va Sharq Arastusi unvoni berildi. Forobiy musiqa sohasida ham
bilimdon bo‘lib, juda ko‘p kuylar yaratgan, hatto musiqa kuylarini harflar
bilan ifodalash (nota)ni dastlab Forobi
y topgan va “qonun” degan
cholg‘u asbobi yaratgan.
Abu Nasr Farobiy ilm istab Samarqand, Buxoro, Hirot, G‘azna,
Harron, Shom va
yana ko‘plab musulmon shaharlarida bo‘ldi. Abu Nasr
Farobiy hijriy 336-yilda Damashq yaqinidagi
qishloqlarning birida vafot
etdi.
Abu Nasr Farobiy 260 dan ziyod ilmiy ish yaratdi. Ulardan ayrimlari
quyidagilardir:«Risola fi A’za il Inson», «Risola fi A’za al-Hayvon»,
«Risola fir-Raddi ala Jolinus fima Nakaza fiha Aristotelis», «Kitobun fi
Aroi ahlil Madiynatil Fazila», «Risola fil millatil fazila», «Ta’liyqot»,
«Risola fi Tahsilis-Saodat», «Risola uyunul-masoil», «Risola al-
Mufarraqot», «Risola fi Masnil aql» va hokazo.
Farobiyning kitoblari ikki turga taqsimlanadi. Birinchisi, falsafa va
boshqa sohalarda yozgan kitoblari. Ikkinchisi Aflotun, Arastu va ularga
ergashganlarning kitoblariga yozgan sharhlari. Ba’zi
tadqiqotchilar
mazkur kitoblarning soni qirq donaga yetganini aytadilar.
Farobiy o‘zining falsafiy faoliyatida Aflotun va Arastu hamda yunon
falsafasi va Islom diyni tushunchalarini muvofiqlashtirishga qattiq
uringan. Uning o‘zi diynini mahkam tutadigan musulmon bo‘lgan. Shu
bilan birga, u Aflotun va
Arastu mazhabiga o‘xshash falsafiy mazhabga
asos solgan birinchi musulmon faylasufdir.O‘sha paytda Aflotunning
«at-Tosu’ot» nomli kitobi tarjima qilinib xato tariyqasida Arastuning
kitobi deb bilingan edi. Arabchada «Rububiyat» nomi bilan mashhur
bo‘lgan bu kitobni o‘qigan Farobiy Arastuning fikrlari xuddi Aflotunnikiga
o‘xshar ekanligiga hujjat va dalil topilganidan xursand bo‘lgan va
mazkur ikki faylasufning boshqa kitoblarini ham muvofiqlashtirish uchun
harakat qilgan.
Farobiy ham Aflotunni, ham Arastuni bir xilda yaxshi
ko‘rar va qadrlar edi.
Shu bilan birga, bu ikki shaxsning fikrlari bir-
biriga zid bo‘lishini
tasavvur qila olmas edi. Uning «Al-Jam’u bayna ra’yay al-Hakimayni
Aflotun al-
Ilohiy va Arastutolis»–«Ikki hakim–Aflotun
ilohiy va
Arastularning
fikrlarini jamlash» deb atalgan kitob Farobiyning bu
borada olib borgan harakatining gultoji hisoblanadi.
Farobiy o‘zining bu ishi ila birinchi bo‘lib Islom olamida Aflotun
falsafasining tarqalishiga sabab bo‘ldi. Shu bilan birga, xuddi shu
ishning o‘zi musulmon faylasuflarga yunon falsafasini diniy masalalarda
tap tortmay ishlatishga yo‘l ochib berdi.