1. BOB. UMUMIY PSIXOLOGIYaNING METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. Psixologik qarashlarning paydo bo„lishi va uning xorij psixolog olimlari
tomonidan o„rganilishi.
―Psixologiya o‗zining muammolarini hayotdan olishi kerak,
u oddiylikdan murakkablikka qarab borishi kerak‖-
Fress.
Psixologiya fan sifatida jahonning barcha mamlakatlarining o‗quv yurtlarida (meditsina,
pedagogika va boshqa oliy o‗quv yurtlarida, kasb xunar kollejlarida va ayrim davlatlarning
maktab ta‘limidagi yuqori sinflarida AQSh) o‗qitiladi. Xorijiy mamlakatlarda Garvard
Kolumbiya, Stanfort (A.Q.Sh), Kembridj, Oksford, London (Buyuk Britaniya), Mokreol
(Kanada), Parij (Fransiya), Berlin (G.D.R), Praga (Chexoslovakiya) Vorshava (Pol‘sha)
universitetlari psixologiya ta‘limining mashxur markazlaridir. Psixologiya sohasidagi qarashlar
o‗z navbatida ma‘lum bir ta‘limotni ilgari surishga asos bo‗lgan. Jumladan psixologiya fanida
gumanistik g‗oyalarni tadqiqot qilish ishlari chet-ellarda, asosan, AQSh da «Gumanistik
psixologiya» deb nomlangan mustaqil sohada, ilmiy yo‗nalishda Sh.Byuler, (aqliy tarakkiyot)
A.Maslou (extiyojlar,
yuksak xislar, ierarxiya), (K.Rodgier o‗z-o‗zini anglash va
takomillashtirish), R.Olport (psixik rivojlanish) kabilarning asarlarida o‗z ifodasini topgan edi.
Mazkur yo‗nalish namoyondalarining ta‘limotlarida shaxsning o‗zini-o‗zi takomillashtirish,
o‗zini-o‗zi faollashtirish, o‗zligini anglash, o‗z ichki imkoniyatlarini to‗la ro‗yobga chiqarish
g‗oyalari aks etgan bo‗lib, insonlarda adolat tuyg‗usi, vijdonlilik, insonparvarlik, maslak,
go‗zallik va xaqqoniylik xislarini shakllantirishga qaratilgandir. Bu bilan ular psixologiya fani
rivojlanishida ma‘lum tushunchalarni asoslashga yordam berganlar. Lekin ularning e‘tibordan
chetda qolgan zamonaviylikni biz o‗z tadqiqotimizning mag‗ziga aylantirishga xarakat qildik.
Gumanistik psixologiya sohasining muxim tomonlaridan yana biri – bu shaxsning muhim
jihatlaridan passiv inson sifatida tadqiqot ob‘ekti singari tasavvur etmasdan, balki uning
hamkorlik faoliyati, shaxslararo munosabatning teng xuquqli a‘zosi ekanligini tan olinganlikdan
iboratdir. Lekin bu ta‘limotning zaif tomonlari ham mavjud bo‗lib, u narsa insonning
biopsixologik shart-sharoitlarning o‗rniga ortiqcha baho berganligida namoyon bo‗ladi.
Vaxolanki, inson ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy muhit bo‗lib hisoblanadi. Shunga
qaramasdan, xozirgi davrda ham gumanistik psixologiyaning ilg‗or g‗oyalari, tizimi, tadqiqot
uslublari o‗z dolzarbligini saqlab qolgandir. Gumanistik psixologiya namoyondalari to‗plangan
natijalarini milliy psixologiya, ijtimoiy garmonal, muayyan muxit, xududiy xususiyatlardan kelib
chiqqan xolda taxlil qilish orqali oliy maktab ta‘lim-tarbiyasida gumanistik g‗oyalarni singdirish
imkoniyatini yaratadi. Barcha sohadagi kabi psixologiya fanlarini o‗qitish muammolarining ayrim
tomonlari bir qator jahon psixologlari tomonidan tadqiq etilgan, va izlanishlari asosida ma‘lum bir
10
usullarni yaratganlar. Ularning olib borgan izlanishlari bugungi psixologiya fanlarini o‗qitishda
asosiy vositalardan xisoblangan. Chet el olimlarining olib borgan izlanishlari bugungi kunda ham
o‗z ahamiyatini yo‗qotgani emas.Lekin nazariy taxlillar shuni ko‗rsatadiki psixologiya o‗qitishni
takomillashtirish muammolari yuzasidan deyarli kam ish qilingan
Do'stlaringiz bilan baham: |