Халкаро шартномалар хукуки



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   185
Shartnomalarning 
shakliga 
ko’ra 
yozma 
va 
og’zaki 
shartnomalarga bo’linadi. 
Adabiyotlarda  shartnomalarning  shakli  masalasi  asosan  yozma  va 
og’zaki  shaklga  nisbatan  olingan.  Ko’p  hollarda  mualliflar  shartnoma 
yozma va og’zaki shaklda bo’lishi mumkin degan fikrga tayanishadi biroq 
avfzalrog’i  yozmasi  hisoblanadi.  Ularning  qay  birini  tanlash  tomonlarga 
bog’liq va shartnomaning yuridik kuchiga ta’sir etmaydi. 
Og’zaki  ko’rinishdagi  shartnomalar  amaliyotda  “jentlmenlik 
kelishuvlari”  deb  nom  olgan.  Bunday  kelishuvlar  haqidagi  xabar 
shartnomalarning rasmiy to’plamida chop etiladi.  
Odatda jentlmenlik kelishuvlari diplomatik o’zaro  munosabatlarning 
aniq masalalari yuzasidan tuziladi.  
Masalan,  1955  yil  sentyabr  oyida  AQSH  va  Buyuk  Britaniya  delegatsiyalari 
o’rtasidagi  BMTning  Bosh  Assambleyasi  sessiyasida  jentlmenlik  kelishuviga 
erishildi.  Inglizlar  Assambleya  XXRni  BMTga  kiritish  masalasi  muhokamasini 


61 
 
qoldirishga  rozilik  berdilar.  Amerikaliklar  Kipr  haqidagi  masala  yuzasidan 
inglizlarni qo’llab-quvvatlashga so’z berishdi
1

Shartnomaviy-huquqiy  amaliyotda  og’zaki  shakldagi  halqaro 
shartnomalarning  ikki  turi  mavjudligi  haqida  hulosa  qilish  mumkin. 
Birinchidan  hech  qanday  hujjatlarda  qayd  qilinmaydigan  bitimlar.  Ularga 
nisbatan  salbiy  munosabat  kuzatiladi  (tarixda  bunday  og’zaki 
kelishuvlardan  jabr  ko’rgan  davlatlar  kam  emas).  Ikkinchidan,  og’zaki 
ifoda  etilgan  va  tuzilgan,  lekin  ayni  vaqtda  u  yoki  bu  hujjatlarda  qayd 
qilingan  bitimlar.  Bitimning  to’liq  mazmuni  yoki  asosiy  qoidasi,  yoki 
muayyan  masala  yuzasidan  tuzilganligi  holati  qayd  etiladi.  Ma’lumki, 
og’zaki  bitimlarning  mazmuni  ularning  shakliga  ko’ra  keng  bo’lmaydi. 
Bayonotlar  va  kommyunike  og’zaki  bitimni  mustahkamlashning  eng 
obro’li shakllari hisoblanadi
2

Xalqaro  shartnomalar  huquqi  haqidagi  Vena  konvensiyaning  3-
moddasida  qat’iylikka  erishilgan.  Konvensiya  yozma  shaklda  bo’lmagan 
xalqaro shartnomalarga qo’llanilmasligi bu turdagi kelishuvlarning yuridik 
kuchiga  ta’sir  etmaydi,  yana  ularga  mazkur  Konvensiyadan  qat’iy  nazar, 
xalqaro  huquq  kuchi  ostida  harakatlana  oluvchi,  ushbu  Konvensiyada 
bayon  etilgan  har  qanday  normani  qo’llashga  monelik  qilmaydi  deb 
belgilab qo’yilgan. 
Konvensiya xalqaro huquqning ijobiy kodifikatsiyasi bo’lganligi bois 
undagi  normalar  ham  og’zaki  ko’rinishdagi  shartnomalarda,  bunday 
ko’rinishning  o’ziga  xos  jihatlarini  hisobga  olgan  holda  qo’llanilishi 
mumkin. 
Konvensiyadan  ko’rinib  turibdiki,  yozma  shakldagi  shartnomalarga 
oid  ko’p  normalar,  eng  avvalo  shartnoma  tuzilishiga  doir  bo’lganlari, 
og’zaki  kelishuvlarga  qo’llanilmaydi.  Qo’llash  mumkin  bo’lgan normalar 
og’zaki  shartnomalarning  faoliyatini  shartnomalarning  odat  huquqi 
normalar sifatida tartibga soladi, bu holatda normalar Konvensiyada bayon 
etilganidek tushuniladi. 
Bundan tashqari, shartnomalar tartibga solinadigan ob’ekti bo’yicha 
ham farqlanishi mumkin:  
1) Siyosiy masalalar bo’yicha halqaro shartnomalar; 
2) Iqtisodiy masalalar bo’yicha halqaro shartnomalar; 
3) Huquqiy masalalar bo’yicha halqaro shartnomalar; 
                                                 
1
 Лукашук И.И. Современное право международных договоров. Том II. Заключение международных договоров 
- М.: Волтерс Клувер, 2004. – С.235. 
2
  Рашидов  К.К.  Ўзбекистон  Республикаси  халқаро  шартномаларининг  тузилиши,  бажарилиши  ва  бекор 
қилиниши. Парламент аъзолари учун амалий қўлланма. –Т.: БМТ Тараққиёт дастури, 2012. – Б.12. 


62 
 
4) Ilmiy-texnikaviy masalalar bo’yicha halqaro shartnomalar; 
5) Havfsizlik va boshqa masalalar bo’yicha halqaro shartnomalar; 
Xalqaro shartnomalarning amal qilish vaqti bo’yicha: 
1) Muddatli; 
2) Muddatsiz; 
3) Qisqa muddatli shartnomalarga bo’linadi. 
 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish