Қонунчиликда ва хорижий давлатлар амалиётида юридик шахсларнинг қандай турлари мавжуд?
G‘arb mamlakatlarida yuridik shaxslar ommaviy huquqqa va xususiy
huquqqa tegishli yuridik shaxslarga bo‘linadi. Bunda ommaviy huquqqa
tegishli yuridik shaxslarga davlat, ma'muriy-hududiy bo‘linmalar, davlat muassasalari, savdo-sanoat palatalari, ayrim davlat korxonalari kiritiladi. Germaniya huquqida (Germaniya Fuqarolik tuzuklari) yuridik shaxslar ittifoqlar va muassasalarga bo‘linadi. Ittifoqlar o‘z navbatida xo‘jalik ittifoqlari va noxo‘jalik ittifoqlariga bo‘linadi. Bunda ittifoqlar deb, ikki va undan ortiq muassasalar tomonidan ta'sis etiladigan turli xil tashkilotlar tushunilsa, muassasalarga yakka ta'sischi tomonidan ta'sis etiladigan yuridik shaxslar (xususiy firmalar) kiradi. Fransiya qonunchiligi yuridik shaxslarga klassifikasiya berar ekan, ularni asosan xo‘jalik jamiyatlari va assosiasiyalarga ajratadi. Xo‘jalik jamiyatlari-xususiy huquq yuridik shaxslari, assosiasiyalar esa-ommaviy huquq yuridik shaxslari hisoblanadi. Angliyada yuridik shaxslar korporatsiyalar (xo‘jalik faoliyatini yurituvchi yuridik shaxslar) va yakkahokim korporatsiyalarga bo‘linadi. AQShda yuridik shaxslar ommaviy, notijorat (non-profit corporations) va tijoratchi turlariga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasi FKning 40-moddasi yuridik shaxslarni, ularning maqsadiga qarab, tijoratchi va tijoratchi bo‘lmagan yuridik shaxslarga bo‘lib ko‘rsatadi.
Юридик шахснинг шахсий қонуни нималарни беллгилайди?
Ma'lum bir masalalar bo‘yicha, yuqorida ta'kidlanganidek, yuridik shaxslar o‘zlarining shaxsiy qonunlariga bo‘ysunadilar.
ЮРИДИК ШАХСНИНГ ШАХСИЙ ҚОНУНИ
– юридик шахс қайси мамлакатда таъсис этилган бўлса, шу мамлакатнинг ҳуқуқи мазкур юридик шахснинг қонуни ҳисобланади.
Инкорпорация назарияси моҳияти нимадан иборат?
Yuridik shaxsning shaxsiy qonunini belgilashda yagona fikr mavjud emas. Bu borada bir nechta doktrinalar mavjud. Shulardan, Inkorporatsiya doktrinasini ko'radigan bo'lsak, ushbu doktrinaga asos qilib yuridik shaxsning "millati" olingan. Bu yerda uning shaxsiy statuti bo‘lib u tashkil qilingan va ro‘yxatdan o‘tgan davlatning huquqi hisoblana di. Bu doktrina anglo-amerika huquqiy tizimiga mansub mamlakatlarda keng tarqalgan. Uning jiddiy kamchiligi shundan iboratki, bu yerda yuridik shaxsning tashkil etilishi va uning faoliyat ko‘rsatish joyi oralarida uzviy aloqa mavjud emas. Ma'lumki, yuridik shaxs bir davlatda tashkil etilsada, boshqaruv markazi boshqa davlatda bo‘lishi, asosiy faoliyatini esa umuman uchinchi davlat hududida amalga oshirishi mumkin. Bu esa yuridik shaxs o‘zining faoliyatini amalga oshirayotgan mamlakatning qonunchiligi tomonidan qo‘yilgan talablarini bajarmasligi holatiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |