Хаиткариева сабохат хашимовнанинг ўзбекистон тарихи фанидан


Таҳлилий ва бадиий публицистик жанрлар гуруҳи



Download 0,6 Mb.
bet22/41
Sana14.04.2022
Hajmi0,6 Mb.
#549682
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Bog'liq
МУСТАҚИЛ ИШИ 2

14.Таҳлилий ва бадиий публицистик жанрлар гуруҳи
Режа:

  1. BADIIY PUBLITSISTIKA

  2. Publitsistikaning asosiy vazifasi

  3. Publitsistikaning baduy turiga oid janrlar



BADIIY PUBLITSISTIKA
Ma’lumki, jumalistika materiallarining o‘zagini publitsistika tashkil
etadi. Publitsistika ijtimoiy hayotni aks ettirish ko‘rinishlaridan boTgan
adabiyot va san’atda ham keng o‘rin egallaydi, ammo lining asosiy faoliyat
ko‘rsatadigan maydoni jurnalistikadir. Badiiy publitsistika -
publitsistikaning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Uning asosiy
xususiyati va publitsistikaning boshqa qismlaridan farqi uning ijtimoiy
hayotni aks ettirishda adabiy-badiiy vositalardan keng foydalanishi
hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, badiiy publitsistika hayotni adabiyot
nuqtai nazaridan yorituvchi ijtimoiy-ijodiy faoliyat hisoblanadi. Badiiy
publitsistika foydalanadigan adabiy-badiiy vositalar orasida obraz va
obrazlilik asosiy o‘rin tutadi. Ya’ni, badiiy publitsistikaning asosiy qonuni,
bosh xususiyati unda obraz va obrazlilikning mavjud boiishidir.
Obraz so£zi ancha murakkab tushuncha bo'lib, u aslida ruscha
otobrazit-chizmoq, ko‘rmish bermoq degan so‘zdan olmgan va
tasavvurdagi ko‘rinish qiyofa, shakl, timsol degan mazmunni beradi.
Obraz bu - san’atning o‘ziga xos bir ifoda ko‘rinishi, san’atkorning
voqelik haqidagi tasavvurining aniq, yorqin his etadigan bir tarzda
gavdalanishidir. Kengroq qilib aytganda obraz ongda borliqning jonli,
hayotiy tarzdagi aksi, in’ikosidir. Obrazlilik esa borliqning in’ikosida
obraz unsurlarining mavjudligi, ishtirok etishi demakdir. Ya’ni obrazlilikfaqat inson tasviridagina emas, holat, tabiat manzaralari, fakt hodisa va
voqealarning jonli, yorqin tasvirlanishidir. Obrazlilik og‘zaki nutqda, xalq
og‘zaki ijodida, yozma adabiyot va san’atning barcha turlarida mavjuddir.
Obraz obrazlilikdan o‘z yaxlitligi, mukammalligi bilan farq qiladi. Obraz
yaratish va obrazlilikda o‘xshatish, jonlantirish, sifatlash, metonimiya (bir
so‘z o‘rniga kinoya, kesatiq tarzida ikkinchi so‘zni ishlatish), istiora
(so‘zni ko‘chma ma’noda ishlatish), sarkazm (achchiq kinoya, istehzo) va
boshqa badiiy vositalar keng qoTlaniladi. Yuqoridagilar badiiy adabiyot
sohasida bo‘lib, musiqa, tasviriy san’at, haykaltaroshlik, kino, teatr,
me’morchilik va san’atning boshqa turlarida har bir san’atning o‘ziga xos
tasviriy vositalari qollaniladi.
Publitsistikada obraz va obrazlilik o‘ziga xos xususiyatlarga ega
boiadi, bu xususiyatlar publitsistikaning zimmasiga yuklangan, unga
qo‘yilgan talablardan kelib chiqadi. Badiiy adabiyot va san’atda keng
ma’noda o‘z ifodasini topishi mumkin boigan obraz va obrazlilik
publitsistikada m aium darajada cheklangan va o‘ziga xos ifodalangan
boiadi. Bu publitsistikaning asosiy vazifasi boim ish shu kun, ayni
zamonni aks ettirish, undagi muammolar haqida jamoatchilik fikrini
shakllantirish, hayotni publitsistik jihatdan tahlil qilish va zarur xulosalar
chiqarish zarurati bilan bogliqdir. Ya’ni, so‘z san’ati boim ish adabiyotda
keng imkoniyatlarga ega boigan obraz va obrazlilik so‘z siyosati boim ish
publitsistikada o‘ziga ajratilgan oim gagm a ega boiadi. Boshqacha qilib
aytganda publitsistikaning ijtimoiy-ijodiy to‘qimasida mavjud boigan
siyosat, fan badiiy ijod mahsuli boigan obraz va obrazlilikka kerakli
darajadagina ocrin beradi va u publitsistik asar oldiga qo‘yilgan maqsad,
hamda chiqarilishi lozim boigan ijtimoiy xulosaga xizmat qiladi.
Publitsistikaning axboriy qismida obraz va obrazlilik qattiq
cheklangan, aksariyat hollarda esa ortiqcha hisoblanadi. Chunki bu qism
publitsistikaning asosiy vazifasi ommaga faktlar, voqea va hodisalar
haqida xabar beradi, yangiliklar yetkazadi. Bu o‘rinda obraz va
obrazlilikning aralashuvi xabar, yangiliklar haqidagi tushunchalaming
buzilishiga olib keladi. Publitsistikaning ikkinchi bir muhim qismi boigan
hamda hayotdagi fakt, voqea va hodisalarni baholash, tahlil etish orqali
ularning mohiyatini ochib berishga qaratilgan tahliliy publitsistikada ham
obraz va obrazlilikdan foydalanish cheklangan tusda boiadi. Ammo ayrim
hollarda, kishilar faoliyatini yoritishda ma’lum darajada obrazlilik,
jonlantirish, tasvir vositalari qollanilishi mumkin. Shu bilan birgalikda
hayotdagi voqea va hodisalarning mohiyatini ochib berish, jonlantirish,
odamlarning his-tuyg‘ularim uyg‘otish uchun ma’lum ma’noda obraz va
obrazlilik kiritilishi mumkin. Faqat badiiy publitsistikada obraz va
obrazlilik keng qoilaniladi, chunki badiiy publitsistik materiallarda
hayotiy voqealarni jonlantirib tasvirlanishi, insonlar faoliyati, voqea va
hodisalar keng, har taraflama aks ettirilishi, o‘quvchining ongigagina emas
his-tuyg‘usiga ham ta’sir etish talab etiladi. Bu badiiy publitsistikaning
janrlarida o‘z ifodasini topadi.
Ma’lumki janr - shakl va mazmun jihatdan o‘ziga xos belgilarga ega
bo‘lgan san’at asari turidir. Publitsistika janrlari ham shakl va mazmun
jihatdan o'ziga xos xususiyatlarga egadir, ular ham xuddi adabiyot va
san’atdagi janrlar singari kichikdan kattaga, yagonadan umumiyga,
oddiylikdan mukammallikka o'sib boradi.
Publitsistikaning baduy turiga oid janrlar lavha, ocherk, esse, feleton
va pamtlctdir. Ma/kur janrlarda hayot voqealari, muammolari keng tarzda
yoritilishi sababli ularda xabardor etish, tahlil qilish bilan birgalikda badiiy
tasvir \ ositalaridan ham keng foydalaniladi, hamda ularda obraz va
obrazlilik keng qo‘llaniladi. Ammo mazkur janrlarda ham obraz va
obrazlilik bu janrlarga oid hayot voqealari, ya’ni ularning mavzusi hamda
jamoatchilik fikrmi uyg‘otish uchun chiqanladigan publitsistik xulosalarga
xizmat qilishi lozimdir. Biz quyida mazkur janrlarning o‘ziga xos
xususiyatlari, ulardagi obraz va obrazlilik darajasi va boshqa badiiy
publitsistik vositalarni ko‘rib o'tamiz.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish