Халқаро туризм


XIV-mavzu. QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISH



Download 1,06 Mb.
bet248/289
Sana17.07.2021
Hajmi1,06 Mb.
#121732
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   289
Bog'liq
Халкаро туризм дарслик 2018 умк 1398-6-29-14-47

XIV-mavzu. QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISH

XUSUSIYATLARI

Режа:


14.1. Jahonda qishloq turizmining shakllanish jarayoni

14.2. Qishloq turizmini rivojlantirishning xalqaro modellari va uni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash

14.3. Qishloq turizmini rivojlantirishda Yevropa davlatlarining dasturlari
14.1. Jahonda qishloq turizmining shakllanish jarayoni
XX – asrning ikkinchi yarmidan insoniyatning tarixiy – madaniy boyligi va tabiat resurslarini asrab – avaylashning muhimligi keng jahonda e’tirof etila boshlandi. Natijada qishloq turizmi jadal sur’atlar bilan rivojlana boshlandi. Hozirda esa odamlarning (turistlarning) mahalliy aholi bilan tanishuv va muloqatga kirishi, do‘stlashuvi, qishloq hayoti bilan hamnafas bo‘lish, qishloq xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanish, qishloq tabiati bag‘rida dam olish, sport bilan shug‘ullanish turizmda qishloq turizmining imkoniyatlari katta ekanligini isbotladi. So‘ngi yillarda esa qishloq turizmining ko‘p faoliyatligi natijasida dunyoda uning ommaviyligini tobora oshirib, kuchaytirib bormoqda. Qishloq turizmini ekologik turizmning bir tarmog‘i deb talqin qiluvchilar ham o‘zlarini haq deb bilishadi. Masalan, ekologik turizm ko‘p hollarda tabiat bag‘rida joylashgan qishloqlarda yuz beradi yoki turistlar turistik infratuzilmalar va turistik xizmatlarni ekotur vaqtida qishloq aholisidan sotib olishadi. Jahon ilmiy adabiyotida ekologik turizmning nomlanishiga e’tibor bersak, bu holatni tezda ilg‘ab olamiz:


  • yumshoq turizm (Soft Tourismus);

  • tog‘ turizmi (Mountain Tourismus);

  • tabiat turizmi (Nature Tourismus);

  • yovvoyi turizm (Wilderness Tourismus);

  • yashil turizm (Greyen Tourismus);

  • sarguzasht turizmi (Adventure Tourismus);

  • qishloq turizmi (Agro Tourismus);

  • ekoturizm (Yecotourismus).

Qayd qilingan turizmning barcha turlari ham nomlanishi ham albatta tabiat va uning resurslarini eslatib turadi. Qayd qilingan talablardan ma’lum bo‘ladiki, qishloq turizmi ko‘p faoliyatlari jihatidan ekoturizmdan ancha farq qiladi. Qishloq turizmida turistlar qishloq aholisi (fermer, dehqon, cho‘pon) bilan birga yashaydi, ko‘p hollarda birga ishlaydi, ularning turmush kechirishi, hayot tarzi bilan qiziqadi. Shu jihatlardan ham qishloq turizmini ekoturizmga qo‘shish noto‘g‘ri xulosalarni keltirib chiqaradi.

Qishloq turizmini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslarini o‘rganishdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:

Qishloq turizmi mehnat resurslarini qo‘shimcha, yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlashda katta imkoniyatlarni yaratadi;

Tabiat va tabiiy resurslardan foydalanishning yangi texnologiyalarini jalb qiladi;

Qishloq turizmi ekologik toza oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqishni ta’minlaydi;

Qishloq turizmi tabiat muhofazasida investitsiyalar kirishini axborotlaydi va qishloqda xizmatlar servisini takomillashtiradi;

Qishloq turizmi qishloqlarda mahalliy aholining ijtimoiy – iqtisodiy darajalarini o‘stiradi;

Qishloq turizmi mahalliy mahsulotlar, hunarmandchilikka keng yo‘l ochadi;

Qishloq turizmi tabiatni muhofaza qiluvchi mahalliy boshqaruvni rivojlantiradi va ma’naviy, moddiy jihatlar bo‘yicha rag‘batlantiradi;

Qishloq turizmi xalqlar o‘rtasida hamdo‘stlik aloqalarini yuzaga keltiradi;

Qishloq turizmi turistik resurslarni muhofaza qiladi, ta’mirlaydi va obodonlashtiradi;

Qishloq turizmi insonlarni ruhiy, jismoniy jihatdan dam oldiradi;

11. Qishloq turizmi dehqonchilik, bog‘dorchilik va chorvachilikni o‘rgatadi, bu sohalarning mahsulotlaridan manfaatdor bo‘lishni ta’minlaydi.


Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish