Halima ahmedova ijodi


HALIMA AHMЕDOVA SHE’RLARI



Download 157,5 Kb.
bet6/7
Sana21.01.2022
Hajmi157,5 Kb.
#397049
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hozirgi adabiy jarayon va yangi o`zbek adabiyoti mus ish. Kasimov

HALIMA AHMЕDOVA SHE’RLARI

Halima Ahmedova she`riyatidagi go`zallikni tahlil qilar ekanmiz, lirik pafos tabiat manzarasiga, ishqqa, insonning nurday toza, botiniy bir pokligiga oshuftalik tarzida aks etganiga amin bo`lib bordik.

Umuman, she`r bu inson ichki olamining rango-rang tasviri ekan va bir soniyaning o`zida goh qayg`uli, goh sevinchga yo`g`rilgan hislarni boshdan kechirar ekanmiz, bu narsani she`rda ham o`z aksini topishi tabiiy: boshlanishida bizga lirik kayfiyat bag`ishlab turgan she`r yakuniga borib sentimentallik uygotishi yoxud sentimental kayfiyat dramatik pafosga ham aylanib ketishi mumkin. Chunki



«qalb»—o`zgaruvchan ekan, har lahzada turli tuyg`uni his qilish also ajablanarlimas. Biz Halima Ahmedova she`riyatidagi pafos turlarini tahlil etish jarayonida ko`plab misollarga duch keldik. (Masalan, lirik pafos namunasi sifatida ko`rib o`tganimiz—»Ro`mol» she`ridagi tuyg`ular yakunda sentimentalikka o`tib, bizda qandaydir anduh paydo qiladi.) Shunday ekan, faqat bitta she`rda aynan bitta pafos turi ham, bir necha pafos turi ham mavjud bo`lishi mumkin degan o`yga

bordik. Bu ham, albatta, she`rdagi kechinmaning bizda uyg`otadigan kayfiyati bilan bog`liq.


MUNOJOT

Ey dard, ko‘zlarimga solmagin parda,index.jpg

Men yongan otashning kulimasmi sen?!

Yoshligimning ishqqa to‘lgan kunlarin —

Javobi, ham so‘lg‘in gulimasmi sen?!
Fursat ber, ko‘nglimni yuvay tong bilan,

Shudringga tuldiray ko‘zim jomini.

Shuncha yashab hali topganimcha yo‘q,

Afsungar va dilbar xayot nomini.


Tunning daraxtida pishgan olmalar —

Yulduzlar hididan aylanar boshim…

Agar, oshiq bo‘lsang miskin jonimga,

Ko‘nglingga kelmasin achchiq ko‘z yoshim.


Ey dard, yolvoraman

Alloh ishqila,

Qorong‘u nigohim etgil munavvar.

Bedard shamol kabi kezay bog‘larni,

Kuyosh ufklardan keltirsa xabar.
Osmonga yuksalgan daraxtlar kabi

Zumrad havolarni tuyib yashayin.

O‘limdan qo‘rqmagan maysalardayin —

O‘zimni bir bora suyib yashayin.

Ey dard, ko‘zlarimga solmagin parda…
VATAN

Men hech kimga ko‘tarmadim qo‘l,

Va hech kimga yetmas ziyonim.

Ammo sening oldingda tuproq,

Ayb qilganday titraydi jonim.
Rayhonlarga chulg‘anib ketgan —

Onam hidi keladi sendan.

Bilamanki xokisorginam,

Sen hech narsa kutmaysan mendan.

Malomatga qolib bu boshim,

Senga bag‘rim berib yotgan chog‘.

Yupatding ham, tushunding meni —

Do‘stu yaqinlarimdan ko‘proq


Men tug‘ilgan kunimdan boshlab,

Talpinganim sen bo‘lding, ishon.

Sening zarra-zarralaringda —

Haq jamoli bo‘ldi namoyon.

O‘zga tuproq tortmas dilimni,

Joynamozim o‘zing, cho‘kdim tiz.

Axir sendan yuragimgacha

Bog‘lab turar ilohiy ildiz.


Bolam deb xo‘p yayratding meni,

Imkon berding o‘ynab kulgani

Faqat meni o‘lgandan so‘ng ham —

Quchog‘ingga olsang bo‘lgani


***

Juda go‘lman,

Juda befahm,

Ishonaman, kim nima desa.

Hatto daraxt bo‘lishin aytib,

Aldab qo‘yar

Kichkina maysa.
Muhabbatning ko‘chalarida

Ming adashib aldanganim rost.

Yupataman o‘zimni goho:

Aldanish ham oshiqlarga xos.


G‘animlardan shikoyatim yo‘q,

Do‘stlar meni aldadi yomon.

Garchi umid, orzularimni

Mehr bilan etganman ehson…


Hayot esa qistaydi hamon:

Yaxshi kun bor oldinda,

Yugur…

Ko‘p aldanib charchagan ko‘nglim



Ne uchundir,

Bo‘lar behuzur.

***

Begunoh parvardigor,



Gunohkorman oldingda..

Maysalarga aylansam,

Qolamanmi yodingda?!
Rayhon bargi silkinib,

Yuz ochsa shabbodaga,

Shabnamga ko‘ngil bersam,

Qonamanmi bodaga?!


Ishq faslidan adashib,

Dil so‘rasa qaldirg‘och.

Karbalo dashti uchun

Jonim bo‘larmi xiroj?!


Subhidam kokillarin

Tarasa malak yog‘du.

Mendan umidin uzib,

Tashlab ketarmi qayg‘u?


Begunoh Parvardigor,

Gunohkorman oldingda

Halimadan voz kechsam

Qolamanmi yodingda…


Xayol kechalari qismat bog‘ida,

Yolg‘izlikda adashgan manmu?

Olloh, kaftlaringda bir kuni

Maysa bo‘lib egilamanmu?


* * *

Yomg‘ir kabi yog‘ilsa jonim,

Qarog‘larim bo‘larmikin jom?

Tig‘ urilgan bag‘rim qoniga

Yuragini chayarmu oqshom?
Men nur bo‘lib o‘psam jimgina,

Dil shahrining ertaklarini,

Tillarida so‘zlashamanmu

Onam qabrin chechaklarini?


Qushlar ko‘zin qorachig‘ida,

Asir etib ko‘milgan manmu?

O, jahannam otashi, sandan

Qochib, sanga intilamanmu?


Ko‘z yosh kabi silqigan jonni

Ichkanida ichikkan diydor,

Dil qonidan man sarhush o‘lsam,

Bandangmanmu, ayt, Parvardigor?!


Xayol kechalari qismat bog‘ida,

Yolg‘izliqda adashgan manmu?..


* * *

Ko‘ksimga qamadim haydalgan ishqni,

Kishanlar yasadim qorong‘u tundan.

Qonagan oyog‘in ko‘zimga surtib,

Bir yurak so‘radim telba Junundan.
Vujudni xokistar etdi alanga,

Yaproqni kuydirdi tiyra bo‘zlarim.

Qayta daraxt bo‘lib yuksatarmanmi,

Tuprokqa to‘lganda ishqli ko‘zlarim?


Yaratgan, azobing ichra ochildim,

Garchi nigohingda nihon edim man.

Zaminga xokistar bo‘lib qorishdim,

Qushlar ko‘zidagi osmon edim man.


Ko‘ksimga qamadim haydalgan ishqni,

Ashkim daryosidan yurakkinam nam.

Dilning ko‘z yoshini qurita olmas

O‘n sakkiz ming olam quyoshlari ham.


So‘ngagim ichida oqqan bahorlar,

Yo rab, muzlagaymi umrim so‘ngida?

Mening ishqqa to‘la o‘jar yuragim

Chirsillab yonmoqda ko‘zim o‘ngida.


Yongan yuragimni ko‘maman o‘zim,

Yaprokdar bandida qolar dog‘larim.

Bir kun daraxt bo‘lib yuksalsam, Olloh,

Meni tanigaymi kuzgi bog‘larim?!


* * *

Ufqlar ortida zangori yo‘l bor,

Balki u xayolim, balki afsonam.

Pokiza kunlarin shu yo‘lga boglab,

Kechmoqda qismatim — yo‘lovchi sanam.
Ufqlar ortida zangori yo‘l bor…

Yuragim vujuddan ketar sitilib,

Yashayman kimningdir yodidan qochgan –

Adashgan arvohday unga intilib.


Ufqlar ortida zangori yo‘l bor…

Ruhimni izlayman, qayda u, evoh?

Osmon, yulduzlarning qabrini ko‘rsat,

Unda ko‘milganmi ruhim begunoh?


Ufklar ortida zangori yo‘l bor,

O‘lim erk ustiga qadalgan tug‘dir.

Ketaman, qontalash ufq ortiga,

Xayolim munavvar, yo‘lim yorug‘dir.


Ufqlar ortida zangori yo‘l bor,

Hayqir, dalli dilim, sen nechun nigun?

Nega jim kechasan, la’livash qonim,

Sen kimni izisan, ko‘zimdagi mung?

Ufqlar ortida zangori yo‘l bor…
* * *

Tongotarda uyg‘oting meni,

Shudringlarni tinglayin bir oz.

Taskin beray yolg‘iz daraxtga

Yuragimning titrog‘iga mos.

Tongotarda uyg‘oting meni,

O‘qiy osmon ochgan kitobni.

Maysalarga yuzimni bosib,

Ular bilan kutay oftobni.

Tong, otarda uyg‘oting meni,

Chalay suvlar qo‘ng‘irog‘ini.

Kapalaklar uyidan topay

Bolaligim ko‘zmunchog‘ini.

Tong, otarda uyg‘oting meni,

Qizg‘aldoqni qo‘yay erkalab.

Har giyohga, har bitta gulag

Go‘zal tushdek boqayin yayrab.

Tong, otarda uyg‘oting meni,

Ko‘kdan so‘ray ishqning yo‘lini.

Ufqlarga ko‘mib kelayin

Sarkash Halimaning ko‘nglini.
* * *

Qadr degan bozorlarda meni arzon sotding, ey do‘st,

Suyagimni davralarning itlariga otding, ey do‘st.
Olloh slogan nazar edi, malakalardan xabar edi –

Gul ko‘nglimning sirlaridan to‘qib yotding, ey do‘st.


Men nur dedim nigohingni, savob balsam gunohingni –

Yuzimga qoralar chaplab, yana kulib qotding, ey do‘st.


Umidimni xarob aylab, ko‘zimni makrda boylab,

Jonimga gulxanlar joylab, dil qonimga botding, ey do‘st.


Halimani badnom etib, pinhon ajalini kutib,

Hasaddan zardoblar yutib, do‘zaxni uyg‘otding, ey do‘st.


* * *

Salom, boshim uzra aylangan xazon,

Keldingmi, ko‘nglimda etavergin sayr…

Ko‘zimga go‘dakdek jovdirab boqqan

Yam-yashil umidlar, xayr endi, xayr…
* * *

Agar gunohkorman — gunohim sensan,

Agar bepanohman — panohim sensan.

XULOSA

Har qanday ijodkor borki, uning tuyg`ulari tashqi olam yoki ruhiyat dunyosidagi evrilishlar ta‘siri orqali larzaga keladi. Bu larza alal-oqibat ijodkorda to`kilish, ijod qilish ishtiyoqini paydo qiladi. Mazkur ruhiy to`lg`oqlar oniy yoki bir martalik ta‘sirning natijasi bo`lib qolmasdan, u yillar davomida ham vujudga kelishi mumkin. Ijodkorga ta‘sir etuvchi omillar orasida, ya`ni ijodkrning turmushi, hayoti, atrfdagilar ta‘siri hamisha birlamchi bo`lib kelgan. Bu ta‘sir ijodkor badiiy asarlarida olar tasviri (she‘rda), obrazlar vositasida hayot ustidan chiqarilgan hukm tarzida nasrda va fikriy mushohada sifatida badiiy publitsistikada aks topadi.

Halima Ahmedova ijodini biz ham shoir, ham yozuvchi va badiiy- publitsist ijdi sifatida tadqiq etdik va kuzatishlarimiz natijasida shunga amin b`ldikki, bu ijodkor ijodi nisbatan murakkab va serqirradir. Halima Ahmedovaning lirik asarlarida pafos shakllari tragik, sentimental, dramatik va lirik pafos ko`rinishi, ifodasi tarzida namoyon bo`ladi. Garchi ijodkor uchun nazm va nasr bosh planda bo`lsa-da, ulardagi pafosning ko`pgina ko`rinishlari ijtimiy holat, ijtimoiy ta‘sir ifodasi bo`lib ro`yobga chiqadi. Halima Ahmedovaning barcha turdagi ijodiga shu narsa xoski, unda asosiy qahramon bu o`z-o`zini tadqiq etayotgan «men». Halima Ahmedovaning badiiy-publitsistikasidagi «men» haqiqatlarini bilishga y`naltirilgan pafos bevosita bugungi kun ijtimoiy insonining ham haqiqatlarini anglashga xizmat qiladi. Zeroki, publitsist shu davrning, shu ijtimoiy muhitning vakilidir.

Halima Ahmedova ijodiga xos dunyoga hissiy-emtsional munosabatning mazmuni ko`pincha tushkun, ya‘ni sentimentaldir. Bu mazmun, pafosning boshqa ko`rinishlari ham shoirning o`zigagina xos bo`lgan ifoda yo`sini, ohang va uslub bilan yuzaga chiqadi. Yuqoridagilar asosida shunday xulosa qilish mumkin:



  • Halima Ahmedova ijodidagi qahramon pafosi muallif va asar pafosini ham ifoda etib, u xarakter tarzida na‘shu na‘mo topishi mumkin;

  • Bu ijodkor ijdidagi asosiy motivlar „kutgan yor-kelmagan yor“, „beshavqat taqdir“, inson sha‘ni, qadr-qimmati motivlaridir. Bu motivlar Halima Ahmedova pafosi umuminsoniy asosolari bilan bog`liq;

  • Halima Ahmedova ijodidagi pafosning milliy asoslari nasrida taqdir motivi asosida namoyon bo`lsa, badiiy publitsistikasida muallif kategoriyasini belgilovchi milliylik, psixik-arxetip omillari bilan yuzaga chiqadi;

  • Davr voqeligiga munosabatning publitsistik talqini so`z obrazi va badiiy obraz yordamida ifoda topgan. So`z obrazi insonning ichki holatlarini akslantirish vazifasini bajarib, bu holat asosan tabiatga muqoyasa qilinadi. O`xshatish , istiora, majoz tabiatdan olinadi;

  • Badiiy obrazga xos o`ziga xosliklar ichida kichik novella, reportajnamo lavhalarning ko`pligi va so`z obrazi yordamida ifoda topgan obrazli xarekteristika bu ijodkor ijodida yetakchi o`rin tutadi;

  • Halima Ahmedova ijodidagi so`z obrazi va badiiy obrazlilik muallifning ichki olami haqiqatlarini tadqiq etishga bo`ysundirilgan;

Halima Ahmedova nasrida va badiiy- publitsisstik asarlarida ham “men” ini chulg`agan oqilona mazmunning butun bo`y- basti bilan qaror topganiga guvoh bo`ldik. Ijodkorning tahlilga tortilgan nasriy va publitsistik asarlarida xatokorlik tuyg`usi ijodkorning butun vujudini qamrab olgani va qalbini qudratga keltirgan degan to`xtamga keldik.

Download 157,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish