Халқ таълими ходимлари малакасини ошириш тизимини ислоҳ қилишнинг долзарб



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/143
Sana01.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#522369
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   143
Bog'liq
4hiAMB9GJLCV3ZrOb6UReu8AJW6kuZM4N2T3iGi8

 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi «Pedagog 
xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi 1026-sonli qarori.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi 
tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3931-sonli qarori. 
3.
Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir 
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak – T.: « O‘zbekiston» , 2017 y. 
4.
Karimov I.A. Yangi hayotni eskicha qarash va yondashuvlar bilan qurib bo‘lmaydi. – 
Toshkent: O‘zbekiston, 2000. – 174 b. 
5.
Mardonov Sh.Q. Yangi ta’limiy qadriyatlar asosida pedagog kadrlarni tayyorlash va 
malakasini oshirish. – T.: Fan, 2006. 
6.
Po‘latov Sh.P. Umumiy o’rta ta’lim rahbarlari uchun metodik qo‘llanma. – T.: 2011. 
7.
Yo‘ldoshev J.G‘. Malaka oshirish – ta’lim-tarbiya omili. – Toshkent: O‘qituvchi, 
1993. – 136 b. 
 
 
 
 


107 
III-ШЎЪБА 
 
ХАЛҚ ТАЪЛИМИ МУАССАСАЛАРИ ПЕДАГОГ КАДРЛАРИНИ ҚАЙТА 
ТАЙЁРЛАШ ВА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШДА СИФАТ ВА САМАРАДОРЛИКНИ 
ТАЪМИНЛАШ МАСАЛАЛАРИ 
 
 
PISA XALQARO TADQIQOT DASTURINI AMALGA OSHIRISHDA 
LOYIHAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI 
 
M.T.Ergasheva.- 
A.Avloniy nomidagi XTTRMXQTMOI kafedra mudiri
 
Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bevosita ularning faoliyatida ro‘y beradigan 
o‘zgarishlar, motivlar, maqsadlar, yangi vositalarni qo‘llash, usullar hamda faoliyat dasturi bilan 
bog‘liq holda kechadi. Turli pedagogik o‘zgarishlar asosida o‘qituvchi faoliyati shakllanadi. 
Pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir 
bo‘lgan nufuzli rahbar, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ichki dunyosini tushuna oladigan, ichki 
dunyosi nozik va zaif bo‘lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashadigan, donolik va 
ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, chuqur ilmiy tafakkurga ega bo‘lgan shaxs hisoblanadi.
 
Bugun mamlakatimizda taʼlim sifatini baholashda yangicha xalqaro baholash dasturlari 
yordamida aniqlash va qiyoslashga asoslangan tizim shakllanmoqda. 
PISA o‘quvchining o‘qish, matematika va tabiiy fanlardagi bilim va ko‘nikmalarini 
baholashga qaratilgandir, chunki mazkur fanlar o‘quvchining davomiy ta’limida asos soluvchi 
fanlardir. Shuningdek, PISA o‘quvchining qiziqishi va motivatsiyalari haqidagi qimmatli 
ma’lumotlarni ham to‘playdi, va rasman muammolarni hamkorlikda yechish kabi
ko‘nikmalarini ham baholaydi, boshqa bog‘liq bo‘lgan muhim qobiliyatlar, masalan, global 
kompetensiyalarni baholash uchun ham imkoniyatlarni tekshirib ko‘radi. 
PISA dunyo bo‘ylab o‘quv dasturlarining mazmunini o‘rganadi va o‘quvchilarning 
muammolarni o‘rganish, tahlil qilishi va yecha olish, ularning bilim va ko‘nikmalarini amalda 
qo‘llay olish, muloqot qilish ko‘nikmalarini o‘rganadi. 
Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxon bo‘lgan shaxsda quyidagi kompetensiyalar shakllangan 
bo‘ladi: 

hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish

ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash; 

ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish; 
Hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasi texnologiyalar, tabiiy hodisa-
jarayonlarning izohlarinibilish, taklif qilish va baholash. Bunda quyidagi qobiliyatlar namoyish 
etiladi: 

tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan tegishli bilimlarni yodga olish va ulardan foydalanish; 

izohlovchi modellar va tasvirlarni anglash, yaratish va ulardanfoydalanish

tegishli bashorat (prognoz)lar qilish va asoslash; 

izohlovchi farazlarni taklif etish; 

ilmiy bilishning jamiyat uchun amaliy ahamiyatini tushuntirish. 


108 
Berilgan ilmiy tadqiqotda o‘rganilayotgan muammoni aniqlash ilmiy tadqiq etilishi 
mumkin bo‘lgan savollarni farqlash berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usullarini baholash 
berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usulini taklif etish ma’lumotlarning obyektivligi va 
ishonchliligini ta’minlashda olimlar tomonidan qo‘llaniladigan usullarni tavsiflash va baholash. 
Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasi – ilmiy tadqiqotlarni tasvirlash 
va baholash hamda muammolarni ilmiy asoslangan holda hal qilish yo‘llarini taklif etish. Bunda 
quyidagi qobiliyatlar namoyish etiladi: 

berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usullarini baholash

ilmiy tadqiq etilishi mumkin bo‘lgan savollarni farqlash; 

berilgan ilmiy tadqiqotdan o‘rganilayotgan muammoni aniqlash; 

ma’lumotlarning obyektivligi va ishonchliligini ta’minlashda olimlar tomonidan 
qo‘llaniladigan usullarni tavsiflash va baholash; 

berilgan muammoni ilmiy tadqiq etish usulini taklif etish. 
Ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish kompetensiyasi– turli ko‘rinishdagi ilmiy 
ma’lumotlar,dalillarni tahlil qilish va baholash hamda tegishli xulosalar chiqarish. Bunda 
quyidagi qobiliyatlar namoyish etiladi: 

ma’lumotlarni tahlil va talqin qilish hamda tegishli xulosalar chiqarish

ma’lum bir ko‘rinishdagi ma’lumotlarni boshqa ko‘rinishda ifodalash; 

ilmiy dalil va nazariyalarga asoslangan mulohazalarni ilmiy bo‘lmagan boshqa 
qarashlardan farqlay olish; 

ilmiy adabiyotlardan olingan matnlardagi faraz, dalil va xulosalarni aniqlash; 

turli manbalar (masalan, gazeta, jurnal, Internet)dan olingan ilmiy mulohaza va 
dalillarni baholash. 
Demak, biz o‘quvchilarda tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlikni rivojlantirishda ularda 
yuqorida sanab o‘tilgan kompetensiyalarni shakllantira olishimiz zarur. Natijada o`quvchilar 
tabiiy fanlar bo`yicha savodxonlik kompetensiyalarini o‘zlarida fanlarning mazmunini bilish, 
metodologik bilish, epistemik bilimlar asosida tabiiy fanlarni ilmiy jihatdan tushuna olishadi, 
hamda tabiiy fanlar sistemasiya`ni: fizika ,kimyo, biologiya, geografiya, geologiya, astronomiya 
fanlariga oid bilimlarni o‘zaro bog‘liqligini va bir-birini to‘ldirishi bo‘yicha ularda bilim 
,ko‘nikma va malakalar shakllanadi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish