Halimova dilbar ibodullayevnaning ish tajribasidan


AHMAD AL- FARG‘ONIY (797-865)



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/63
Sana02.07.2022
Hajmi4,57 Mb.
#728949
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63
Bog'liq
Tarbiya-fanini-o‘qitish-qo‘llanma (1)

AHMAD AL-
FARG‘ONIY (797-865) 
 
Farg‘onada tavallud topgan buyuk astronom, matematik va 
geograf. Sharqda “Hisob” (matematik) degan laqab olgan. Ilm yo‘lida 
Bog‘dodga ketib qoladi va shu yerda yashaydi. Xalifa Ma‘mun
(813-
833) davrida Bog‘dodda va Damashq yaqinidagi rasadxonalar 
uning 
rahbar
ligida qurilgan. “Ma’mun akademiyasi”da ko‘plab 
kashfiyotlar qilgan. 812- yilgi quyosh tutilishini oldindan aytib bergan, 
yerning dumaloqligini isbotlab bergan. Nil daryosi s
uvini o‘lchaydigan 
yangi asbob “miqyos jadid”ni yaratdi. Uning astronomiyaga oid asarlari 
XII asrdan Evropa tillariga tarjima qilinib, bir necha asrlar mobaynida 
Sharq va G
‘arb olimlari tomonidan qo‘llanma sifatida ishlatib kelingan. 
Bog‘dodda vafot etgan.
Al-
Farg‘oniyning asosiy astronomik asari «Samoviy harakatlar va 
umumiy ilmi nujum kitobi» («Kitob al-harakat as-samoviya va javomi’ ilm 
an-
nujum») XII asrda Ovro‘poda lotin tiliga ikki marta va XIII asrda 
boshqa Ovro‘po tillariga ham tarjima qilinganidan so‘ng, uning 
lotinlashtirilgan nomi «Alfraganus» shaklida g‘arbda bir necha asr 
davomida keng tarqaladi.
Uning bu kitobi shu asrlar davomida Ovro‘po universitetlarida 
astronomiyadan asosiy darslik vazifasini o‘tadi. Al-Farg‘oniy asarining 
lotincha tarjimasi birinchi marta 1493-
yilda nashr etilgan bo‘lib, u eng 
qadimgi nashr qilingan kitoblardan hisoblanadi. 1669-yili mashhur 
Golland matematigi va arabshunosi Yakob Golius al-
Farg‘oniy asarining 
arabcha matnini yangi lotincha tarjimasi bilan nashr etganidan s
o‘ng, al-
Farg‘oniy va uning asarining Ovro‘podagi shuhrati yanada ortdi. Ovro‘po 
Uyg‘onish davrining buyuk namoyandalaridan biri bo‘lgan mashhur olim 
Regiomontan 
XV 
asrda 
Avstriya 
va 
Italiya 
universitetlarida 
a
stronomiyadan ma’ruzalarni al-Farg‘oniy kitoblaridan o‘qigan. Al-
Farg‘oniy nomini Dante (XV asr) va Shiller (XVIII asr) ham eslagan. 
Ovro‘po olimlaridan Dalambr, Brokelman, X. Zuter, I.Yu. Krachkovskiy, 
A. P. Yushkevich va B. A. Rozenfeldlar al-
Farg‘oniyning ijodini yuqori 
baholaganlar. 
Hozirgi kunda al-
Farg‘oniyning sakkiz asari ma’lum bo‘lib, ularning 
hammasi astronomiyaga aloqador va birortasi hozirgi zamon tillariga 
tarjima qilinmagan. Ular quyidagilardir: yuqorida tilga olingan asar, 


odatda uni «Astronomiya asoslari haqida kitob» nomi bilan ham 
atashadi, qo‘lyozmalari dunyo kutubxonalarining deyarli barchasida bor.
«Asturlob yasash haqida kitob» qo‘lyozmalari Berlin, London, 
Mashhad, Parij va Tehron kutubxonalarida, «Asturlob bilan amal qilish 
haqida kitob» birgana qo‘lyozmasi Rampurda (Hindiston), «Al-Farg‘oniy 
jadvallari» qo‘lyozmasi Patnada (Hindiston), «Oyning Yer ostida va 
ustida bo‘lish vaqtlarini aniqlash haqida risola» qo‘lyozmalari Gota va 
qohirada, «quyosh soatini yasash haqida kitob» qo‘lyozmalari Halab va 
Qohirada saqlanad
i. «Al-Xorazmiy «Zij»ining nazariy qarashlarini 
asoslash» asari Beruniy tomonidan eslatiladi, lekin qo‘lyozmasi 
topilmagan. 
Al-
Farg‘oniyning bu ro‘yxat boshidagi ikki asaridan boshqalari hali 
hech kim tomonidan o‘rganilmagan. Shubhasiz, ular o‘rganilib tahlil 
qilinishi bilan al-
Farg‘oniy ijodining yangi qirralari ochiladi va olimning 
o‘rta asrlarda, undan keyin Sharq va g‘arbda bu qadar mashhur bo‘lishi 
sabablari ham ayon bo‘ladi. 
Aytganimizdek, mazkur asarlarning birinchisi 1145-yildan boshlab 
lotin tiliga bir necha marta tarjima qilingan. Bu tarjimalarning barchasida 
al-
Farg‘oniy ismi lotinchada «Alfraganus» shaklida yozilib, shu shaklda 
fanga abadiy kirib qoldi. Al-
Farg‘oniyning bu asari astronomiyadan eng 
sodda darslik bo‘lib, unda murakkab geometrik shakllar va matematik 
formulalar, hisoblashlar keltirilmagan. Bu esa astronomiyadan 
boshlang‘ich ma‘lumotlarni o‘zlashtirishni ancha osonlashtirgan. Balki 
buyuk Regiomontan asarning shu xususiyatini anglab, o‘zining 
universitetlardagi ma
’ruzalari uchun qo‘llanma sifatida al-Farg‘oniyning 
ana shu asarini tanlagandir. Buyuk ajdodimizning bu asari Ovro‘po 
Uyg‘onish davridagi va undan ancha keyingi davrdagi madaniyat 
rivojida sezilarli rol o‘ynadi. Asarning iqlimlar nazariyasiga ko‘ra bayon 
qi
lingan geografik bo‘limi diqqatga sazovordir. Mamlakat va 
shaharlarning nomlariga qaraganda, al-Fargoniy al-Xorazmiyning 
geografik asari bilan tanish bo‘lgan yoki u ham al-Xorazmiy foydalangan 
manbadan foydalangan, chunki ikkala muallifda ham bu nomlar bir xil. 
1998-yil oktabrda buyuk Vatandoshimizning 1200 yillik yubileyi 
yurtimizda keng nishonlandi. 



Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish