Хаиткариева сабохат хашимовнанинг ўзбекистон тарихи фанидан


Siyosiy plyuralizm va siyosiy sohani erkinlashtirish



Download 0,6 Mb.
bet33/41
Sana13.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#792295
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41
Bog'liq
Хаиткариева сабохат хашимовнанинг ўзбекистон тарихи фанидан

Siyosiy plyuralizm va siyosiy sohani erkinlashtirish
Siyosiy plyuralizm va siyosiy sohani erkinlashtirish borasida fikr bayon etish avvalida plyuralizm so'zining mazmun-mohiyatini ochib berish kerak. «Plyuralizm so'zi aslida falsafiy tushuncha bo'lib, lotincha Pluralis so'zidan olingan bo'lib, «Ko'pchilik» degan ma'noni anglatadi»3. Kengroq ta'rif beradigan bo'lsak, u dunyoning birlik g'oyasini inkor etadi va borliqning bir necha yoki ko'p asoslari hamda turlari bor deb biladi. Plyuralizm demokratiyaning «sof», «yuqori» shaklining belgisidir. Bu demokratiya sharoitida siyosiy hokimiyat bir-biri bilan kurashayotgan va bir-birini muvozanatlashtirayotgan siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va boshqa siyosiy institutlar tomonidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, plyuralizm hayotning turli-tumanligi hamda ana shunday turli qarashlar orasidagi ziddiyat, raqobat, muxolifatning ijtimoiy taraqqiyot manbai ekanini bildiradi. Bunday holatlarning demokratik tarzda, qonunlar doirasida hal qilinishi ko'zda tutiladi.


Mamlakatimiz ijtimoiy taraqqiyoti fikrlar xilma-xilligi va rang-barangligiga asoslanadi. Jamiyatning haqiqiy rivojlanishi uchun unda turli fikrlovchi kishilar, guruhlar, harakatlar va partiyalarning bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Bunday guruhlar o'z dasturlarini jamiyat taraqqiyotiga monand ishlab chiqib, o'z fikrlarini ochiq-ravshan ifodalashlari, mavjud kamchiliklarni tanqid qilish imkoniyatlariga ega bo'lishi va bunday jarayonda hech qanday tasyiqlarga duch kelmasliklari kerak.
Lekin, bunday plyuralistik tizimning samarali bo'lishi uchun jamoatchilik tomonidan ma'qullangan benuqson ishlash mexanizmi yaratilishi lozim. Bunday mexanizmni esa davlat yoki jamiyat yaratishi mumkin.
Siyosiy plyuralizm jamiyatni erkinlashtirish borasida amalga oshirilayotgan jarayonlarda o'z aksini topadi. Demokratik jamiyat asoslarini shakllantiradi. Siyosiy sohani erkinlashtirish va jamiyat hayotining ushbu soha bilan bog'liq tomonlarini rivojlantirish haqidagi g'oyalar 2002 yil 27 yanvarda o'tkazilgan ikki palatali parlamentni tashkil etish va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini besh yildan etti yilga o'zgartirish masalalariga bag'ishlangan umumxalq Referendumi natijalari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002 yil 4-6 aprelda bo'lib o'tgan ikkinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy printsiplari to'g'risida»gi konstitutsiyaviy qonuni, Oliy Majlisning «2002 yil 27 yanvardagi O'zbekiston Referendumi yakunlari yuzasidan qonunchilik ishlarining asosiy yo'nalishlari to'g'risida»gi qarori, sakkizinchi sessiyada I.A.Karimovning «Yangilanish va o'zgarishlar jarayoni ortga qaytmaydi» nomli ma'ruzalari tahliliy bayon etilgan. Ayniqsa, Yurtboshimizning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to'qqizinchi sessiyasidagi (2002 yil 29 avgust) «O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari» deb nomlangan ma'ruzasida siyosiy sohada, jumladan, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish jarayonlari bilan bog'liq vazifalar ko'rsatib beriladi. Shuningdek, hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirish jarayonining qonuniy asosini takomillashtirish bo'yicha ham ko'pgina ishlar qilinganligini e'tirof etadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning XIV sessiyasidagi “O'zbekiston XXI asrga intilmoqda” deb nomlangan ma'ruzasida (1999 yil 14 aprel) mamlakatimiz rivojlanish strategiyasining olti ustuvor yo'nalishi haqida to'xtalib, ulardan birinchi ustuvor yo'nalishi mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish ekanligini chuqur tahliliy bayon etdi. Jumladan, Prezidentimiz o'z ma'ruzasida shunday degan edi: «Siyosiy sohani erkinlashtirish borasida: avvalambor, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o'rtasida muvozanatni ta'minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish zarur».
Shuningdek, Prezidentimiz ushbu ma'ruzasida demokratiyaning eng muhim tamoyillaridan biri, odamlarning saylov huquqini, o'z xohish-irodasini erkin ifodalash, o'z manfaatlarini ro'yobga chiqarish va himoya qilish huquqini taminlash uchun huquqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratib berish lozimligi haqida ham gapirgan edi.
Mamlakatimizda siyosiy sohani erkinlashtirish asosida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, davlat tuzilishini demokratlashtirish, bozor islohotlarini chuqurlashtirish va tadbirkorlik, xususiy mulkni, kichik hamda o'rta biznes manfaatlarini himoyalash borasida zarur bo'lgan kafolatlarni yaratishga alohida e'tibor qaratildi va shu yo'nalishlardagi muhim ishlar izchil davom ettirilmoqda. Yuqoridagilardan xulosa shuki, siyosiy hayotini erkinlashtirish orqali aholining siyosiy faoligini kuchaytirish, siyosiy partiya va jamoat tashkilotlarining jamiyat hayotidagi ahamiyatini oshirish, fikrlar xilma-xilligini ta'minlash, fuqarolar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlash bilan bog'liq jarayonlar amalga oshiriladi.
Shuningdek, nodavlat, notijorat tuzilmalar tuzilmalar va jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini rivojlantirish ham siyosiy sohani erkinlashtirishning muhim shartlaridan biridir.
Siyosiy plyuralizm va siyosiy sohani erkinlashtirish O'zbekistonda, demokratik huquqiy davlat va odil fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi muhim vazifalarda biri ekanligini mamlakatimizning har bir fuqarosi anglab etishi va o'zining butun kuch va salohiyatini shu yumushlarni tezroq amalga oshirishga qaratishlari zarur. Shunday qilib, siyosiy islohotlar jarayonida respublikalar yangi demokratik siyosiy tuzumning asoslari yaratildi, deb xulosa chiqarish mumkin. Bu tuzum siyosiy tashkilotlarning, mafkura va fikrlarning turli-tumanligi asosiga qurilgan bo'lib, davlat va jamiyatni boshqarishda fuqarolarning keng ishtirokini ta'minlaydi.
19. Журналистикада диалог, монолог. Журналистикада компрамисс, консенсус, цензура ва ҳ.з.
Режа:

  1. Jntervyu

  2. Intervyu janri jahon jumalistikasining asosiy janri hisoblanadi.

  3. Reportaj


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish