0‘zbekiston Milliy axborot agentligi 0 ‘zbekiston Prezidentining
1992-yil 5-fevraldagi Farmoniga muvofiq tashkil etilgan. Shu yillar
orasida u tubdan o'zgardi. Eng muhimi o‘zgarish O'zAda
tayyorlanavotgan materiallarning mazmun-mohiyatidagi o ‘zgarish boiib,
ular ona tilimizda tayyorlanayotganidir. OczA bir kecha - kunduzda turli
kanaUar orqali oitacha mingdan ortiq xabar oladi va ular qayta ishlanib,
saralanib iste’molchilarga o‘zbek, ingliz va rus tillarida uzatiladigani bir
necha yuzga yetadi. Qolganlari keyinchalik kerak boiib qolishi mumkin
degan sabab bilan o‘zlarida qoladi.
“Jahon” axborot agentligi Oczbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1995-yil 8 - noyabrdagi qarori bilan Tashqi ishlar
vazirligi huzurida tashkil etildi. qarorda agentlik zimmasiga xorijda keng
hamkorlikka chorlovchi, respublikaning salohiyatini ochib beruvchi
axborot byulletenlari, ma’lumotnomalarini tarqatish singari va ko‘plab
vazifalar yuklandi.
“Jahon” axborot agentligi tarqatayotgan kundalik axborotlar
Vatanimiz bilan xorij mamlakatlarini bog‘lovchi ko‘prik vazifasini
o‘tamoqda. 1996- yilda o‘zbek jurnalistikasi tarixida olamshumul voqea
sodir boidi - xorijiy mamlakatlarda 0 ‘zbekistonning o‘z muxbirlari
faoliyat ko‘rsata boshladi. Bunday sharafli va ayni paytda juda mas’uliyatli
boigan yumush “Jahon” axborot agentligi jurnalistlariga nasib etdi.
О ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 19-martdagi
Farmonida 0 ‘zbekistonning hukumatga qarashli bolmagan ommaviy
axborot vositalari davlat va davlat tasarrufida bolm agan tashkilotlardan
iborat tashabbus guruhining, “Turkiston press” davlat tasarrufida
boim agan axborot agentligini tashkil etganliklari ma’qullanadi.
Mamlakat ijtimoiy-siyosiy demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish,
ommaviy axborot vositalari imkomyatlarini kengaytirish va erkinligini
ta’minlash, ularni bozor iqtisodiyoti hamda demokratik tamoyillar asosida
isloh etishni kuchaytirish, shuningdek 0 ‘zbekistonning jahon axborot
bozoridan o‘ziga mos o‘rinni egallashiga erishish, respublika hayoti haqida
xolis axborotni dunyoga tezkor tarqatish tizimini yaratish, aholining jahon
miqyosidagi axborotlarga boigan ehtiyojini yanada tolaroq qondirish
uning asosiy vazifasi qilib belgilandi.
Jurnalistika adabiyot va san’atga yaqin turadi, birgalikda ish olib
boradi va adabiyot hamda san’atning hayotni aks ettirish usullaridan keng
foydalanadi. Masalan, ommaviy axborot vositalarining muhim hajviy
jurnalistika turi tasviriy san’atning muhim sohasi boigan karikaturadan
keng foydalanadi va bu san’at turlari ommaviy axborot vositalari janrlariga
aylanib ketadi. Jumalistikaning ham adabiyotning ham asosiy quroli so‘z
bolgani bois, ular bir - birlariga juda yaqin egizak sohalar desak
mubolag‘a bo‘lmaydi. Adabiyot ijtimoiy hayotni badiiy obrazlar orqali aks
ettirsa, jurnalistika ya’ni matbuot ijtimoiy hayot voqealarini asosan fikrlar,
dalillar asosida yoritishi bilan belgilanadi. Lekin ularni bir-biri bilan
bog'lab turuvchi omil ham bor, В u har ikki o‘ziga xos ijtimoiy hodisani
sintez qiluvchi bir muhim soha bor. Bu publitsistikadir. “Publitsistika shu
zamon muammolarini shu zamon kishilariga yetkazish, shu zamon
muammolariga jamoatchilik fikrini uyg‘otish maqsadiga xizmat qiluvchi
ijod turi” degan fikrga qo‘shilamiz.
Jurnalistika singari publitsistika ham turli turlarga, xillarga bo‘linib
ketadi. Bu haqda keyingi boblarda mukammal to'xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |