Халкаро шартномалар хукуки


  Xalqaro shartnomalar huquqi sub’ektlari turlari



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/185
Sana13.08.2021
Hajmi2,23 Mb.
#146699
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   185
3.2.  Xalqaro shartnomalar huquqi sub’ektlari turlari 
 
Xalqaro  shartnomalar  huquqi  sub’ektlari  bu  xalqaro  shartnomaning 
qabul  qilish  jarayonida  ishtirok  etgan  davlatlar,  o’z  ozodligi  uchun 
kurashayotgan millatlar, erkin shahar davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar 
(hukumatlararo  va  nohukumatlararo)  hisoblanadi.  Umuman  olganda, 
xalqaro  huquqning  sub’ektlari  ayni  paytda  xalqaro  shartnomalar  huquqi 
sub’ekti sifatida qabul qilinadi. Mazkur sub’ektlar yuridik xususiyatlaridan 
kelib  chiqib  muayyan  huquq  va  majburiyatlarga  ega  bo’ladi  va  uning 
normalarini  yaratadi  va  amalda  tatbiq  etishda  qatnashadigan  tuzilmalar 
hisoblanadi.  
Davlat 
o’zining  suverenitetidan  foydalangan  holda  xalqaro 
shartnomalarda  ishtirok  etish  huquqiga  ega  bo’lgan  xalqaro  shartnomalar 
huquqining  asosiy  sub’ektidir.  Shartnomalarning  aksariyati  davlatlar 
tomonidan  tuziladi.  U  o’zining  suverenitet  kuchi  bilan  xalqaro  huquq 
normalarini  yaratadi,  uning  tarkibini  aniqlaydi  va  rioya  qilinishini 
ta’minlaydi.  Davlatlar  xalqaro  shartnomalarga  ishtirok  etishi  orqali  o’z 
hoxish irodalarini xalqaro huquq normalari orqali mustahkamlaydilar.  
O’z  mustaqilligi  uchun  kurashayotgan  millat  va  halqlar  davlatning 
shakllanish  jarayonida  namoyon  bo’ladilar.  Mazkur  millat  va  xalqlarning 
xalqaro  shartnomalar  huquqi  sub’ekti  sifatida  ishtirok  etishi  ularning 
xalqaro shartnoma normalarini amalga oshirishda ko’zga ko’rinadi. Odatda 
ularni qo’zg’olonchilar yoki nizolashayotgan tomon sifatida qabul qilinadi.  
Xalqaro  gumanitar  huquqi  sohasidagi  konvensiyalarda,  masalan,  1949  yilgi 
Urush  qurbonlarini  himoya  qilish  to’g’risidagi  Jeneva  konvensiyasi  tomonlarga 
xalqaro  xarakterga  ega  bo’lmagan  nizolar  yuzasidan  mazkur  konvensiyaning 
qoidalarini  tadbiq  qilish  haqida  maxsus  shartnomalarni  tuzishi  uchun  imkoniyat 
mavjudligini  nazarda  tutadi.  Shu  bilan  birga,  bu  “nizolashayotgan  tomonlarning 
yuridik maqomiga ta’sir etmasligi”ni belgilab berdi (3 modda).
 
Mazkur  qoida  xalqaro  xarakterga  ega  bo’lmagan  nizolarda  xalqaro 
gumanitar  huquqi  normalarini  qo’llanilishi  nazarda  tutadi.  Lekin,  bu 
shartnomalar  xalqaro  shartnoma  maqomiga  ega  bo’lishi  uchun 


48 
 
qo’zg’olonchilar  yangi  davlat  hukumatini  yoki  mavjud  davlatning  bir 
qismida yangi davlatni tashkil etishi lozim
1
 hisoblanadi. 
Xalqaro  shartnomalar  huquqining  asosiy  sub’ektlaridan  tashqari 
o’ziga  xos  bo’lgan  “noan’anaviy  sub’ektlar”  yoki  “boshqa  turdagi 
sub’ektlar”  ham  mavjudligini  kelitirib  o’tish  lozim.  Bular  xalqaro  huquq 
sub’ektlari  kabi  ikkilamchi  hisoblanib,  sub’ekt  uchun  zaruriy  bo’lgan 
barcha  elementlarga  ega  bo’lmagan,  biroq  xalqaro  shartnomalar  huquqi 
sub’ekti  sifatida  tan  olinganlar  tushuniladi.  Bunday  sub’ektlar  asosiy 
sub’ektlar tomonidan biron maqsadda tuziladi va alohida huquqiy jihatdan 
tartibga solish zarurati bilan izohlanadi. 
Xalqaro  huquq  Qo’mitasining  bayonotiga  binoan  “boshqa  turdagi 
sub’ektlar”  deganda,  Muqaddas  Qirollik  (Vatikan)  va  boshqa  turdagi 
xalqaro  ko’rinishga  ega  bo’lgan  ma’lum  bir  vaziyatlarda  xalqaro 
shartnomalarda ishtirok eta oladiganlar tushuniladi
2

Aksariyat yuristlar Muqaddas Qirollikni katolik va boshqa davlatlarga 
nisbatan  olib  qaraganda  xalqaro  huquq  sub’ekti  deb  hisoblashadi. 
Shuningdek,  uning  maqomi  suveren  davlatlar  maqomidan  farq  qiladi. 
Umumiy 
xalqaro 
huquqqa 
binoan 

xalqaro 
shartnomalarning 
tomonlaridan biri bo’la oladi. Bundan kelib chiqadiki, Vatikanning xalqaro 
shartnomlarda  tomonlardan  biri  bo’la  olishi  umumiy  tarzda  tan  olingan. 
Lekin  shunga  qaramay  Vatikan  siyosiy  va  iqtisodiy  shartnomalarda 
ishtirok  etmaydi.  U  odatda  ko’p  tomonlama  umumiy  masalalarga  oid 
bo’lgan  shartnomalarda  ishtirok  etadi  (asosan  gumanitar  masalalar). 
Ikkitomonlama  shartnomalari  esa,  ikkinchi  tomon  hisoblangan  davlatning 
katolik  cherkovi  qoidalarini  tartibga  solishga  bog’liq  bo’lgan  normalarni 
o’z ichiga oladi
3

Bir  qator  davlatlar  Malta  ordenini  ham  sub’ekt  sifatida  tan  oladilar, 
shuning uchun ham bu kabi sub’ektlar erkin shahar bo’lishi ham mumkin. 
Tarixda ular koloniyalar va ularning ittifoqdoshlari bo’lgan. 
                                                 
1
  Mazkur  qoida  davlatlarning  xalqaro  huquqqa  zid  xarakat  uchun  javobgarligi  moddalarida  o’z  tasdig’ini  topgan  (10 
modda).  
2
 Report of the ILC. XVI session (A/5209). P. 5. 
3
 Parry and Grant. Encyclopedic Dictionary of International Law. N.Y., 1986. P. 158. 
Vatikan  –  shahar  davlat,  rasmiy  nomi  “Muqaddas  Qirollik”  (Holy 
See)  –  Rim  katolik  cherkovining  markazi  hisoblanadi.  Vatikan  davlati 
shartnomalar tuzadi, biroq ular “Muqaddas hukm (qaror)” sifatida qabul 
qilinadi.
 


49 
 
Erkin  shahar  –  cheklangan  xalqaro  huquq  sub’ektlilikka  ega  bo’lgan, 
o’ziga  xos  xususiyatli  siyosiy-huquqiy  tuzilma.  Xalqaro  shartnomalarda 
mustaqil ravishda ishtirok etuvchi erkin shaharlar tarixdan  ma’lum. Bular 
Buyuk  Novgorod,  Pekov  Gamburg,  Bremen,  Lyubek  va  boshqalardir. 
Umumiy olib qaraganda ularning maqomi boshqa davlatlarniki kabi bir xil 
edi.  XIX  asrdan  boshlab  erkin  shaharlarning  alohida  maqomi  shakllandi. 
Bu  maqom  munozarali  hududlar  masalalarini  tartibga  solishda 
foydalaniladi.  
Masalan,  1815  yil  Buyuk  hukmron  davlatlarning  o’zaro  munozaralari 
kuchaygan  davrda  Krakovni  Vena  traktati  Rossiya,  Avstriya  va  Prussiya  homiyligi 
asosida “erkin va mustaqil” shahar deb e’lon qildi
1

Birinchi  Jahon  urishidan  so’ng  g’olib  tomonlar  Polshaga  Dantsig 
(Gdanska)ni  qaytarish  da’vosini  rad  etdilar.  1919  yildagi  Butundunyo 
Versal  tinchlik  shartnomasi  Dantsigaga  Millatlar  Ligasi  chegarasidagi 
erkin shahar maqomini berdi (100-108 moddalar).  
Xalqaro  tashkilotlarning  roli  xalqaro  shartnomalar  huquqi  sub’ekti 
sifatidagi faolligining o’sishiga olib keladi. Hozirgi kunda tashkilotlarning 
xalqaro huquqiy sub’ektililigi umum e’tirof etilgan. Bu holat Xalqaro Sud 
tomonidan ham bir necha bor ta’kidlangan
2

 
Bu  vaziyatda  tashkilotlar  huquqiy  sub’ektliligi  muhim  o’ziga 
xosliklari,  ularning  maxsus  xarakteri  (xususiyati)  belgilangan.  Xalqaro 
huquqning  sub’ekti  hisoblangan  xalqaro  tashkilotlar  shartnomalar 
huquqining  ham  sub’ekti  hisoblanadi.  Vena  Konvensiyalarida  shunday 
deyiladi:  “Xalqaro  tashkilot  hukumatlararo  tashkilotlarni  anglatadi  (2-
modda).  Aslida,  a’zolari  hukumat  emas  davlat  bo’lgan  hukumatlararo 
tashkilot nazarda tutilmoqda.  
Davlatlar va tashkilotlarning tuzadigan shartnomalari yaxlit bir huquq 
bilan  boshqarish  imkonini  beruvchi  ko’plab  umumiy  xususiyatlarga  ega 
ekanligida  aks  etadi.  Xuddi  davlat  singari  tashkilotlar  ham  o’zining 
idoralari va agentlari harakati uchun javobgardir.  
Bu holat Xalqaro Sudning Inson huquqlari Qo’mitasi maxsus ma’ruzachisining 
yuridik jarayonlarga nisbatan qiyosiy immuniteti ishi bo’yicha 1999 yil 29 apreldan 
Konsultativ xulosasida ta’kidlanadi
3

Nohukumat 
tashkilotlar 
deganda, 
siyosiy 
Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish