumki, QBTIni bajarish usullari va qoidalari, o'sha shikastlangan o'choqda harakatlanuvchi tuzilmalarga halaqit beruvchi omillar darajasiga qarab tanlanadi. Jumladan, shikastlangan inshootlarni tavsifiga, kommunal, energetik va texnologik tarmoqlardagi avariya darajasiga, o'sha joydagi radioaktiv va kimyoviy zararlanish darajasi hamda yong'in miqyosiga qarab usullar tanlanadi. Chunki radioaktiv, kimyoviy va biologik shikastlangan o'choklarda shikastlanish har xil darajada va miqyosda bo'lganligidan QBTI usullari ham har xil tartibda qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |