Хаиткариева сабохат хашимовнанинг ўзбекистон тарихи фанидан



Download 0,6 Mb.
bet35/41
Sana13.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#792295
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
Bog'liq
Хаиткариева сабохат хашимовнанинг ўзбекистон тарихи фанидан

Reportaj
Axboriy publitsistikaning asosiy janrlaridan biri reportajdir. Reportaj
so‘zi lotincha reportare - yetkazib berish degan ma’noni bildiradi.
Reportaj - voqea, hodisalarni bevosita, jonli aks ettiruvchi, tezkor
yoritib beruvchi axboriy janr. Uning oddiy xabardan farq. shuki, xabarda
hayotdan olingan fakt, voqea, hodisalar umumiy, ya ш qayd etish tarzida
bayon etilsa reportajda fakt, voqea va hodisalar haqida bevosita, о sha
voqea, hodisa boiib oiayotgan paytda, shu voqea va hodisalar yuz
berayotgan joydan to‘ppadan-to‘g‘n xabar beriladi, boshqacha qilib
aytganda hayot voqealari qayd etiln13}'4^ balki harakatda, jonli
tasvirlanadi, hamda bu jarayonda jurnalist bevosita ishtirok etadi. Qisqacha
qilib aytganda reportaj — jonli axborotdir. Axborotning bu ommabop janri
bilan shug‘ullanuvchi, ya’ni reportaj yozuvchi (olib boruvchi) kishilarni
reportyor (yoki sharhlovchi) deyiladi.
Reportaj axborotning o‘ziga xos, jonli ko‘nmshi boiganligi boisidan
unda axborot berish, xabardor qilish bilan bir vaqtda tasvirlash, tahlil
qilish, xulosa chiqarish kabi x u s u s iy at! ar ham mavjud. Ya ni, reportajda
xabar, hisobot janrlarining ko‘rinishlari ham о z ifodasini topadi. Shu bilan
birgalikda unda fakt, voqea va hodisalar haqida ulaming ishtirokchilaridan
so‘rab-sunshtinsh, fikrlarmi bilish ham talab etiladi. Bu esa reportajda
suhbat (intervyu) janri xususiyatlari ha01 rsala(^ Voqea,
hodisalar haqida bevosita, to‘ppa-to‘g‘ri xabar berish, tasvirlash talab! esa
mazkur janrda badiiy adabiyotning hikoya janriga xos bo lgan tasviriy
vositalar ham qoilamlishmi talab etadi. Bu esa o ‘z navbatida jurnalistika
bilan adabiyotning bir-biriga yaqinligi, ikkalasi ham hayotni tasvir etishda
so‘zdan foydalanishidan kelib chiqadi- Ammo jumalistikaning boshqa
janrlari kabi reportajning bosh x u su siy at1- un8a 4° yiladigan asosiy talab
uning publitsistikligidir. Jurnalist (r e p o r te r ) reportajida avvalo jamiyatning
shu kuni, ayni zamoni uchun ijtimoiy ahamiyatli fakt, voqea va hodisani
tanlab oladi hamda unga shu kun, аУп! zamon nuqtai nazaridan
yondashadi, tasvirlaydi, tahlil qiladi v a jamiyat uchun zarur, kerakli
publitsistik xulosalar chiqaradi. Bu esa reportajda axboriy, xabardor qilish
xususiyati bilan birlikda unda m a iu m darajada tahliliy tomonlari ham
borhgini ko‘rsatib turadi. Ya’ni, r e p o r t a j sharh bilan yaqin turganligi
boisidan reportyorlami sharhlovchilar h^m deb yuritiladi.
Reportaj jamiyat hayotining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ishlab
chiqarish va madaniy-ma’naviy h a y o t i n i n g barcha sohalarini qamrab
olishi, o'zida aks ettirishi mumkin. Y a’ni, reportaj muhim ijtimoiy-siyosiy
voqealar yuz berayotgan joylardan, paxta dalalaridan, sanoat
korxonalaridan olib borilishi, ommaviy madaniy-ma’naviy tadbirlar,
masalan, bayramlar, sport musobaqalari haqida hikoya qilishi mumkin.
Shu bilan birgalikda reportaj kundalik, oddiy voqealar haqida emas, o‘z
ijtimoiy ahamiyat jihatidan yangilik bo‘lgan, endi voqea bo‘layotgan
ijtimoiy hodisalarni aks ettiradi.
Reportaj aks ettirayotgan obyekti nuqtai nazaridan voqiy reportaj,
mavzuiy (tematik) reportaj, muammoli reportaj, reportaj - sharh kabilarga
bo'I mad I. Voqiy (voqeaband) reportaj hayotda yuz bergan biror muhim
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy-ma’naviy voqea va hodisa haqida
hikoya qiladi. Bunga mamlakat hayotida yuz bergan muhim ijtimoiysiyosiy hodisalar — parlament majlisi, hukumat rahbarlarining rasmiy
safarlari va uchrashuvlari, yirik anjumanlar haqidagi reportajlar misol
bo'la oladi. Shuningdek, mamlakat hayotida yoki chet ellarda yuz bergan
muhim favqulodda hodisalar - urush ko‘rinishlari, terroristik hodisalar,
tabiat hodisalari va boshqalar haqidagi reportajlar ham shu turga kiradi.
Mavzuiy reportajlar esa ma’lum mavzuga bagishlangan bo‘ladi.
Masalan, jurnalist (reporter) jamiyat hayotidagi biror bir mavzu, masalan,
biror shifoxonaning faoliyati, ilmiy muassasalarda olib borilayotgan ilmiy
tadqiqot ishlari, yoki bolalarning yozgi dam olishlari kabi va boshqa
mavzulami o‘rganib, o'sha joylardan reportaj olib borishi mumkin.
Bunday reportajlar shu sohada olib borilayotgan ishlami yoritadi, turli
ilmiy, ishlab chiqarish jarayonlari haqida hikoya qiladi. Albatta, bu xil
reportajlarda ham bu janrning asosiy xususiyatlari, shu jumladan
publitsistik tadqiqot asosiy o‘rin tutadi.
Muammoli reportaj esa hayotning ma’lum bir ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy yoki madaniy-ma’naviy muammolami yoritishga bag‘ishlangan
bo‘ladi.
Masalan, jurnalist hayotda uchraydigan giyohvandlik, ichkilikbozlik
yoki biror boshqa noxush hollar haqida maxsus reportajlar tayyorlashi
mumkin. Bunda u shu sohadagi fakt, voqea va hodisalarni chuqur o‘rganib,
tahlil qilib bu muammolar haqida jamoatchilik fikrini uyg‘otishi mumkin.
Reportaj - sharh biror voqeani boshdan-oyoq tasvirlash, ko‘rsatishga
bag‘ishlanadi va o'sha voqeani sharhlab beradi. Bunga sport eshittirishlari,
futbol sharhini misol keltirish mumkin.
Reportaj qaysi ommaviy axborot vositasida berilishiga qarab gazeta
reportaji, jurnal reportaji, radioreportaj va telereportaj kabi xillarga
bolinadi. Bunda reportajning asosiy janr xususiyatlari saqlangan holda
o‘zida ommaviy axborot vositalarning turli ko‘rinishlarga xoslik ham
mavjud boiadi. Gazeta reportaji hajm jihatidan jurnal reportajidan farq
qilishi mumkin. Jurnal reportajida esa gazeta reportaji singari tezkorlik
talab etilmaydi, u biror voqea va hodisaning ichki mohiyatini ochib
berishga, ya’ni, chuqur tahlilga asoslanishi mumkin. Gazeta va jurnal
reportaji jurnalist (reporter)ning yuz bergan voqea va hodisani o‘z ko‘zi
bilan ko‘rib, voqif b o iib keyin uni so‘z bilan tasvirlab berishni talab qilsa
radio va telereportaj ko‘pincha to‘ppa-to'g‘ri efirga uzatiladi. Hayotni
suratlar vositasida yorituvchi fotoreportaj ham o‘ziga xoslikni, fakt, voqea,
hodisalarni sinchkovlik bilan topib, aks ettirishni talab etadi.
Reportajning qaysi xili bolm asin unda jurnalistning bevosita ishtiroki,
“men”i sezilib turadi. Chunki u real voqelik bilan o‘quvchilar
(tinglovchilar, tamoshabinlar) o‘rtasidagi vositachi, o‘ziga xos “kanal”
hisoblanadi. Ya’ni, o‘quvchi, radiotinglovchi, teletomoshabin boiayotgan
va hikoya qilinayotgan voqealarni jurnalist (reporter) ko‘zi bilan ko‘radi,
idrok etadi. Bu esa jumalistdan katta mas’uliyat va kasbiy mahorat talab
etadi. Reporter voqea va hodisalar haqida oddiy xabar beruvchi emas, balki
ularni tahlil etuvchi, baholovchi hamdir. Shu boisdan reportaj olib
boruvchi jurnalist o‘zi xabar qilayotgan, tasvirlayotgan voqeaning
mohiyatini yaxshi bilishi, barcha tafsilotlaridan xabardor boiishi lozim.
Masalan, hukumat rahbarlarining rasmiy safarlari, uchrashuvlar, yirik
anjumanlar va boshqa ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi reportajlarda zarur
m a’lumotlar oldindan tayyorlab qo‘yilishi lozim. Favqulodda voqealar,
tabiat hodisalari haqidagi reportajlarda esa garchi tasvirlanayotgan
voqcalaming qanday rivojlanishi, qay xilda tus olishi oldindan ma’lum
bolmasa-da, reportyor ularni ziyraklik bilan kuzatib borishi, biror muhim
tafsilotni ko‘zdan qochirmasligi, har bir ayrim ko‘rinishlami o‘z vaqtida
sharhlab, tahlil etib borishi lozim. Bayramlar, ommaviy tadbirlar va
ayniqsa sport musobaqalaridan olib boriladigan reportajlarda ham jurnalist
yuz berayotgan voqealar, sport musobaqasi va o'yinlarning borishi,
jamoalar tarkibi va boshqalarni sinchiklab kuzatishi, tomoshabinga
sharhlab borishi kerak. (Sport o‘yinidan olib boriladigan bu xildagi
reportajlarda sharhga keng o‘rin berilishi boisidan bu ishni bajaruvchi
jurnalistlar sport sharhlovchilari deb nomlanadilar). Reportajning barcha
xillarida yuqorida ta’kidlanganidek, haqqoniylik, aniqlik birinchi o'rmda
turadi.
Reporter uchun o‘zi olib borayotgan, yozayotgan reportajida faktlar,
voqealar haqqoniyligi, barcha tafsilotlar ma’lumligi bilan bir qatorda yana
bu fakt, hodisa va voqealar tafsilotidan eng muhimlari, asosiylarini ajratib
olish, ularni mushohada qila bilish ham talab etiladi. Bu esa jurnalistik
topqirlik bilan publitsistik idrok orqali amalga oshiriladi.
Ya’ni, reporter o‘zi tasvirlayotgan voqea va hodisalarni haqqoniy,
umuminsoniy va milliy tamoyillar asosida, eng Ug or insoniy tuyg'ular
asosida baholay olishi, ulardan eng to‘gcri va zarur xulosalar chiqara
bilishi lozim. Bu undan keng bilim, yuksak madaniyat va ma’naviyatni
talab qiladi.
Reporterdan yuqorida keltirilgan xususiyatlardan tashqari yana
alohida ko‘ra bilish va ko‘rganlarini mushohada qilgach jonli ta’sirchan
qilib yoza bilish, (hikoya qila bilish) layoqati, o‘tkir publitsistik iste’dod
ham talab etiladi. Bu — reportaj uchun kerakli, o‘z o'midagi iboralar topa
bilish, tushunarli tilda ta’sirchan gapirib berish, hikoya qila olish demakdir.
Reportajning tili va uslubi uning mazmuni, material oldiga qo'yilgan
maqsaddan kelib chiqadi. Rasmiy uchrashuvlar, anjumanlar haqidagi
reportajlar asosan rasmiy-publitsistik tilda olib borilsa, favqulodda
voqealar, tabiat hodisalari haqidagi va boshqa mavzulardagi reportajlar ana
shu mavzu va voqealar uchun lozim bo'lgan tarzda olib borilishi (yozilishi)
mumkin. Bunday reportajlarda kerakli o'rinlarda obrazli tasviriy vositalar,
his-tuyg'uli o'rinlar ham bo'lishi mumkin. Jumladan sport musobaqalari,
futbol, tennis, boks va boshqa sport o'yinlaridan olib borilayotgan
reportaj-sharhlarda ham shunday bo'lishi mumkin. Bu - reportajning rangbarang janriy xususiyatlarga ega ekanligini ko'rsatadi.
Shuni aytish kerakki, hayotni bevosita jonli tasvirlash uslubi
publitsistikada asosiy o‘rin egallashi bilan birlikda adabiyot va san’at
asarlariga ham kirib borishi mumkin. Bunga misol sifatida reportaj usulida
yozilgan roman, qissa, sahna asari yoki kinofilmlarni ko‘rsatish mumkin.
Reportaj janri jahon jurnalistikasi tarixida keng qo‘llanilib kelingan.
0 ‘zbek jurnalistikasiga bu janr asosan o‘tgan asrning o‘ttizinchi yillarida
kirib keldi. Mustaqil respublikamiz jumalistikasida reportaj janri keng
o'rin olib kelmoqda. Gazeta va jumallarimizda bosilayotgan, radio va
televideniye orqali berib borilayotgan reportajlarda mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan ulkan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy - ishlab chiqarish
va madaniy-ma’naviy islohotlar, hayotimizning keng jabhasi, xalqimizning
yaratuvchilik mehnati o'zining yorqin aksini topmoqda.
“Xalq so‘zi” gazetasining 2005-yil 1-sentyabr sonida O'zA muxbiri
N.Ochilovning “Mangulikka muhrlangan xotira” sarlavhali reportaji
bosilgan. Rasmiy tusda yozilgan bu reportajda poytaxtning Yunusobod
mavzusida barpo etilgan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuida qatag‘on
qurbonlarini yod etish munosabati bilan o'tkazilgan marosim haqida
hikoya qilinadi. Muallif o‘z reportajini bu marosimning ijtimoiy tarixi
haqidagi kirish so‘zlari bilan boshlaydi:
“Istiqlol xalqimizga o‘zligini anglash, milliy qadriyatlarimizni tiklash
va yanada boyitish, ona-Vatanimiz hurligi yo‘lida jon fido qilgan
ajdodlarirriizning porloq xotirasiga ehtirom ko‘rsatish imkonini berdi,- deb
yozadi: ti. Muslabid tuzum davrida qatag‘on qilingan minglab otabobolarimizning nohaq qoralangan muborak nomlari yana poklandi.
Vatanimiz: istiqloli yo‘lida shahid ketgan qatag‘on qurbonlari xotirasi
abadiylashtirildi”.
Reportaj davomida mazkur anjumanning qanday o‘tganligi
tasvirlanadi va unda 0 ‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning marosimda
ishtirok etgan jamoatchilik vakillari va jurnalistlar bilan uchrashib, ular
bilan respublikamiz hayotining muhim masalalari bo‘yicha o‘z fikrmulohazalarini bildirganligi xabar qilinadi.
Gazetaning shu sonida 0 ‘zA muxbiri G‘ulom Mirzoning “Ozod
xalqning ulug‘ bayrami” sarlavhali reportaji ham berilgan. Unda muallif
mustaqillikning 14 yilligi munosabati bilan poytaxtimiznmg Alisher
Navoiy nomidagi milliy bog‘ida bo‘lib o‘tgan bayram tantanalari haqida
so‘z boradi. Mazkur gazetaning 3-sentyabr sonida esa jurnalist
E.Bolievning “Osmoni musaffo yurtga bayramlar yarashadi” degan
reporlaji bosilgan. Unda mamlakatimiz viloyatlari, shahar va qishloqlarida
Mustaqillik bayramining qanday nishonlanganligi haqida hikoya qilinadi.
Muallif o ‘z reportajida intervyu janridan foydalanadi va viloyatlardagi
muxbirlarning bayram tantanalari qanday o‘tganligi haqidagi xabarlarni
umumlashtiradi. Yuqoridagi reportajlar bu janrning voqeaga bag‘ishlangan
turiga kiradi. Ammo negadir respublikamiz jurnalistikasida joylardan
olingan va hayotda bo‘ladigan turli voqealarga bag‘ishlangan reportajlar
kam uchraydi. Bu achinarli hoi, chunki butun dunyo jurnalistikasi
sahifalarida reportaj deyarli birinchi o‘rinda turadi, o‘quvchilar hayotda
shu kunda bo‘lib o‘tgan voqea va hodisalar bilan ana shu janr vositasida
tanishadilar. O'zbek jurnalistikasidagi bu kamchilik tezda tuzatilishi kerak.
Узбек менталитетида компромисс ва консенсус нисбати
Бирор бир халқ ҳақида фикр, муносабат билдирилмоқчи бўлинса, даставвал шу халқ вакилларининг бир-бирлари билан қанчалик ҳамжиҳатлиги, якдиллиги, ўзаро аҳиллиги масаласига эътибор қаратилади. Агар мазкур халқнинг вакиллари ўзаро иноқ, ҳамфикр, уюшқоқ, деган мулоҳазага келинса, унга нисбатан бошқаларда беихтиёр ҳурмат-эҳтиром туйғуси юзага келади. Мабодо бу халқ хусусида ўзаро келишмайдиган, бир-бирини ҳурмат қилмайдиган, фикри ва амали айрича одамлар, деган муносабат билдирилса, ундан бошқа халқ вакиллари ўзларини узоқроқ тутишга, улар билан муносабатда ўйлаб иш қилишга, сергак бўлишга интиладилар. Шу боисдан ҳам ўзаро аҳиллик, иноқлик, миллий бирдамлик муаммоси дунёдаги барча халқлар тақдири ва тарихида ҳамиша долзарб, ижтимоий-маънавий муаммо бўлиб келган. Бинобарин, ҳар бир миллатнинг зафарли, шон-шавкатга бурканган йўли, бахтли тақдири ёхуд мусибатли, оғир кечмиши ҳам ана шу миллий яқинлик масаласига бевосита боғлиқ ҳолда намоён бўлиб келган. Узбек халқи табиатан жамоавий миллат эканлиги маълум. Чунки бирор бир узбек тўйи ёхуд маъракасини ён-атрофдаги одамлар, қавм-қариндошлари, яқин биродарларисиз ўтишини тасаввур ҳам эта олмайди.
Мазкур нуқтаи назарни исбот этувчи яна бир жиҳат - ўзбеклар ўзининг бутун умри мазмунини фарзандлари бахтида кўришлари, зурриётларининг бахти учун ихтиёрий ва қалбан ўзларини садқа этишга ҳамиша шай эканликларидир. Мазкур нуқтаи назар тасдиғига хизмат қилувчи яна бир фазилат-бу ўзбекларнинг ҳамиша ўз уруғлари, қариндошлари, фарзандлари даврасида муқим яшашга интилишларидир. Демак, миллатимизнинг моҳият эътиборига кўра жамоавий эканлигига шубҳа йўқ. Жамоавий халқ эса ўз тақдири, мақсади, миллий ғурури, якдил ҳаракат қилишга рағбати кучли бўлиши билан фарқланиши керак. Халқимиз ўзининг жамоавий табиатли эканлиги, урф-одатлари, анъаналари, ўзига хос феъл-атвори билан французлар, испанлар ёки руслардан яққол ажралиб турадилар.
Жамоавий турмуш тарзини мустаҳкамлашдан иборат ижти-моий ҳаракат эса қадим-қадимдан халқимиз вакилларининг ҳуду-дий даражада қишлоқ, маҳалла тузилмалари муҳитида яшаш-ларини, шаҳар миқёсида эса муайян касб, ҳунар ёки илм-фан соҳаларида биргаликда тиғиз, зич, жамоа тарзида компакт фаолият юритишларини тақозо этиб келган. Бунинг яққол кўриниши сифатида мамлакатимиз қишлоқлари номланишига эътибор қаратиш жоиз. Дўрмон, Найман, Қатағон, Барлос, Некуз, Сарой, Қанғли ва ҳоказо номланишлар халқимиз вакилларининг муайян уруғ доирасида қариндошлар жамоаси тарзида яшаб келганликларини, тўпчилар, кулолчилар, қандолатчилар, мисгар-лар, темирчилар маҳаллаларида эса касб-ҳунар асосида бирлашиб яшаш тенденциясини кўриш мумкин. Илм, тасаввуф ва бадиий ижодиётда сулолавийлик, ворисийлик, қавмий давомийлик ҳам жамоавийлик анъаналарининг узвий давоми бўлиб келган. Моҳият эътиборига ва оддий мантиқ талабларига кўра жамоавий турмуш тарзи мустаҳкам бўлган ўзбекларнинг дунёда маҳв этувчи миллат бўлишини тасаввур этиш ҳам қийин. Аммо миллий кечмишимиз, аянчли ва изтиробли лавҳаларга тўла тарихимиз эса, афсуски бу мантиқни тасдиқламайди.
Қисқа тарихий қиёс келтирсак: Англия тарихида миллат хази-наси икки минг йиллик ўтмиши мобайнида бир марта (1104 йил-да Англиянинг французлар томонидан босиб олиниши пайтида) талон-торож этилган бўлса, АҚШ хазинаси сўнгги 200 йилдан кўп вақт мобайнида бирор марта ҳам, Япония хазинаси эса умуман ҳеч ким томонидан эгалланмаган, Россия давлат хазинасининг таланиши фақат бир марта - мўғуллар босқини пайтида 1230 йилда юз берган. Аммо Ўзбекистон ҳудудидаги давлатлар хазиналари эса 3000 йил мобайнида жами 50 мартадан кўпроқ ички ва ташқи босқинлар туфайли тарон-торож этилган. Мамлакатимиз бойликлари, осори атиқалар, китоблар, муҳим тарихий обидалар олиб кетилган. Маданиятимиз, тилимиз, ҳудудимиз оёқости қи-линган.
Нима учун дунёга Абу Наср Форобийдек «иккинчи муаллим» берган, зардуштийлик дини орқали оламга яккаю ягона худога сиғиниш маданиятини сингдирган, инсониятга Ал-Хоразмий даҳоси орқали янги усулдаги замонавий саноқ тартиботларини туҳфа қилган, Ибн Сино орқали тиб илмини янги юксакликларга олиб чиққан, ислом дини мазмунини тўғри ва дунёвий талқин этиб, унинг инсоний моҳиятини теран очиб берган Имом Бухорий, Замахшарий, Нажмиддин Кубро, Абу Мансур ал-Мотуридий, Аҳмад Яссавий, Баҳоуддин Нақшбанд сингари алломаларни дунёга келтирган, Лутфий, Навоий, Бобур каби сўз мулкининг султонларини етиштириб чиқарган улуғ халқ нима сабабларга кўра сўнгги тўрт юз йил мобайнида бу қадар таназзулга дучор бўлиб келди?
Ана шу саволларга жавобларни инсоний муносабатлар тизи-мидаги компромисс ва консенсус тушунчалари моҳиятини таҳлил этиш орқали излашга ҳаракат қиламиз. Маълумки, компромисс деганда икки ёки уч томоннинг вақтинча муроса ҳолати тушуни-лади. Компромисс ҳолатида томонлар бир-бирларига тоқат қиладилар, рақиблар билан кескин ихтилофлардан онгли равишда тийилиб турадилар. Шу боисдан ҳам компромисс муваққат, яъни вақтинча келишув ҳолати сифатида тушунилади. Компромисс ҳолатида зиддиятлар ташқи шаклдан ички шаклга ўтади. Ички зўриқиш вазияти муайян муддатгача ўзини ошкор этмай туради. Аммо бирор бир томон учун қулайроқ ижтимоий-сиёсий муҳит юзага келиши биланоқ компромисс ҳолати ошкора конфликтга айланиб кетади. Табиийки, компромисс ҳолатини миллий менталитет, ахлоқ-одоб, давлат ва жамият бошқарувидаги ўзига хослик маълум даражада жиловлаб туради.
Шу нарса эътиборга моликки, компромисс ҳолати муайян ижтимоий-сиёсий муҳит, давр, маънавий-маданий ёндашувлар ўзгариши билан консенсусга ёхуд бегоналашувга айланиши мумкин. Шу боисдан ҳам компромисс оралиқ муҳит бўлиб, таяниш ва ишонч билан ҳамкорлик қилиш учун мустаҳкам бўлмаган ҳолат ҳисобланади. Аммо жамият ҳаётида моҳият эътиборига кўра компромисс ҳолати керакли ҳодисадир. Жалолиддин Румий таърифига кўра, «Муроса бўлса кичик ишлар ривожланади. Муроса бўлмаса, катта ишлар ҳам завол топади». (Қаранг: Идрис шоҳ Суфизм. - М., 1994. - С. 94)
Муроса ҳолатида ҳар икки томон алоҳида-алоҳида ривож-ланишга интилади. Носоғлом рақобат муҳити амал қилади. Аммо муроса, яъни компромисс ҳолатида кичик ишлар бирмунча жонланса-да, катта ишлар ривож топмайди. Шунга қарамай, компромисс ҳолати жамиятда маълум муддатга бўлса-да, муайян турғунликни, тинчликни таъминлаб бериши жиҳатидан ижобий ҳодисадир.
Демак, ўз вақтида, ақл билан қўлланилувчи, рақиб ҳушёрлигини, зарарли таъсир қилиш суръатини сусайтиришга қаратилган компромисс муайян наф бериши шубҳасиздир. Аммо компромисс ҳолатининг миллий муносабатлар асоси, турмуш тарзининг мазмунига айланиб қолиши оғир оқибатларга олиб келиши мумкин. XVI аср бошларидан эътиборан то мустақилликкача бўлган Марказий Осиёдаги ижтимоий-сиёсий, маънавий ҳаётни тўла маънодаги компромисс муҳити амал қилган давр деб аташ мумкин. Негаки, бу давр давлат ва ижтимоий мақомга даъвогар акалар ва укалар, оталар ва фарзандлар, қариндошлар, бир миллат вакилларининг ўзаро ихтилофлари, вақтинча ўзаро тоқат қилиб яшашлари, доимий ички зиддиятлар муайян муддатда алмашиб амал қилиши воқеаларига тўладир. Шу боисдан ҳам, юртбошимиз Ислом Каримов айтганларидек, XVI ва XX аср оралиғи миллатимиз тарихида энг оғир таназзул даври сифатида тарихга киради.25
Шу ўринда таъкидлаш жоизки, компромисс муҳитидан чиқа олмаган миллат ҳеч қачон рўшнолик кўрмаган ва тараққиётга эриша олмаган.
Компромисс ҳолатидан фарқ қилиб, консенсус ҳолати инсон-лараро муносабатларнинг сифат жиҳатидан юқори даражасини ифода этади.
Агар компромисс тушунчаси учун «тоқат қилиш», «чидаш», «бир гапдан қолиш», «тийилиш», «ўз манфаатини ўйлаб иш тутиш», «қош қўяман деб кўздан айрилмасликни ўйлаб ҳаракатланиш», «рақибини ёқтирмасликни яшириш», «вазиятни ақл билан баҳолаб бориш», «рақиб томон ҳаракатларидан доимий ҳушёр, сергак бўлиб туриш», «муайян чегарани сақлаб келиш» сингари сўз ва иборалар хос бўлса, консенсус тушунчасини ифодалаш учун «меҳр», «қалбий ва руҳий яқинлик», «дўстлик», «ўзгалар манфаатларини ўйлаб иш тутиш», «саховат», «муҳаббат», «қадрлаш», «бошқаларни ўзидек билиш», «фидойилик» сингари сўзлар хосдир. Шу ўринда Хўжа Баҳоуддин Нақшбанднинг «Кимки ўзи ҳақида қайғурибди, демакки у ўзини ўйламабди, кимки ўзгалар ҳақида қайғурибди, демакки у ўзини ўйлабди», деган пурҳикмат сўзлари компромисс ва консенсус тушунчалари фарқини айнан очиб беради.
Инсоний муносабатларда консенсус тушунчаси ўзаро яқинлик-нинг қуйидаги таснифида айниқса ёрқин намоён бўлади.
Одатда одамлараро яқинлик ўзаро танишув-«танишчилик»дан бошланиб, бир-бирини билиш-«билишчилик»ка, билишчиликдан эса «жўрачилик»ка, ундан кейин ака-укалар даражаларидаги «оғайнигарчилик»ка, сўнг эса «дўстлик» даражасига ўтиб, ўзининг олий босқичига юксалади. Мазкур эволюцион динамика моҳият эътиборига кўра иерархик, яъни поғонама-поғона юксалиш хусу-сиятига эга бўлади. Турли миллатларда бу жараён ҳар хил кечади. Масалан, атоқли ёзувчи, дўстлик тарихи куйчиси Виктор Гюго французлар дўстлиги хусусида фикр юритиб, бу халқ вакилларининг фавқулодда садоқатлилиги ва ўз яқинларининг манфаати йўлида жонини фидо этишга ҳамиша шай бўла олишини ўзининг машҳур «1783 йил» номли романида маҳорат билан тасвирлаган.
Худди шунингдек, Жек Лондоннинг «Мартин Идеи», Лев Толс-тойнинг «Уруш ва тинчлик» асарларида ҳам дўстлик даражасидаги инсоний яқинлик лавҳаларини кўплаб учратамиз. Мазкур халқлардаги дўстликка садоқат лавҳалари ўзаро тенг ёшли, мавқе ва мартабаси ҳар хил, аммо маслаги бир одамлар ўртасида кечади. Бу халқлар ҳаёти билан бадиий асарлар орқали танишган китобхонлар дўстликнинг самимий қудратига ишонадилар.
Халқимиз тарихида эса дўстлик мотивларига бағишланган асар­лар орасида Алишер Навоийнинг «Фарҳод ва Ширин» достонидаги Фарҳод ва Шопур образлари, қолаверса, шоир Навоий ва шоҳ Ҳусайн Бойқаро муносабатлари ибратлидир.
Миллий истиқлол халқимиз феъл-атвори, ҳаётга бўлган муносабати, менталитетини тубдан ўзгартириш, бунёдкорлик, том маънодаги ҳамжиҳатлик руҳига суғорилган яқинликни таъминлашга имкон яратди.
Ўзбекистон Президенти Ислом Каримов асарларининг мазмуни халқимизни миллий бирлик, ўзаро меҳрлилик, биродарлик ва дўстликка даъват этувчи ғоялар мажмуидан иборатдир. Истиқ-лолнинг ўтган 20 йили мобайнида амалга оширилган улуғвор бунёд­корлик ишлари айни вақтда халқимиз менталитетини консенсус сари иуналтиришга ҳам муносиб тарзда хизмат қилиб келди. Узбек менталитетининг консенсусга даъват ғояси юртбошимиз томонидан белгиланган стратегик тараққиёт концепцияси асоси бўлиб, ана шу йўналишда 1997 йилнинг «Инсон манфаатлари йили», 2001 йилнинг «Оналар ва болалар йили», 1998 йилнинг «Оила йили», 2000 йилнинг «Соғлом авлод йили», 2004 йилнинг «Меҳр-мурувват йили», 2002 йилнинг «Қарияларни қадрлаш йили», 2005 йилнинг «Сиҳат-саломатлик йили», 2006 йилнинг «Ҳомийлар ва шифокорлар йили», 2010 йилнинг «Баркамол авлод йили», 2011 йилнинг «Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик йили» деб номланиши ва тегишли Давлат дастурларининг ҳаётга жорий этилиши фикримизнинг исботи бўлади. Юртбошимиз ана шу мақсадни амалга оширишга тўғаноқ бўлиб келган хавф-хатарлар тизимини ҳам асослаб, маҳаллийчилик, уруғ-аймоқчилик, қариндошчилик, порахўрлик сингари иллатлар айниқса хавфлилигини таъкидлайдилар. «Ҳар бир шахснинг миллий ўзлигига қайтишини, ўзлигини минтақавий асосда англаши белгилаб бермаслиги керак... Маҳаллийчилик ва уруғ-аймоқчиликни тор доирада этник-минтақавий фикр юри-тишнинг кўриниши, деб ҳисоблаш керак»
Консенсус тушунчаси муштарак манфаатлар бирлигини ҳам тақозо этади. Манфаатлар муштараклиги эса корпоратив яқин­ликни шакллантириш заруратини кун тартибига чиқарди. Прези-дентимиз И.А. Каримов англанган корпоратив манфаатлар уйғунлигини таркиб топтириш хусусида шундай дейди: «Жамият ичидаги алоҳида шахсларнинг уюшқоқлик билан жипслашишига уларнинг қайси уруғга, ҳудудга ёки этник гуруҳга мансублиги эмас, балки умумдавлат даражасида корпоратив манфаатларнинг яхши англанган муштараклиги асос бўлиши керак.
Барча минтақалар, барча этник ва ижтимоий гуруҳларнинг манфаатлари ўртасида мувозанат сақланишини доимо ҳисобга олиш зарур. Манфаатларни ифодалаш ва руёбга чиқаришнинг қонуний механизми маҳаллийчилик кайфиятлари, уруғ-аймоқлар курашининг вужудга келиши ва ривожланишига ғов солмоғи даркор».

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish