Халкаро шартномалар хукуки



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   185
konferensiya  chaqiradi.  “Ushbu  Kelishuvga  o’zgartirishlar  shartnomaning  barcha 
ishtirokchilari,  shu  jumladan  yadroviy  qurolga  egalik  qiluvchi,  Atom  energiyasi 
bo’yicha  xalqaro  agentlik  Boshqaruv  Kengashining  a’zolarining  ko’pchilik  ovozi 
bilan qabul qilinadi ” (8-modda). 
Xalqaro  hayotning  o’sish  dinamikasi  natijasida  o’zgartirishlar 
muommosi  yanada  ko’p  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Shartnomalar 
tuzilayotganda  bu  vaqtdagi  shart-sharoitlar  o’zgarishini  hisobga  olib 
tuziladi, shuning uchun o’zgarish kiritish mumkinligi shartnomada nazarda 
tutiladi. Shartnomalarni o’zgartirish huquqi shartnomani tuzish huquqidan 
kelib chiqadi.  
Endi  “o’zgartirish”  va  “qayta  ko’rib  chiqish”  tushunchalariga 
to’xtalamiz.  BMT  Ustavining  108-moddasi  Ustavga  o’zgartirish  kiritish, 
109-moddasi  Ustavni  qayta  ko’rib  chiqishga  bag’ishlangan.  BMT 
Kotibiyatining  shartnomaning  yakuniy  qoidalari  to’g’risidagi  hujjatda 
o’zgartirish  to’g’risida  normalar  va  shartnomaning  nazorati  to’g’risidagi 
normalar  o’rtasidagi  farqlar  keltirilgan.  Birinchisi  shartnomaning  alohida 
normlarini  almashtirish,  ikkinchisi  esa  shartnomani  o’zini  almashtirishni 
ko’zda tutadi.   
Shartnomani  o’zgartirish  hajmini  e’tiborga  oladigan  bo’lsak, 
ko’rsatilgan  farq  ma’lum  ma’noga  ega.  Lekin  u  holatda  ham  bu  holatda 
ham  yuridik  jarayon  bir  xil  bo’ladi.  BMT  Ustavining  108-moddasiga 
ko’ra, kiritiladigan tuzatishlar, ular Bosh Assambleya A’zolarining uchdan 
ikki  qismi  ovozi  bilan  qabul  qilinib,  Tashkilot  A’zolarining  Xavfsizlik 
Kengashi doimiy a’zolarining hammasini qo’shgandagi uchdan ikki qismi 
ovozi  bilan  ularning  konstitutsiyaviy  tartibotiga  muvofiq  ratifikatsiya 
qilingach,  Tashkilotning  barcha  a’zolari  uchun  kuchga  kiradi.  Xuddi 
shunday norma 109-moddasida ham ifodalangan.  


98 
 
Shu  bilan  birga  108-moddani  San-Fransisko  Konferensiyasida 
muhokama  qilish  jarayoni  quyidagi  fikrlar  aks  ettirilgan  ma’ruza  qabul 
qilingan:  “Huquq  va  majburiyatari  Ustavga  o’zgartirish  kiritish  orqali 
o’zgartirilgan va bu o’zgarishlardan norozi bo’lgan Tashkilot a’zosi,  agar 
bu  o’zgartirish  Assambleyaning  kerakli  ko’pchilik  a’zosi  yoki  umumiy 
konferensiyada  qabul  qilingan  va  uni  kuchga  kirishi  uchun  ratifikatsiya 
qilishning iloji yo’q bo’lsa a’zo davlat Tashkilotda qolishi shart emas”. 
Hozirda  London  Protokolining  normalari  ikki  tomonlama  va 
cheklangan  shartnomalarni  o’zgartirishga  nisbatan  qo’llaniladi.  Keng 
tarqalgan  ko’ptomonlama  shartnomalarni  o’zgartirishga  nisbatan  uning 
ahamiyati past. Keng tarqalgan ko’p tomonlama shartnomalarni tuzishning 
birinchi tajribasi tomonlarning o’zaro kelishuvi prinsipi xalqaro huquqning 
progressiv rivojlanishini to’xtatib qolishi mumkin.  
1906-yilda  1864-yilgi  Urush  qurbonlarini  qismatini  yaxshilash 
to’g’risidagi  Jeneva  Konvensiyasi  ushbu  Konvensiya  qoidalarini  bekor 
qiluvchi  yangi  Konvensiya  qabul  qilinishi  natijasida  qayta  ko’rib 
chiqilgan.  Shu  bilan  birga  1964-yilgi  Konvensiya  yangi  Konvensiyani 
ratifikatsiya qilmagan davlatlar o’rtasida o’z kuchini saqlab qoladi. Xuddi 
shunday norma 1899-yilgi Konvensiyani qayta ko’rib chiquvchi 1907-yilgi 
Urush  qoidalari  va  odatlari  to’g’risidagi  Konvensiyada  ham  ifodalangan. 
Bunday  normalar  amaliyotda  keng  tarqalgan.  1949-yilgi  Harakatdagi 
armiyalarda  yarador  va  bemorlarni  qismatini  yaxshilash  to’g’risidagi 
Jeneva  Konvensiyasida:  “Mazkur  Konvensiya  Oliy  Ahdlashuvchi 
tomonlar  o’rtasidagi  munosabatlarda  1864-yil  22-avgustdagi,  1906-yilgi 
va 1929-yil 27-iyuldagi Konvensiyalar or’nida ishlatiladi”- deyilgan. 
Hozirgi  kunda  quyidagi  mazmunli  o’zgartirish  formulasi  keng 
tarqalgan:  har  bir  a’zo  davlat  Konvensiyalarga  o’zgartirish  kiritish  taklifi 
bilan  chiqishi  mumkin,  ko’pchilik  a’zolar  tomonidan  ma’qullagandan 
keyin  o’zgartirishni  qabul  qilgan  davlatlar  uchun  kuchga  kiradi, 
keyinchalik  qo’shilgan  a’zolar  uchun  qo’shilgan  kundan  boshlab  kuchga 
kiradi.  Ushbu  formula  ishlatilgan  konvensiyalarga  misol  sifatida  1967-
yilgi  “Kosmosdan,  shuningdek  Oy  va  boshqa  samoviy  jismlardan 
foydalanish  va  tadqiq  qilish  faoliyatining  asosiy  prinsiplari  to’g’risida”gi 
Konvensiya  (15-modda),  1968-yilgi  “Kosmanavtlarni  qutqarish  va 
kosmosga yuborilgan obyektlarni qaytib kelishi to’g’risida”gi Kelishuv (8-
modda),  1972-yilgi  “Bakteriologik  (biologik)  va  zaharli  qurollarni  ishlab 
chiqish,  yig’ib  qo’yishni  ta’qiqlash  va  ularni  yo’q  qilish  to’g’risida”gi 
Konvensiya (11-modda)larni ko’rsatishimiz mumkin. 


99 
 
Ko’rsatib  o’tilgan  norma  umumiy  qoidalarni  aks  ettiradi.  Lekin 
ayrim holatlarda u maxsus shartlar bilan to’ldiriladi. Bunga yuqorida aytib 
o’tilgan  1968-yilgi  “Yadroviy  qurollarni  tarqatmaslik  to’g’risida”gi 
Kelishuvning  8-moddasi  misol  bo’ladi.  Uning  zaruriy  ishtirokchilari 
yadroviy qurolga egalik qiluvchi davlatlar hisoblanadi. 
Qayta  ko’rib  chiqish  masalasi  hamkorlikning  maxsus  shakllari 
to’g’risidagi  shartnomalarda  va  siyosiy  shartnomlalarda  turlicha  hal 
qilinadi.  Birinchidan,  ushbu  masalaga  bog’liq  maxsus  normalar  mavjud, 
ikkinchidan  shartnomaning  o’zida  bu  nazarda  tutilmagan.  Tomonlar 
munosabatlariga ta’sir qiluvchi omillarni aniq emasligini hisobga oladi. Bu 
holat  doktrinalarda  ham  ko’rinadi.  Masalan,  boshqacha  pozitsiya  ham 
tarqalgan.  Ch.  De  Visher  ta’kidlashicha:  “Dastlabki  kelishuvchi  tomonlar 
nazoratni  amalga  oshirishi  yoki  unda  ishtirok  etishi  prinsipi  davlatlarni 
siyosiy  qarashlariga  o’zgarishi  hisobiga  juda  qiyin  yoki  umuman 
ilojsizdir”.  Makneyrning  fikricha:  “Shartnomalarni  qayta  ko’rib  chiqish 
to’grisida  quyidagilarni  keltirish  mumkin:  qayta  ko’rib  chiqishga  ta’sir 
o’tkazuvchi  barcha  ishtirokchilarning  roziligini  talab  qiluvchi  normani 
o’zgartirish uchun Jahon hamjamiyati yo’l izlamoqda”
1

1951-yilda 
nashr 
etilgan 
BMT 
huquq 
departamentining 
memorandumida  o’tmishdagidan  farqli  ravishda  “hozirgi  kunda  ko’p 
tomonlama  xalqaro  shartnomalarni  o’zgartirish  dastlabki  a’zolarning 
ko’pchiligi yoki ozchiligining roziligi talab qilinadi degan fikr mavjud”. 
Qayta  ko’rib  chiqish  muommosini  hal  qilishga  xalqaro  tashkilotlar 
ham  katta  hissa  qo’shdi.  Bu  holat  shartnomalar  huquqi  loyihasi  bo’yicha 
Xalqaro  huquq  komissiyasining  sharhlarida  ta’kidlangan.  Tashkilotning 
ta’sis  hujjati  yoki  u  tomonidan  qabul  qilinadigan  konvensiyalar  haqida, 
Xalqaro  Mehnat  Tashkilotidagi  kabi  yaqqol  ko’rinadi.  Ma’lum  ma’noda 
bu tashkilot homiyligi ostida tuziladigan shartnomalarga ham aloqador. 
Hozirgi  o’zgargan  sharoitlarda  xalqaro  tashkilotlar  ta’sis  hujjatlari, 
shuningdek  amaliy  faoliyati  o’zgarishlarga  mosligiga  e’tibor  berishlari 
lozim.  BMTning  ayrim  ixtisoslashtirilgan  tashkilotlarida  ratifikatsiya 
qilingan nizomning o’zgarishlarini ratifikatsiya qilmaslik nazarda tutilgan 
(BMT Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti Ustavining 19-moddasi). 
“Pornagrafik mahsulotlarni tarqalishiga qarshi kurash to’g’risida” gi 
Konvensiyaga  o’zgartirish  kiritirsh  to’g’risdagi  Protokolida:  BMT  Bosh 
Kotibi  “yuqorida  ko’rsatilgan  konvensiyani  a’zolari  bo’lgan  davlatlarga 
                                                 
1
 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том II. Заключение международных договоров 
- М.: Волтерс Клувер, 2004. – С.50. 


100 
 
Protokolning  a’zolari  bo’lishmagan  bo’lsa  ham  undagi  o’zgarishlar 
davlarlarga nisbatan qo’llanilishini taklif qiladi” (2-modda). 
Millatlar  Ligasining  Statutida  tinchlikni  saqlab  turishga  daxldor 
holatlarni tinch yo’l bilan hal qilish muommasi aks ettirilgan. Assambleya 
“jahonda  tinchlikni  saqlab  turishga  xavf  solishi  mumkin  bo’lgan 
shartnomalarni  Millatlar  Ligasi  a’zolari  tomonidan  qayta  ko’rib  chiqishni 
taklif qilishi mumkin” (19-modda). 
Ko’ptomonlama  shartnomalarning  sonining  ko’payishi  natijasida 
kelib  chiqishi  mumkin  bo’lgan  nizolarni  oldini  olish  uchun  shartnomada 
qayta ko’rib chiqish bo’yicha normalar aks ettiriladi. Natijada shartnomada 
ko’pchilik  tomonidan  ma’qullanganda  shartnomaga  o’zgartirish  kiritish, 
qolgan  ishtirokchilar  uchun  oldingi  shartnoma  qoidalari  qo’llanilishini 
belgilovchi normalar kiritiladi. 
Shartnomalardagi  o’zgartirish  to’g’risidagi  normalarning  tahlili 
ularning  xilma-xilligi  va  keraklicha  aniq  emasligini  ko’rsatdi.  Ayrim 
shartnomalarda  ushbu  takliflarni  kiritish  mumkin  bo’lgan  holatlar 
keltirilgan,  lekin  ularni  qabul  qilish  tartibi,  o’zgartirish  bilan  rozi 
bo’lmagan tomonlarning huquqiy holati va boshqa holatlar to’grisida hech 
narsa  deyilmaydi.  Umuman  olganda,  shartnomaviy  amaliyot  tahlil 
qilinayotgan masalaga nisbatan aniq qoidalar kiritishga yo’l qo’ymaydi.  
 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish