Халкаро шартномалар хукуки



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   185
E’tibor bering! 
Shu  bilan  birga  shuni  alohida  ta’kidlash  lozimki,  Xalqaro 
shartnomalar  to’g’risidagi  Vena  konvensiyasida  uchinchi  davlat 
tushunchasi shartnoma ishtirokchisi emas deb belgilab qo’yilgan.  


54 
 
shartnoma  ushbu  davlat  uchun  qonuniy  kuchga  kirgan  vaqtga  qadar  u 
shartnoma ishtirokchisi hisoblanmaydi.  
Uchinchi 
davlatlar 
mezoni 
shartnomaga 
nisbatan 
bo’lgan 
munosabatlari asosida belgilanadi.  
Ularni shartli ravishda quyidagilarga bo’lish mumkin: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Shartnoma  tuzish  jarayoni  muzokaralarida  ishtirok  etgan  davlatlar 
uni  keyinchalik  imzolash  huquqiga  egadirlar,  muzokarada  ishtirok 
etmagan davlatlar  esa agar shartnomada nazarda tutilgan bo’lsa kelajakda 
qo’shilishlari mumkin.  
Vena  konvensiyasida  muzokarada  ishtirok  etayotgan  davlatlar  bilan 
shartnomani  imzolagan  davlatlar  o’rtasidagi  farqni  belgilab  bergan. 
Shartnomani  imzolagan  davlatlar  shartnomaning  majburiyligiga  o’z 
roziligini 
bildirgan 
holda 
xalqaro 
huquq 
qoidalariga 
muvofiq 
shartnomaning  kuchga  kirish  vaqtiga  qadar  uning  ob’ekti  va  maqsadini 
bekor qilmasligi mustahkamlangan (18-modda).  
Uchinchi  davlatlarning  shartnomaga  nisbatan  munosabati  turli  xil 
huquqiy  ahamiyat  kasb  etadi.  Agar  shartnoma  davlatning  qonuniy 
manfaatlariga taalluqli bo’lsa va  mazkur davlat uning qoidalaridan norozi 
bo’lsa,  bu  holda  ushbu  davlat  yuqorida  ko’rsatilgan  qoidaga  e’tiroz 
bildirishi  to’g’risida  ma’lum  qilishi  lozim.  Bunday  vaziyatda  shartnoma 
ushbu davlat uchun o’zining yuridik ahamiyatini yo’qotadi. 
Yana  bir  turdagi  shartnomalar  borki,  ularning  qabul  qilinishida 
uchinchi  davlatning  ishtiroki  juda  muhim  ahamiyat  kasb  etishi  mumkin. 
Bunga  misol  sifatida  muzokara  olib  borayotgan  davlatlarga  biron  bir 
davlatning  vakilligi,  betaraf  qatnashuvi  zaruriyatining  kelib  chiqishini 
keltirish mumkin. 
Masalan, 
ShHT 
tomonidan 
qabul 
qilinayotgan 
aksariyat 
xalqaro 
shartnomalarida Afg’onistonning ishtirok etishi. 
Uchinchi davlat shartnomaning norasmiy ishtirokchisi sifatida uning 
qoidalariga roziligi va ularga rioya qilishini e’lon qilishi mumkin. Bu kabi 
1. Shartnomaga  umuman  aloqasi  yo’q 
davlatlar;
 
2.  Shartnoma  tuzilishida  bevosita  ishtirok  etgan,  lekin  mazkur 
shartnomani  imzolamagan,  ratifikatsiya  qilmagan  hamda 
shartnoma kuchga kirmagan davlatlar. 


55 
 
misollar  umumiy  manfaatlarga  tegishli  muhim  shartnomalar  bilan 
bog’liqdir.  
1968  yilning  dekabrida  BMT  Bosh  Assambleyasining  Birinchi  qo’mitasining 
majlisida  Fransiya  shuni  e’lon  qildiki,  Yadro  qurolini  tarqatmaslik  to’g’risidagi 
shartnomaga  rasman  qo’shilmaganligi,  lekin  o’z  siyosatini  ushbu  shartnoma 
prinsiplari asosida olib borishini bildiradi.  
Boshqa  davlatlar  o’rtasidagi  kelishuvni  qo’llab-quvvatlayotgan 
uchinchi  davlat  o’z  siyosiy  hujjatida  ta’kidlab  o’tishi  ham  mumkin. 
Davlatlarning  o’zaro  siyosiy  bayonotlari  orqali  biron  kelishuvga  bo’lgan 
munosabatlarini  ma’lum qilishi va undagi qoidalarni e’tirof etish holatlari 
ham mavjud.  
Ba’zan uchinchi davlat shartnoma kafili vazifasini bajaradi.  
1979  yilda  Misr  va  Isroil  davlatlari  o’rtasidagi  muzokaralarning  barcha 
bosqichlarida  AQSH  hukumati  vakili  ishtirokida  o’tdi.  Shartnoma  matni  rasman 
AQSH Prezidenti imzosi bilan tasdiqlandi. Shartnomaga ilova qilingan memorandum 
uning  bir  qator  qoidalariga  tushuntirish  berish  bilan  birga  muzokara  olib 
borayotgan tomonlar biron bir ijobiy natijaga kelmasa, ular mazkur masala bo’yicha 
AQSH taklifini qabul qilishlari belgilangan
1
.
 
Mazkur  misollar  uchinchi  davlatlarning  shartnomaga  nisbatan 
egallagan  munosabatining  ahamiyatli  farqlari  mavjud  ekanligini  ko’rsatib 
beradi. Bularning bari uchinchi davlatlarning nafaqat siyosiy balki yuridik 
maqomini  baholashda  e’tiborga  molik  jihat  hisoblanishi  lozimligini  bir 
qator  mutaxassislar  ta’kidlashgan.  Shartnomaning  tomonlari  va  uchinchi 
davlat  uchun  turli  ahamiyatga  ega  kuchini  aniqlashda  mazkur 
ishtirokchilar  maqomini  yetarli  darajada  aniq  va  ravshan  belgilab  olish 
juda muhim hisoblanadi. 
Shartnomaga  nisbatan  uchinchi  tashkilotlar  masalasi  qiyosan  olib 
qaraganda  nisbatan  yangi  masala  hisoblanadi.  Shuning  uchun  uchinchi 
xalqaro  tashkilot  to’g’risidagi  norma  ta’rifini  tuzishda  Xalqaro  huquq 
Qo’mitasi  bir  qator  qiyinchiliklarga  duch  keldi.  Uchinchi  davlatlar 
haqidagi  shu  kabi normalar  xalqaro  huquqda  mavjud  bo’lib,  Qo’mitaning 
asosiy faoliyati ularni kodifikatsiyasiga yo’naltirilgan edi.  
Qo’mita  loyihasi  asosida  tayyorlangan  Davlatlar  va  xalqaro 
tashkilotlar  o’rtasida  yoki  xalqaro  tashkilotlar  o’rtasidagi  shartnoma 
huquqi  to’g’risidagi  1986  yilgi  Vena  konvensiyasi  uchinchi  tashkilot 
tushunchasi o’z aksini topgan.  
Uchinchi  tashkilot  tushunchasi  uchinchi  davlatning  ta’rifi  bilan  bir 
xil  –  shartnomaning  ishtirokchisi  bo’lmagan  xalqaro  tashkilot  ekanligi 
                                                 
1
 The Egyptian - Israeli Peace Treaty. U.S. Policy Statement Series. 1979. 


56 
 
mustahkamlangan (2-modda). Bu tashkilotga nisbatan shartnoma majburiy 
bo’lishi  bilan  hamda  uning  uchun  kuchga  kirishi  bilan  mazkur  tashkilot 
uchinchi  tomon  bo’lishdan  to’xtaydi.  Uchinchi  davlat  kabi  tashkilotning 
ham turli xil mezonlari vujudga keladi: 
a)  shartnomaga  umuman  aloqasi  bo’lmagan  tashkilot,  ya’ni  mutlaq 
uchinchi tashkilot. Bu kabi tashkilotlarga shartnoma hech qanday huquqiy 
oqibat keltirib chiqarmaydi; 
b)  muzokarada  ishtirok  etayotgan  tashkilot  –  shartnoma  matnini 
tayyorlash  va  qabul  qilishda  ishtirok  etgan  tashkilot.  Bu  kabi  tashkilot 
shartnomani  imzolash,  uning  majburiyligiga  o’z  roziligini  bildirish, 
qo’shimcha  shart  (ogovorka,  clause)  kiritish  yoki  unga  o’z  qarshiligini 
bildirish va depozitariyni tayinlash huquqlariga ega bo’ladi; 
v)  shartlashayotgan  tashkilot  -  shartlashayotgan  tashkilot  shartnoma 
kuchga  kirgan  kirmaganligidan  qat’iy  nazar  shartnomaning  majburiy 
ekanligini tan olgan tashkilot. Bu kabi tashkilot yuqoridagi huquqlari bilan 
birga  shartnomaga  kiritilgan  yoki  o’zgartirish  jarayonidan  xabardor 
bo’lish, takliflar kiritish, ularning qabul qilinishida ishtirok etishi mumkin. 
Bu holda asosiy ahamiyat tashkilot shartnomaning ob’ekti va maqsadini u 
kuchga  kirgunga  qadar  majburiyligini  tan  olishiga  qaratiladi  (18-modda). 
Ko’p  tomonlama  shartnoma  shartlashayotgan  tashkilotlarning  “o’zaro 
maslahatlashuvi” asosida tugatilishi mumkin (54-modda). 
Bu  kabi  tashkilotlar  shartnoma  kuchga  kirgunga  qadar  ham  uning 
ob’ekti  va  maqsadini  tan  olishi  lozim.  Depozitariy  tomonidan  o’z 
vazifasini  bajarishga  taalluqli  masalada  kelishmovchiliklar  kelib  chiqsa, 
depozitariy shartnomani imzolagan tashkilot e’tiboriga muammoli savolni 
yetkazishi lozim (78-modda).  
Ushbu  qoida  1969  yilgi  Shartnomalar  huquqi  to’g’risidagi  Vena 
konvensiyasidan olingan va shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, bu o’z 
vaqti hamda joyida qo’llanilgan.  
 
 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish