Mundarija.
Kirish…………………………………………………………………………….2
I. bob. Bessel funksiyalari. Telegraf tenglamasi.
1.1. Bessel funksiyasi va uning xossalari………………………..……….6
1.2. Telegraf tenglamasini keltirib chiqarish. …………………………..20
II. bob. Telegraf tenglamasiga qo’yilgan Koshi masalasini yechish.
2.1. Telegraf tenglamasi uchun Koshi masalasining qo’yilishi………….32
2.2. Koshi masalasini Bessel funksiyasi yordamida yechish……………42
Xotima………………………………………………………………………….48
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxat…………………………………………..49
Kirish
Ta’lim va ma’rifat tizimini takomillashtirish,
Mamlakatimiz kelajagi bo’lgan yoshlarni
Zamonaviy bilim olishga yo’naltirish,
Barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bog’liq
Ekanini biz yaxshi anglaymiz
Sh.M.Mirziyoev
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim soxasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib uning uchun katta miqdorda mablag’lar ajratiladi. Mamlakatimizda zamonaviy maktablar litsey va kollejlar talab darajadagi bino labaratoriyalar bilan jihozlangan oliy o’quv yurtlari vujudga keldi. O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarda rivojlantirish harakat harakat dasturida keltirilgan 5 ta ustuvor yo’nalishida 2017-yil 6-son 70-moddasida quyidagilarga e’tiborni qaratish ko’zda tutilgan.
Birinchidan,mavjud me’yoriy-xuquqiy xujjatlarni zamon talablari asosida takomillashtirish lozim.Ya’ni,ta’lim tizimiga qo’yilayotgan zamonaviy talablardan kelib chiqib,umumiy o’rta ta’limni tashkil etish to’g’risidagi normativ-xuquqiy xujjatlar qayta ko’rib chiqiladihamda “Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomi”ning yangi taxrirda qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Ikkinchidan,o’quvchi yoshlarni vatanparvarlik,yurt taqdiriga daxldorlik,qonunlarga xurmat ruxida o’stirish,zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi ma’naviy immunitetini mustaxkamlash,qa’tiy xayotiy pozitsiyaga ega qilib tarbiyalash borasida qator ustuvor vazifalar amalga oshiriladi.
Uchinchidan,umumta’lim muassasalarida fanlarni o’qitishning zamonaviy metodologiyasini yaratish va amaliyotga joriy etish asosida ta’lim-tarbiyasifati tubdan takomillashtirildi.Bu yo’nalish nixoyatda keng qamrovli bo’lib,uzviylik,uzluksizlik xamda kompetentsiyaviyyondashuv asosida umumiy o’rta ta’limning yangi davlat ta’lim standartlari (DTS) amaliyotga joriy etiladi.
To’rtinchidan,yutuq,maxoratli o’qituvchilarni tayyorlash,ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini islox qilish,kadrlar saloxiyatini yuksaltirish choralari ko’riladi.
Beshinchidan,maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish muxim stategik vazifalardandir.
Oltinchidan,xalq ta’limi boshqaruvi idoralari va ta’lim muassasalarida xujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustaxkamlash muhim vazifa sifatida belgilanadi.
Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish: Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;
ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko’rish;
maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish;
bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga, ularni musiqa hamda san’at dunyosiga jalb qilish maqsadida yangi bolalar sporti ob’ektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida
ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |