Halimova dilbar ibodullayevnaning ish tajribasidan


MAHMUD ZAMAXSHARIY (1075-1144)



Download 4,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/63
Sana02.07.2022
Hajmi4,57 Mb.
#728949
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63
Bog'liq
Tarbiya-fanini-o‘qitish-qo‘llanma (1)

 
MAHMUD ZAMAXSHARIY (1075-1144) 
 
 
Mashhur olim, mufassir, tilshunos, shoir va yozuvchi. Xorazmning 
Zamaxshar qishlo
g ‘ida tug‘ilgan. Urganch, Buxoro madrasalarida ta‘lim 
oladi. Bu yerdan Xuroson va Isfahonga boradi. Saljuqiylar saroyida 
xizmat qiladi. X
orazmga qaytib, qattiq kasal bo‘lib, bir oyog‘idan ajraladi.
Sog‘aygach, ilm olish uchun Bog‘dodga jo‘naydi, u yerdan Makkaga 
o
‘tadi. Ikki yildan keyin vataniga qaytib, bir qancha vaqt o‘tgach
Shomga va yana Makkaga boradi. Makkada yashab u yerda tafsirga oid 
“al-Kashshof” (Oshkor qiluvchi) asarini tugatadi va “Jorulloh” (Ollohning 
qo‘shnisi), “Arablar va g‘ayri arablar ustozi”) unvoniga ega bo‘ladi. So‘ng 
yurtiga qaytib Xorazmda vafot etadi. 
Mahmud Zamaxshariy 50 dan ortiq asar yozib qoldirgan. Eng yirik 
asarlari - 
“Al-Kashshof”, “Asos al-balog‘a” (Balog‘at asoslari), “Al-Foiq fi 
yoarib-il-h
adis” (Hadislardagi notanish so‘zlarni o‘zlashtiruvchi), “Al-
Muf
assal” (Arab grammatikasiga bag‘ishlangan), “Muqaddimat ul-adab”
(Xorazmshoh Otsizga bag‘ishlangan), “Tog‘lar, joylar va suvlar 
haqida kitob”, “Notiqlik asoslari”, “Aruzda o‘lchov”. 
 
ALISHER NAVOIY (1441-1711) 
 
 
1441-yili Hirotda taniqli barlos bahodiri xonadonida dunyoga 
kelgan. U yoshligidanoq nihoya
tda zakovatli va zehnli bola bo‘lgan. 
Uning besh yoshida yozgan g‘azaliga taniqli o‘zbek shoiri Lutfiy o‘z 


vaqtida katta baho bergan edi. Yoshligidanoq u temuriy shahzoda 
Sulton Husayn bilan do‘st bo‘lib, keyinchalik ular Xuroson hokimi 
Abulqosim Bobur (1451-
1457) xizmatida birga bo‘lganlar. Husaynning 
xizmat davrida Alisher Navoiy Mashhad va Hirot madrasalarida tahsil 
ko
‘radi. Keyinchalik Movaraunnahr hokimi Sulton Abu Said tazyiqi bilan 
Samarqandga ketishga majbur bo‘ladi va u yerda ikki yilcha turib, o‘z 
bilimini yanada takomillashtiradi. 1469-yili Xuroson taxti Sulton 
Husaynga tekkandan so‘ng, uning taklifi bilan Alisher Navoiy Hirotga 
kelib, avval muhrdorlik, so
‘ngra vazirlik lavozimida faoliyat ko‘rsatadi.
Jumladan, Alisher Navoiy o‘zining vazirlik lavozimini egallagan 
vaqtida (1472-1476) mamlakatda iloji boricha osoyishtalik va adolat 
o‘rnatishga harakat qiladi. Uning hatti-harakatlari natijasida shaharlar 
yuksal
adi. Suv chiqarilib, ko‘pgina yerlar obod qilindi, hunarmandchilik 
va savdo-sotiq ishlari yanada rivojlandi. Navoiy ilm-fan, ma
’rifat va 
madaniyat ahliga shaxsan o‘zi homiylik ko‘rsatdi. Garchi toju-taxt uchun 
kurashlarda va fitna-nizolar natijasida Navoiyning Sulton Husayn bilan 
oralari bir oz sovugan bo
‘lsa-da, lekin Navoiy umrining oxiriga qadar 
davlatni
ng tayanch shaxslaridan biri bo‘lib qoladi. Jumladan, u vazirlik 
lavozimidan ketar e
kan, sulton Navoiyga shohona to‘n kiygizib, uning 
hech bir iltimosi hech qachon yerda qolmasligini aytadi.
Alisher Navoiyning birgina o
‘zi 300 tadan ziyod turli qurilish, 
obodonchilik ishlariga bosh-qosh bo
‘ladi. Hirotdagi Injil daryosi bo‘yida 
uning qurilish ishlari uchun maxsus yer ham ajratib beriladi. U barpo 
etgan Hirotdagi "Ihlosiya", "Shifoiya" majmualari, Tus viloyatidagi 
Turuqband suv ombori va k
anali, Hirot va Mashhaddagi sug‘orish 
inshootlari, Astroboddagi saroy va masjid, Marvdagi madrasa shular 
jumlasidandir. Shaxsan uning mablag
‘lari hisobidan 52 ta rabot, 19 ta 
hovuz, 16 ta ko
‘prik, 9 ta hammom va boshqalar qurildi. Shuningdek, 
Navoiy butun Xuroson
da 12 tadan oshiq ahamiyatli bo‘lgan va 
ta‘mirlanishga muhtoj masjid, minora, rabot va boshqalarni ta’mir etib 
o‘z holiga qaytaradi. Jumladan, Navoiy ta’mir etgan Hirotdagi Jome’ 
masjidi hozirgi kunga qadar Hirot shahrining go
‘zal inshootlaridan biri 
hisoblanadi.
Alisher Navoiy homiyligi ostida Sharq miniatyurasi maktabining 
yetuk namoyondasi "Sharq Rafaeli" nomini olgan Kamoliddin Behzod, 
taniqli tabiblar Abdulhay Muniy, Darvish Ali, hattotlardan - Sulton Ali 
Mashhadiy, musiqachilardan-Husayn Uddiy, shoir va tarixchilardan-
Sohib Doro, Muhammad Nizomiy, Kamoliddin Binoiy, Davlatshoh 
Samarqandiy, Husayn Voiz Koshifiy, Mirxond, Zayniddin Vosifiy, 


Muiniddin Muhammad Isfizoriy va boshqalar yetishib chiqdilar. Alisher 
Navoiy ilk bora o
‘zga shoirlardan farqli ravishda turkiy tilda
1483-1485-yillarda beshta dostondan iborat "Xamsa" asarini yozdi. 
Navoiy o‘z ona tili ko‘rkamligi va jozibadorligini asarlarida namoyon etdi. 
"Xazoyinul maoniy", "Lison ut- tayr", "Mahbub ul qulub", "Majolisun 
nafois", "Munshaot", "Muhokamatul l
ug’atayn", "Mezonul avzon" va 
boshqalar eng yirik asarlaridir. Bular o’z ichiga tarixiy, falsafiy, axloqiy 
mezonlarni olib, ularda insoniyatga xos bo’lgan barcha ijobiy xislatlar 
ulug’lanadi. Navoiy o‘z asarlarida Vatanga, tug‘ilib o‘sgan yeriga 
nisbatan buyuk muhabbatni kuylaydi. 
Navoiyning o
‘zi esa barkamol, komil inson qiyofasi uchun buyuk 
ramzdir. Ulug’ shoirning o‘lmas merosini o‘rganish mustaqillik yillarida 
o
‘zining haqiqiy darajasiga chiqdi. Adibning barcha asarlari qayta chop 
etildi. Hukumatimiz qaroriga binoan, xalqimizning buyuk mukofoti 
ramzida Navoiy nomidagi d
avlat mukofoti ta’sis etildi. O‘lkamizda 
Navoiyning ulug‘ nomini bilmagan zot yo‘qdir. Birinchi Prezidentimiz 
tashabbusiga ko‘ra, 1991-yili Alisher Navoiyning 560 yilligi juda katta 
tantanalar bilan nishonlanib, shoirning mahobatli haykali xalqimizning 
muqaddas ramzi sifatida p
oytaxtimizning markazida qad ko‘tardi. 
XV asrning zabardast o‘zbek shoirlari ichida, shuningdek Lutfiy, 
Durbek, Sakkokiy, Gadoiy, Atoiy va boshqalarning ham nomlari 
ma’lum 
va mashhur bo‘lgan. Jumladan, Navoiydan avval eng mashhur turkigo‘y 
shoir Lutfiy (1366-1465) bo
‘lgan. Uning o‘z vaqtida 20 dan ziyod ajoyib 
asarlari mayjud bo‘lib, bizgacha faqat mashhur "Gul va Navro‘z" va 
g‘azallar devoni yetib kelgan xolos. 
Bu davrlarda shuningdek, Sharafiddin Ali Yazdiyning (1454-yili 
vafot etgan) Temur tarixiga bag‘ishlangan, Nizomiddin Shomiydan so‘ng 
yozilgan bir xil nomdagi "Zafarnoma" asari yaratildi. Fors-tojik 
adabiyotida, ayniqsa, mashhur shoir va olim, Navoiyning zamondoshi 
hamda do‘sti Nuriddin Abdurahmon Jomiyning (1414-1492) roli buyuk 
bo‘ldi. Jomiy va Navoiyning do‘stligi esa, tarixda xalqlarimiz 
ittifoqligining buyuk ramzi bo
‘lib qoldi. 



Download 4,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish